3-mavzu. Antik davr psixologiyasi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/3
tarix05.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#152503
  1   2   3
antik

3-mavzu. Antik davr psixologiyasi.

Maruzachi: Mirzayev Jamshid

Asosiy savollar

  • Antik davr psixologiyasida jon haqida materialistik ta’limotlarning asosiy holatlari.
  • Antik materializmda «jon» haqidagi ta’limotlar.
  • Antik materializm cho’qqisi, atomistik materializm.
  • Jonning 8 qismi haqidagi stoiklar tasavvurlari. Ong haqida ta’limotlar.

Antik davr psixologiyasida jon haqida materialistik ta’limotlarning asosiy holatlari.

Antik davrning psixologik nazariyalari. Antik mutafakkirlar tomonidan to‘plangan ruh haqidagi ta’limot keyinchalik fanning shakllanishi uchun zamin yaratdi. Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir boriigi haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud bo‘lgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush ko‘rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi muvaffaqiyatlar) o‘lim va boshqa hodisalaming sabablarini tushuntirish- ga intilgan. Ammo dastlabki qarashlar mifologik harakterda edi. Lllar fikrlash orqali emas, ko‘r-ko‘rona ishonch vositasida egallanardi. Ruh haqidagi qarashlar ko‘pincha nafas bilan bog‘lanardi, ruhni esa uchar maxluq sifatida tasavvur etardilar. Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning o‘zi esa odam tanasidagi max- sus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar «animizm» deb ataladi. 

Antik materializmda «jon» haqidagi ta’limotlar.

Platon fikriga ko‘ra inson ruhining 3 ta asosi bor:

1. Hayvonlar va o‘simliklarga xos aqlsiz asos. U tufayli tirik mavjudot o‘zining tana ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladi. Ruhning mana shu qismi bilan odam sezadi, ochlik va tashnalikni xis etadi. Bu asos inson ruhining katta qismini tashkil etadi. 

Asosning intilishlariga qarshi chiqadi.

Asos azob va qiyinchiliklar asosidir. Bu qism bilan «odamning jahli chiqadi, g‘olib chiqish uchun qiyinchiliklarga tayyor bo‘ladi». Platon fikriga ko‘ra, doim mana shu asoslar o‘rtasida kurash kechib, uning oqibatlari tushlarda namoyon bo‘ladi.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin