Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” yoki “Al osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya” asari Reja Kirish



Yüklə 30,05 Kb.
səhifə1/8
tarix16.06.2023
ölçüsü30,05 Kb.
#131350
  1   2   3   4   5   6   7   8
Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” yoki


Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” yoki “Al osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya” asari


Reja
Kirish
1. Abu Rayhon Beruniyning “Al osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya” asari
2. Asardagi xalqlarning urf odatlari, ba’zi bir noodatiy hodisava jarayonlar boyoni.
3. Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari qadimgi tarix kalendar sistemasi
4. Abu Rayhon Beruniy. «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» («Osor-ul-boqiya»)dan iqtibos va rivoyatlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Sharqda ilk Uyg’onish davrining qomusiy olimlaridan biri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (973, 4 sentyabr — 1048, 11 dekabr) umumjahon tabiiy-ilmiy va ijtimoiy fanlar rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan buyuk aql-zakovat sohibidir. Uning dunyoqarashi X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshida Markaziy Osiyoda rivojlangan feodalizm qaror topayotgan g’oyat murakkab, jo’shqin voqealarga boy tarixiy vaziyatda shakllandi. Birinchi ustozi bo’lmish Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq uni Evklid geometriyasi va Ptolemey asarlari bilan tanishtiradi. Ibn Iroq unga Xorazmning turli shaharlaridagi madrasalarda va mashhur ustozlaridan ta’lim olishga yaqindan yordam bergan. Shuningdek, Abu Rayhon Beruniyning tabiiy-ilmiy va ma’rifiy-pedagogik hamda psixologik qarashlarining shakllanishida qomusiy olimlardan Muhammad al-Xorazmiy (780-850), Abu Abbos Ahmad Farg’oniy (IX asr), Marvoziy (IX asr), Javhariy (IX asr), Abu Nasr Forobiy (870-950), Abul Vafo Buzxoniy (840-938), Abu Said as-Sijiy (951-1024) hamda yunon olimlaridan Fales, Pifagor, Arximed, Galen, Gippokrat, Evklid, Ptolemey, Platon, Aristotel`, hind olimi Bramagupta va boshqalarning asarlari ta’lim va tarbiya maktabi vazifasini o’tadi. Beruniy bu olimlarning asarlarini o’qib bilish uchun yoshligidanoq arab, fors, yunon, sanskrit, yahudiy tillarini puxta o’rgandi.
Astronomiya, astrologiya, falsafa, matematika, fizika, geodeziya, geologiya, farmakognoziya, mineralogiya, tarix, adabiyotshunoslik, tarjimonlik, lug’atshunoslik kabi sohalarda tadqiqotlar olib borib, badiiy asarlar yaratib buyuk samaralarga erishdi.Mahmud G’aznaviyning o’g’li Mas’ud davrida Beruniy o’zining falakiyot va fizikaga oid mashhur “Qonuni Mas’ud” asarini yozib, uni Mas’ud nomiga bag’ishlaydi. Shuningdek, olim ana shu davrda yaratilgan “Joylar chegaralarini aniqlash uchun turar joylarning masofalarini belgilash” (“Geodeziya”) asarida Quyosh va Oyning tutilish sabablarini, joylarning jo’g’rofik kengliklarini aniqlash yo’llarini tushuntirib beradi. “Javohirlarni bilish va umumiy kitob” (“Mineralogiya”) asarida qimmatbaho tosh va minerallarni, ularning xossa va xususiyatlarini, solishtirma og’irligi, qattiqlik darajasi, rangi, tiniqligi va boshqa fizik xossalarni bayon qilgan. “Saydana” (“Farmakognoziya”) asarida Beruniy qadimgi yunon va o’rta asr Sharqi, Markaziy Osiyo, Eron, Hindiston va arab mamlakatlarining madaniyat tarixini tadqiq qilish ishiga ham ulkan hissa qo’shdi. Olimning eng mashhur asarlaridan biri «Osor ul-boqiya»« (Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»)dir. Beruniy 150 dan ziyod bebaho asarlar yozib qoldirdi. Ulardan bizgacha 30 dan ortiq asar yetib kelgan, xolos.


Yüklə 30,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin