9-мавзу. Qurilish industriyasining ishlab chiqarish va resurs salohiyati va undan oqilona foydalanish yo`llari


Asosiy fondlar - qurilishning ishlab chiqarish va resurs asosi sifatida



Yüklə 56 Kb.
səhifə2/8
tarix24.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#192027
1   2   3   4   5   6   7   8
5-мавзу маъруза

9.2. Asosiy fondlar - qurilishning ishlab chiqarish va resurs asosi sifatida.

Asosiy fondlar - ham moddiy ishlab chiqarish sohasida (asosiy ishlab chiqarish fondlari), ham noishlab chiqarish sohasida (noishlab chiqarish asosiy fondlari) band bo`lgan material-moddiy qiymatlar majmuasi. qurilish xalq xo`jaligining turli tarmoqlari uchun turli korxonalar, bino va inshootlarni qurish davomida mamlakat uchun asosiy fondlarni bunyod etishda ishtirok etadi, biroq o`z navbatida o`zi ham ulardan mehnat va ishlab chiqarish qurollari sifatida foydalanadi. Shuning uchun qurilish mahsuloti sifatida va zaruriy ishlab chiqarish qurollari sifatidagi asosiy fondlarni bir-biridan ajratish lozim.


Asosiy ishlab chiqarish fondlariga quyidagilar kiradi:
 ishlab chiqarish bino va inshootlari;
 ishchi mashina va asbob-uskunalari;
 mashina va asbob-uskunalari;
 transport vositalari;
 asbob-uskunalar va ishlab chiqarish jihozlari.
Noishlab chiqarish asosiy fondlarga quyidagilar kiradi:
uy-joylar;
 kommunal xo`jalik obyektlari;
 madaniy-maishiy obyektlar;
 sog`liqni saqlash va maorif obyektlari.
Bu yerda gap butun xalq xo`jaligi balansida emas, balki qurilish balansida turgan noishlab chiqarish asosiy fondlari haqida bormoqda. Agar bunday tafovut bo`lmasa, qurilishning noishlab chiqarish asosiy fondlari bilan jihozlanganligi sun`iy ravishda o`sib ketishi mumkin.
Asosiy fondlar natura va pul shaklida (qiymat ifodasida) baholanadi.
Buxgalteriya hisobida asosiy fondlar odatda korxonalar, tashkilotlar va xo`jaliklarning asosiy fondlari sifatida ko`rsatiladi, vaholanki bu ularning elementlar bo`yicha, ya`ni bino va inshootlar, ishchi va quvvat mashinalarida, transport vositalarida va hokazolarda qancha mablag` borligi bo`yicha hisobga olinishiga to`sqinlik qilmaydi.
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashish darajasiga va mehnat predmetlariga ko`rsatadigan ta`siriga qarab ikki qismga bo`linadi: aktiv - ishchi va quvvat mashinalari va asbob-uskunalari, transport vositalari, asboblar va jihozlar; passiv - bino va inshootlar, ya`ni ishlab chiqarishga ta`sir ko`rsatuvchi yordamchi jarayonlar bilan band bo`lgan imoratlar va obyektlar (idoralar, omborxonalar, laboratoriyalar, boshqaruv apparati joylashgan binolar).
Asosiy fondlarni ko`paytirishni tahlil qilish, baholash va strategiyasini belgilab olishda ularning tuzilmasi - asosiy fondlarning ayrim guruhlarining ularning jami qiymatidagi ulushi - katta ahamiyat kasb etadi. Mashina va asbob-uskunalarning, transport vositalarining jami asosiy fondlar qiymatidagi ulushi qanchalik katta bo`lsa, (qolgan shartlar teng bo`lganda) mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham, fond qaytimi ko`rsatkichi ham shu qadar yuqori bo`ladi. SHuning uchun asosiy ishlab chiqarish fondlarining tuzilmasini yaxshilashga ishlab chiqarish va fond qaytimini oshirishning muhim sharti deb qaraladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibini quyidagicha yaxshilash mumkin:
 mashina parkini texnikaning yangi turlari bilan to`ldirish yo`li bilan;
 ishlab turgan mashina va asbob-uskunalarni modernizatsiyalash bilan;
 ortiqcha va kam foydalaniladigan asbob-uskunalarni tugatish bilan;
 asosiy fondlarning ayrim guruhlari o`rtasida oqilona nisbatlarni ta`minlash bilan.
Ma`lumki, asosiy fondlar ekspluatatsiya jarayonida muntazam ravishda eskirib, ishdan chiqib boradi. SHu sababdan asosiy fondlarga nisbatan jismoniy va ma`naviy eskirish tushunchalarini kiritamiz.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin