Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” yoki “Al osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya” asari Reja Kirish


Abu Rayhon Beruniy. «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» («Osor-ul-boqiya»)dan iqtibos va rivoyatlar



Yüklə 30,05 Kb.
səhifə4/8
tarix16.06.2023
ölçüsü30,05 Kb.
#131350
1   2   3   4   5   6   7   8
Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” yoki

4. Abu Rayhon Beruniy. «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» («Osor-ul-boqiya»)dan iqtibos va rivoyatlar

O’n ikki ming teriga o’zilgan kitob


Podshoh Doro ibn Doro xazinasida ­“Abisto” (“Avesto”)ning o’n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan yozilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar Maqduniy otashxonalarni vayron qilib, ularga xizmat qiluvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yuborgan edi. Shuning uchun o’sha vaqtdan beri “Abisto”ning beshdan uch qismi (“ya’ni, o’n sakkiz naski) yo’qolib ketdi. “Abisto” o’ttiz nask edi, majusiylar qo’lida chamasi o’n ikki nask (qism) qoldi.

Yil va fasllar


Quyoshning burjlar falakidagi harakati ul-kullga (kull — hamma, barcha, butun) qarshi harakat qilib, qaysi nuqta bo’lsa ham uning harakatining boshlangan joyi, deb faraz etilgan nuqtaga qaytib kelgunicha o’tgan (muddatda) yil deyiladi. Yil to’rt fasl — bahor, yoz, kuz, qishni va ularning to’rt xil tabiatlarini o’z ichiga olib, qaerdan boshlangan bo’lsa, shu yerda tamom bo’ladi.

Suvning sho’rligini kamaytirish


Agar sho’r suvli quduqlarga yaxshilab quritilgan mumdan bir necha ratl tashlansa, suvdagi sho’rlik kamayishi mumkin. Hatto tajribachilar: “Agar mumdan nozik bir idish yasab, dengiz suviga tashlansa, og’ziga chiqmaydigan bo’lsa, uning ichiga sizib o’tgan suv, albatta, shirin bo’ladi”, deydilar. Chunonchi, kuz va yozda Tinch ko’liga Nil suvi ko’p aralashsa, shirin bo’ladi yoki aksincha, kam aralashsa, juda sho’r bo’ladi.

Xushbo’y suv


Misrda bir tog’ etagida ibodatxona yaqinida “Pok” deb mashhur bo’lgan hovuzga tog’ tagidagi buloqdan shirin, xushbo’y suv oqib turadi. Qachon biror isqirt, iflos, kir odam unda yuvinsa, suvning ta’mi o’zgaradi, badhid bo’ladi. To suvi bo’shatilib tozalanmaguncha, o’shanday hid chiqaveradi, tozalansa xushbo’ylikka qaytadi.

Ochni to’yg’az


Xalifa Umar ibn Abdulaziz o’g’li Abdullohning ming dirhamga bir qimmatbaho toshni sotib olganini eshitib, o’g’liga xat yozibdi: “Menga yetib kelgan xabarga qaraganda, bir uzuk olibsan. Senga nasihatim shu, darhol o’shani sotib, uning qiymatiga mingta ochning qornini to’yg’az. O’zingga bo’lsa kumushdan uzuk qildir, uning ko’zi ham o’zidan bo’lsin”. Abdulloh otasi aytganday qilibdi.

Yüklə 30,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin