9-мавзу. Qurilish industriyasining ishlab chiqarish va resurs salohiyati va undan oqilona foydalanish yo`llari



Yüklə 56 Kb.
səhifə6/8
tarix24.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#192027
1   2   3   4   5   6   7   8
5-мавзу маъруза

Transport zaxiralari - to`lov talabnomasi to`langan kundan yukning korxona omboriga kelib tushgan kunigacha bo`lgan davr.
Joriy zaxira - ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta`minlashga qaratilgan bo`lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga teng bo`lishi kerak. Joriy zaxiraning miqdori o`rtacha kunlik xarajatlarga va xom ashyo, materiallar, konstruksiyalar va hokazolarning qanchalik tez-tez etkazib berib turilishiga bog`liq. Xom ashyo va materiallar ishlab chiqarishga qanchalik tez-tez kelib tursa, joriy zaxira miqdori ham shunchalik kam bo`lishi kerak. Tabiiyki, bunda ishlab chiqarish dasturi o`zgarmas bo`ladi.
Sug`urta zaxirasi ta`minotdagi va transport faoliyatidagi uzilishlarning, yetkazib berish muddatlari buzilishining oldini olish uchun zarur. Sug`urta zaxirasining qiymati joriy (ombordagi) zaxira uchun belgilangan aylanma vositalar me`yorining 30-50 foizi atrofida bo`lishi mumkin.
Aylanma vositalari shakllanish manbalariga ko`ra xususiy va qarz vositalarga bo`linadi. Aylanma vositalarning xususiy manbalari qatoriga korxonaning foydasini, uning nizom kapitalini, shuningdek, qo`shimcha va zaxira kapitalini kiritish mumkin bo`lib, ular ayniqsa korxonani boshqarishning aksionerlik shakli sharoitlarida ko`proq kuzatilishi mumkin.
Barqaror passivlar, masalan, ishchi va xizmatchilar oldidagi ish haqi bo`yicha minimal ko`chuvchi qarzdorlik, turli fondlarga (bandlik, sug`urta, nafaqa va boshqa fondlar) ajratmalar bo`yicha qarzdorlik, soliqlar, yig`imlar va byudjetga to`lovlar bo`yicha va boshqa qarzlar ham aylanma vositalarning muhim ichki manbalari qatoriga kiradi.
Qarz mablag`lari - bu chetdan, turli moliyaviy manbalardan jalb qilinadigan va odatda qaytarish sharti bilan ma`lum bir to`lov (foiz stavkalari) evaziga olinadigan mablag`lardir. Ma`lum kelishilgan shartlar asosida jismoniy va huquqiy shaxslardan qarzga olingan mablag`lar ham qarz mablag`lar tarkibiga kiradi.
Bozor sharoitlarida birinchidan, aylanma mablag`lar yetarlicha bo`lishi va ishlab chiqarish ehtiyojlariga bog`liq bo`lishi, ikkinchidan imkon qadar samarali foydalanilishi juda muhimdir. Ushbu ikkinchi holat uchun amaliyotda ikki ko`rsatkich - mablag`larning aylanuvchanlik koeffitsiyenti va bir aylanmaning o`rtacha muddati qo`llaniladi.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin