9-ma’ruza. Axborotni masofaga uzatish tizimlari. Reja


-rasm. Differensial-transformatorli o‘zgartgich sxemasi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix11.10.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#153679
1   2   3   4   5   6   7   8
OOIMvaA 9-ma\'ruza

69-rasm. Differensial-transformatorli o‘zgartgich sxemasi
 
Pnevmatik o‘zgartkichlar 
O‘lchanayotgan kattalikni pnevmatik chiqish signaliga o‘zgartirish va ko‘rsatishlarni 
masofaga uzatish uchun qo‘llaniladigan pnevmatik o‘zgartkichlar ichida kuch 
kompensatsiyali va siljish kompensatsiyali o‘zgartkichlar yong‘in va portlash xavfi bor 
korxonalarda keng ishlatiladi. 
Kuch kompensatsiyali pnevmatik o‘zgartkichlar
o‘lchash blokidan sezgir 
elementining kuchini 20-100 kPa (0,2-1 kgk/sm
2
) qiymatda bir xillashtirilgan pnevmatik 
chiqish signalni o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. 
Pnevmatik 
kuch 
o‘zgartkichlarining 
ishlash 
prinsipi 
pnevmatik 
kuch 
kompensatsiyasidan foydalanishga asoslangan.
Kuch kompensatsiyasiga ega pnevmatik o‘zgartkichning prinsipial sxemasi 70-rasmda 
ko‘rsatilgan.O‘lchanayotgan parametr o‘lchash blokining sezgir elementiga ta’sir ko‘rsatadi 
va G‘ mutanosib kuchga aylanadi. G‘ kuch ta’sir qilayotgan richag 1 orqali to‘siq 2 soplo 3 
ga nisbatan siljiydi. Soplo va to‘siq orasidagi tirqishning o‘zgarishi natijasida o‘zgarmas 
kesimli drossel 7 orqali keladigan havo bosimi o‘zgaradi. Shu bilan birga, kuchaytirish 
pnevmorelesining a kamerasidagi bosim ta’sirida membranalar 8 va 9 ning egilishi 
natijasida kirish 10 va chiqish 11 soqqali klapanlarning holati o‘zgaradi.


Natijada b va v kameralarda bosim o‘zgaradi. To‘siq 2 silfon 4 ta’sirida soploga 
nisbatan shunday holatni egallaydiki, silfondagi kuch o‘lchash blokining G‘ kuchiga 
tenglashib, b va v kameralardagi bosim shunga qarab o‘zgaradi. O‘zgartkich berilgan 
o‘lchash chegarasiga silfonni richag 5 bo‘ylab siljitish orqali sozlanadi. O‘zgartkichning 
chiqish signali 20 kPa (0,2 kGk/sm
2
) boshlang‘ich bosim nol korrektorning prujinasi 6 
yordamida o‘rnatiladi. O‘zgartkich chang, nam va yog‘dan tozalangan havo bilan 
ta’minlanadi. Havoning nominal bosimi 140±14 kPa. Chiqish signalini 300 metr masofaga 
uzatish mumkin. O‘zgartkichning aniqlik sinfi 1,0. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin