9-мавзу: Хрушев даври: сталинизмлаштиришнинг нособитлиги (1953-1964 йй.) Sssr harbiy g'alabasining bahosi


Mamlakat iqtisodiyotining isloh etilishi



Yüklə 19,36 Kb.
səhifə3/4
tarix17.05.2023
ölçüsü19,36 Kb.
#115385
1   2   3   4
11-банд 9-дарс

Mamlakat iqtisodiyotining isloh etilishi
Bu davrda iqtisodiyot sohasida ham ayrim yutuqlarga erishildi. Iqtisodiy tizimni markaziy boshqaruvdan voz kechilgan holda yuritishga urinishlar bo`ldi. Mamlakat xalq xo`jaligi soveti mamlakatni bir qancha iqtisodiy rayonlarga bo`ldi. Vazirliklar amalda tugatildi, markaziy reja komissiyasining roli yo`q darajaga kelib qoldi. Bu hol iqtisodiy o`sishning boshlanishiga turtki bo`ldi. Po`lat, neft, elektroenergiya ishlab chiqarish oshdi. Sovet Ittifoqi qifalararo ballistik raketa sinovini o`tkazdi.
1957-yilda orbitaga birinchi sun'iy Yer yo`ldoshi chiqarildi.
1961-yilda esa fazogir Y.A.Gagarin dunyoda birinchi bo`lib koinotga uchdi. Harbiy havo va suv osti floti takomillashtirildi. Armiya yangi turdagi, jumladan, yadro quroliga ega bo`ldi.
Ammo sovet rahbariyati xalq iste'moli mollari ishlab chiqarishga ilgarigidek ikkinchi darajali masala deb qaradi. Iste'mol tovarlari yetishmas, sifati past, ular iste'molchilarning ehtiyoji va talabini qondirmas edi. Xizmat ko`rsatish sohasi deyarli rivojlanmadi. Mazkur yo`nalish bo`yicha Sovet Ittifoqi iqtisodi rivojlangan mamlakatlar ichida oxirgi o`rinlardan birida qolaverdi.
Qishloq xo`jaligini qayta tashkil qilish
Kolxoz tizimi SSSRda aholini boqish va sanoatni muhitn xomashyo bilan ta'minlashga qodir emasligi ko`rindi. Kishilarning shaharga ko`chib kelishini chegaralagan holda ular qishloqda majburan ushlab turildi. 50-yillar o`rtalarida butun aholining 35 foizi qishloqlarda istiqomat qilar edi. Vaholanki, rivojlangan davlatlarda bu paytda fermerlar umumiy aholining 3—5 foizini tashkil qilgan. Mashina-traktor stansiyalari tugatildi. Jamoa xo`jaliklari esa kengaytirildi. Qozog'iston shimolidagi qo`riq yerlarni o`zlashtirish hisobiga ekin maydonlari yuz minglab gektarga kengaydi, mamlakat bug`doy yetishtirishni ko`paytirdi. Biroq bk necha yildan so`ng yangi yerlar eroziyaga uchradi, qoloq agrotexnika bu borada ishlab chiqarishning pasayishiga sabab bo`ldi. Sovet Ittifoqi donni AQSHdan sotib olishga majbur bo`ldi.

Yüklə 19,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin