9-ma’ruza. Axborotni masofaga uzatish tizimlari. Reja


– rasm.  Kuch kоmpеnsаtsiyali elеktr аnаlоg o’zgаrtkichi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix11.10.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#153679
1   2   3   4   5   6   7   8
OOIMvaA 9-ma\'ruza

68– rasm.
 Kuch kоmpеnsаtsiyali elеktr аnаlоg o’zgаrtkichi 


uzatish aloqasiga va shu bilan birga, aloqa bilan ketma-ket bog‘langan muvozanat 
indikatorining g‘altagi 8 ga (teskari bog‘lanish) keladi. G‘altak 8 dagi tok hosil qilgan 
magnit maydon bilan doimiy magnit 11 o‘rtasidan o‘zaro ta’sir natijasida richag 6 da kuch 
paydo bo‘ladi, bu kych o‘lchanayotgan kirish (masalan, bosim o‘zgarishi natijasida) kuchini 
muvozanatlaydi. Asbobning nol nuqtasi prujina 12 orqali sozlanadi. Asbobni 
o‘zgartkichning berilgan o‘lchash chegarasiga sozlash uchun surgich 3 va lentali tortqi 5 ni 
siljitiladi. 
Kuch kompensatsiyasi prinsipi shu sxemaga nisbatan quyidagidan iborat: muvozanat 
paytida sezgir element hosil qilgan kuch G‘ unga teskari aloqa tomonidan ta’sir etadigan 
kuch F
m
ga teng. 
Chiziqli o‘zgartkichda doimiy magnit 11 bilan g‘altakdan o‘tayotgan tok hosil 
qiladigan magnit maydoni orasidagi o‘zaro ta’sir shu tokka mutanosib bo‘lgan, richag tizimi 
orqali kirish kuchini muvozanatlashtiradigan kuch hosil qiladi, ya’ni,
F
M
=K*I
chiq 
, (8.1) 
bunda, F
M
 — teskari aloqa tomonidan ta’sir etadigan kuch; K-o‘zgarmas koeffitsient; 
I
chiq
 - chiqish toki. 
Kvadratik o‘zgartkichda teskari aloqa kuch F
M
bilan chiqish signali 
I
chiq
orasidagi 
o‘zaro ta’sirlashuv magnitoelektr mexanizm o‘rniga elektromagnit kuch mexanizmini 
qo‘llash yordamida ta’minlanadi. Bu holda teskari aloqa kuchi bilan chiqish signali 
orasidagi munosabat quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 
G‘
m
=K*
I
2
chiq
. (8.2) 
UP-20 turidagi yarim o‘tkazgichli kuchaytirgich nomuvofiqlashtirish indikatori 
signalini o‘zgarmas elektr toki signaliga o‘zgartiradi. Signalni masofaga uzatish 10 km ga 
yetishi mumkin. O‘zgartkichga ulanadigan ikkilamchi asboblarni ikki guruhga bo‘lish 
mumkin: o‘zgarmas tokning unifikatsiyalangan signalidan ishlaydigan (milliampermetrlar) 
va o‘zgarmas kuchlanish signalidan ishlaydigan asboblar (voltmetrlar, potensiometrlar, 
markaziy nazorat va boshqarishning elekt ciljishni kompensatsiyalash sxemasi bo‘yicha 
quriladigan elektr analog o‘zgartkichlaridan noelektr kattaliklarni elektr chiqish signaliga 
o‘zgartirish va ko‘rsatishlarni masofaga uzatish uchun differensial-transformatorli
ferrodinamik, magnitomodulyatsion va selsinli o‘zgartkichlar tarqalgan. Differensial-
transformatorli o‘zgartkichlardagi birlamchi asbob o‘zagining siljishi ikkilamchi asbob 
o‘zagining siljishi bilan muvozanatlashadi. Differensial - transformatorli o‘zgartkichlar sarf, 
bosim, sath va boshqa parametrlarni o‘lchashda ishlatiladi, bunda bu parametrlarning 
qiymati birlamchi asbob g‘altagi o‘zagining siljishiga o‘zgartiriladi. 
Differensial- transformatorli asbob sxemasi (69-rasm) ikkita bir xil g‘altakdan iborat. 
Ulardan biri birlamchi asbob 1, ikkinchisi esa ikkilamchi asbob 2 ga joylashtirilgan. 
G‘altaklarni birlamchi chulg‘amlari ketma-ket ulanib, elektron kuchaytirich kuch 
transformatorining chulg‘amidagi o‘zgaruvchan tok kuchlanishidan ta’minlanadi. 
Ikkilamchi chulg‘amlar bir - biriga yo‘nalgan holda ulanib, chiqishlari elektron 
kuchaytirgichga qaratilgan. G‘altaklar ichida temir o‘zaklari o‘rtacha holatda bo‘lsa, 
g‘altakdagi ye
1
va ye
2
EYuK lar teng bo‘ladi, ya’ni ∆E
1
= ye
1
- ye
2
= 0 va ∆E
2
= ye
3
- ye
4

0, demak, ∆E = ∆E
1
—∆E
2
kuchaytirgich kirishidagi farq ham nolga teng bo‘ladi. 



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin