A. I. To’rayev, F. F. Axrorov, M. M. Rahmatov



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/56
tarix09.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
 
 



1-MAVZU TURK XOQONLIGI DAVLATINING 
BOSHQARUVI, HARBIY VA SIYOSIY TARIXI 
 
Reja: 
1. Turk xoqonligi davlatinig siyosiy tarixi. 
2. Ashiniylar sulolasi davrida davlat boshqaruv tizimi. 
3. Mahalliy boshqaruvdagi mansab va unvonlar. 
4. Turk xoqonligining harbiy san’ati. 
5. Harbiy unvonlar va mansablar. 
6. Turk xoqonligi hukmdorlarining hukmronligi yillari. 
Tayanch iboralar: 
Turkash, Tumin, Qam, shad, Feofan Vizantiyskiy, suboshi, Bilga 
xoqon, Oltoy, dehqo, malikshoh, xorazmshoh, ixrid, xudod, afshin, 
budun, tele, turk el, H.Kononov.
 
Turk xoqonligi davlatinig siyosiy tarixi 
VI asrning ikkinchi yarmidan boshlab Janubiy Sibir va Shimoliy 
Mongoliya ya’ni, Oltoy hududlarida turkiy qabilalar ittifoqi shakllana 
boshlaydi. VI asrning oxirlarida yashagan vizantiyalik tarixchilar 
Menandr Protektor, Feofan Vizantiyskiy, suriyalik tarixchi Ionna 
Efessiylarning tarixiy asarlarida turklar haqida ma’lumotlarga egamiz. 
“Turk” so’zining ma’nosi kuchli, mustahkam deganidir. A. H. 
Kononovning fikricha, bu yig’ma nom bo’lib, keyinchalik qabila 
birlashmasining etnik nomiga aylangan.
1
Ta’kidlash joizki turk atamasining ilk marotaba tilga olinishi 542-
yilga to’g’ri keladi. Turli manbalarda turklar “turk el”, “turk”, 
“turkash”, “tukdus”, “tuk-yut” kabi nomlar bilan tilgan olinadi. Kuchli, 
baquvvat, botir kabi ma’nolarni anglatuvchi “turk” atamasi dastavval 
etnik xususiyatga ega bo’lmay ijtimoiy ma’noga ega bo’lgan. 
Turklarning kelib chiqishi xususida ko’plab afsonalar mavjuddir.
2
Ayrim afsonalarda turklarning kelib chiqishi Nuh payg’ambarga borib 
taqalsa, ayrimlarida ular o’n yashar bola va ona bo’ridan tarqalganligi 
ta’kidlanadi. Yana boshqa bir afsonaga ko’ra, turk qabilasining 
1
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018. -
Б.153. 
2
Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.141. 



ajdodlari Oltoyning shimoliy yonbag’irlarida joylashgan So viloyatidan 
kelib chiqqan bo’lib, bu yerdagi qabila boshlig’i Abanbu ularning ilk 
yo’lboshchisi bo’lgan. 
Tarixiy manbalar ma’lumotlariga ko’ra, Turk xoqonligining 
paydo bo’lishi 551-552-yillarga to’g’ri keladi. Dastavval, turklarning 
Ashin urug’idan bo’lgan Asan (Asyan, Asyan-shod) va Tuu turkiy 
qabilalar ittifoqiga asos soladilar.
1
Tuuning o’g’li Bumin (xitoycha 
Tumin) qo’shin Tele qabilasini o’ziga bo’ysundirib ancha kuchayishga 
muvaffaq bo’ladi. Bu paytga kelib anchagina mustahkamlangan Bumin 
boshchiligidagi qabilalar ittifoqi Oltoydagi o’zlari qaram bo’lib turgan 
jujan (juan-juan) lar qabilalariga qarshi kurash boshlab 551-yilda 
(ayrim adabiyotlarda 552-yilda) ularni tor-mor etadilar. Mana shu 
davrdan boshlab turkiy hukmdorlar o’zlarini jujanlar egallab turgan 
yerlarning haqiqiy egalari hamda jujanlarning mavqei va kuch-
qudratinig vorislari sifatida Anaguy xoqon (qag’an) unvonini qabul 
qiladilar. Jujanlar hukmdori Anaguy joniga qasd qilib o’zini o’ldiradi. 
551-yilda Bumin Turk elining xoqoni sifatida oq kigizga 
o’tkazilib ko’tariladi. Ammo, 552-yilda Bumin to’satdan vafot etib 
uning o’rniga ukasi Istami taxtga o’tiradi. 553-yil kuzida-jujanlar uzil 
kesil tor-mor keltiriladi.
2
Istami xoqon O’rta Osiyo, Volga va Shimoliy 
Kavkaz yerlari uchun kurash olib borgan bo’lsa, uning o’g’illari 
Mug’an xoqon va Taspar xoqonlar Markaziy Osiyo va Janubiy Sibirda 
o’z hukmronliklarini o’rnatadilar. Bu paytga kelib turklarning ashaddiy 
dushmani bo’lgan jujanlarning kichik bir qismi Koreya va Shimoliy 
Xitoyga joylashadi, yana bir qismi esa g’arbga joylashib avarlar nomini 
oladi. 563-567-yillar efalitlarni tor-mor qilgandan so’ng O’rta Osiyo 
xalqlarinining siyosiy jihatdan birlashuvi to’xtadi. Lekin xoqonlik 
xalqlari O’rta Osiyoni o’ziga bo’ysundirsa ham o’zlari dashtda 
qolishdi. Amudaryo bo’yida turklar eftaliylar imperiyasini egallash 
niyatida yurgan Xusrav Anushervon boshchiligidagi eron qo’shinlariga 
duch keldi.
3
Avvaliga munosabati yaxshi edi. Hatto Xusrav turk 
malikasiga o’ylandi. Ammo 565-yili Mug’anxonning amakisi Istami 
eftaliylar qo’shiniga qaqshatqich zarba berdi. Turklar eftalitlarni tor-
1
Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.142.
2
Гумилев.Л. Қадимги Турклар. -T.: “Фан”, 2007. -Б.39. 
3
Асқаров.A. Ўзбекистон халқлари тарихи. -T.: “Фан”, 1992. -Б.64-65. 



mor qilgandan so’ng ular aloqasi buzildi. Eron bilan savdo-sotiqda 
aloqalarini bog’lay olmagandan so’ng turklar Vizantiya bilan bu borada 
bog’lanish uchun 568-569-yillar o’z elchilarini Istambulga yuborishdi. 
Ular Kaspiy dengizining shimoli va Kavkaz orqali o’tishi kerak edi.
1
VI asr 70-yillarida Vizantiya va Eron o’rtasida urush boshlandi. 
Menandr turklar 576-yilda Bosforni olganini va 580-yilda Qirmga 
bosqin uyushtirgani haqida xabar beradi.
2
Shu tariqa turk xoqonlari 
siyosiy va madaniy merosi O’rta Osiyo va Janubiy-Sharqiy Yevropa 
tarixiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan dastlabki Yevrosiyo imperiyasiga 
asos solgan edilar. 
Ammo, 581-yilda Arslon To’ba vafotidan so’ng Turk xoqonlari 
o’rtasida o’zaro ichki kurashlar avj olib, natijada mamlakat ichida ahvol 
keskinlashib, iqtisodiy tanazzul boshlanib ketdi. 
Aynan mana shunday keskin vaziyatda turkiy shahzoda Abruy 
boshchiligida 585-586-yillarda xalq harakati bo’lib o’tdi. Muhammad 
Narshaxiyning ma’lumot berishicha, Abruyning qarorgohi Poykand 
atrofida bo’lib, u boy zodagonlar va savdogarlar ustidan qattiq nazorat 
o’rnatganligi bois bu toifa aholisi Buxoro viloyatidan ko’chib, 
Turkiston va Taroz atrofiga borib o’rnashadilar. Qochib borganlar turk 
xoqonidan yordam so’raganlar. Natijada turk sarkardasi Sheri Kishvar 
boshchiligidagi qo’shinlar qo’zg’olonni bostiradilar va Abruyni 
o’ldiradilar. 
Turk xoqonlari o’rtasidagi o’zaro kurashlar 20 yildan ziyodroq, 
davom etib 603-yilda davlatning 2 ta: G’arbiy va sharqiy qismlariga 
bo’linib ketishi bilan yakunlandi. Sharqiy turk xoqonligi Mo’g’uliston 
hududlarini o’z ichiga oldi. G’arbiy turk xoqonligi esa, Yettisuv, Chu 
vodiysi, Volga, Kubanning quyi qismi, Irtish, Ishim daryosi bo’yidagi 
yerlar, O’rta Osiyo va Sharqiy Turkistonning bir qismini o’z ichiga 
olgan.
3
VII asr oxirida g’arbdan yangi qudratli dushman-Markaziy 
Osiyoni o’z tasaruffiga olgan arablar bilan bir necha to’qnashuvlar 
bo’lgan. Turk xoqonligi Movarounnahrga bostirib kirgan arab 
istilochilariga qarshi 710-yilda qo’shin yuboradi va Sug’d, Shosh, 
1
Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. -T.: “Шарқ”, 2000. -Б.81. 
2
Гумилев Л. Қадимги Турклар. -T.: “Фан”, 2007. -Б.39. 
3
Эшов Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.141. 



Farg’ona hokimlarining arablarga qarshi kurashida qatnashadi. 740-
yillarga kelib Turk xoqonligi ham ichki, ham tashqi ziddiyatlarga duch 
keladi. Bilga xoqonning o’g’illari hukmronligi davrida xoqonlik 
zaiflashadi. 742-744-yillarda uyg’ur, qarluq va basmil qabilalari 
birlashib, xoqonlikka hujum uyushtirishadi. 745-yilda ittifoqchilar Turk 
xoqonligining so’nggi hukmdori Baymey xoqonni o’ldirishadi va 
xoqonlik taxti uyg’urlar qo’liga o’tadi.
1

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin