so‘zlarini nutqda to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatish. Uzunligi, kengligi har xil bo‘lgan bir
necha predmetni (5 tagacha) bir- birining ustiga uzunligi, kengligiga ko‘ra ortib va
kamayib boradigan tartibda qo‘yib qiyoslashni o‘rgatish (eng keng, torroq, yana
torroq, eng tor tasma). Kattalik. Kichik guruhda bolalar har xil poloskalardan biror
belgi (uzunlik, kenglik) ni topishga o‘rgatilgan edi. Mazkur bosqichda maktabgacha
yoshdagi bolalar bir vaqtning o‘zida uzunlikni, kenglikni topa olish va ularni
taqqoslay olish malakasini egallab olishlari kerak. Masalan, tarbiyachi hamma
bolaga 2 xil rangli va uzunligi har xil, ammo kengligi (eni) bir xil bo‘lgan lentalarni
tarqatadi va bolalarga tanish bo‘lgan usul (masalan, yonma-yon qo‘yish)
bilan qaysi lenta uzun, qaysi lenta qisqa (kalta) ekanini topish topshirig‘ini beradi.
So‘ngra uzun poloskani tanlash va uning uzunligi bo‘ylab barmoqni yuritib
chiqishni taklif qiladi. Tarbiyachi
“Poloskaning kengligi qani?” — deb
so‘raydi va o‘zi poloskaning eni bo‘ylab
qo‘lini yuritadi, keyin esa uning bo‘yi
bo‘ylab
qo‘lini
yuritib
chiqadi.
Bolalardan poloskaning uzunligi (bo‘yi)
kattami yoki kengligi (eni) kattami, deb
so‘rash kerak, so‘ngra esa bo‘yi katta,
eni esa kichik bo‘lishini tushuntirib
berish kerak. Eng qisqa poloskanii
qarash bilan ham tarbiyachi
bolalarni
yuqoridagiga
o‘xshash
xulosaga olib keladi. Mashg‘ulotning
oxirida bolalarga
poloskalarning
eni
bo‘yicha
taqqoslashni taklif qilish mumkin.
Bolalar bir poloskani
ikkinchi poloska ustiga qo‘yib, ular
uzunliklari bo‘yicha har xil bo‘lsa ham,
ammo enlari
(kengliklari)
bo‘yicha
teng
ekanliklariga ishonch hosil qiladilar.
O‘rta guruhda bolalarni
buyumlar orasidagi uzunlik, kenglik,
balandlik bo‘yicha arzimas kichik farqlarni ilg‘ab olishga, har xil kattalikdagi 2
tadan ko‘p buyumlarni taqqoslay olishga o‘rgatish kerak.
Dostları ilə paylaş: