Kattaliklar. Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni buyumlarning
kattaliklari bilan tanishtiruvchi masalalar ma’lum o‘rinni egallaydi. Har qanday
buyumga to‘g‘ri to‘liq tavsifnoma berishda buyum kattaligining ahamiyati uning
boshqa asosiy xususiyatlarining ahamiyatidan kam emas. Taqqoslash asosidagina
buyumning kattaligini ta’riflash mumkin.
Rus matematik metodisti D. Galanin “kattalik” tushunchasining ma’nosini
bunday ifodalaydi: “kattalik deb, buyum va harakatlarning shunday xususiyatiga
aytiladiki, bu xususiyat bo‘yicha buyumlarni bir-biri bilan taqqoslay olamiz, bu
xususiyat har xil buyumlarda har xil miqdorda bo‘lishi mumkin”. Buyumlarni
taqqoslashning mezonlariga ko‘ra ularning kattaliklari, tengligi yoki tengsizlik
munosabati
aniqlanadi.
Ammo
har
doim
ham
buyumlar
bevosita
taqqoslanavermaydi. Biz ko‘pincha buyumlarning kattaliklarini o‘zimizda hosil
bo‘lgan umumiy tasavvurlar (fikr)da taqqoslaymiz. Bu o‘rinda idrok
qilinayotgan buyumning kattaligi umumlashtirilgan obraz bilan taqqoslanadi, bu
obrazda buyumlarni amalda farqlash tajribasi tugallangandek bo‘ladi. Kattalik,
shuningdek, o‘zgaruvchanlik bilan ham xarakterlanadi.
V.V.Davidov bunday deydi: “o‘lchamlar— ob’ektning shunday holatiki, u
ma’lum chegaralargacha o‘zgara borib, aqalli berilgan alohida ob’ektni o‘zgartirsa,
ham, ammo uning tur, boshlang‘ich sifatini o‘zgartirmaydi”. Stol uzunligining
o‘zgarishi uning kattaliginigina
o‘zgartiradi,
ammo
uning
mazmuni
va
sifatini
o‘zgartirmaydi, stol stolligicha
qolaveradi.
Kattalikning
uchinchi xossasi nisbiyligidir.
Haqiqatan ham, bir buyumning
o‘zi kattaligi bo‘yicha qanday
buyum bilan taqqoslanayotganiga
qarab,
katta yoki kichik deb aniqlanishi
mumkin. SHuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, kattalik buyumning shunday
xossasiki, uni buyumdan ajratib, alohida tasavvur qilib bo‘lmaydi. Kattalikni
buyumdan ajratib bo‘lmaydi. Buyumning kattaligini idrok qilib, biz buyumning
hajmi borasida to‘liq mo‘ljal (orientir) olamiz va shundagina uni “katta-kichik”
so‘zlari bilan aniqlaymiz yoki alohida uzunliklarning (uzunligi, kengligi, balandligi)
nisbati haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz. Bunda sub’ekt uchun har bir konkret
holda amaliy ahamiyatga ega
bo‘lgan uzunlik ko‘p holda
kattalikni aniqlash uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi. Bu holda
kattalikning “baland”, “past”,
“uzun”, “yo‘g‘on” kabi aniq
ta’riflaridan
foydalanadilar
(“Bolaga past stul kerak”,
“Mashinalar keng yo‘ldan
bormoqda”, “Baland archa
sotib olishdi” va h.k.)
Bir qator buyumlar borki, ular uchun «katta-kichik» atamalarini ishlatib
bo‘lmaydi. Masalan, lenta uzun, qisqa, keng yoki ingichka (tor) bo‘lishi mumkin;
sakragich esa uzun yoki qisqa bo‘lishi mumkin va h.k. SHu bilan birga kuzatishlar
va maxsus tekshirishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, maktabgacha yoshidagi bolalar
buyumlarning kattaliklarini aniqlashda “katta- kichik”, “ortiq-kam” so‘zlaridan
foydalanishni afzal ko‘radilar. Buning sababi, birinchidan, bolalarning
buyumlarning alohida uzunliklari (uzunligi,
kengligi, balandligi)ni differensiallashtira olmasliklari, ular orasida o‘lchamlik
munosabatlarini o‘rnata olmasliklari va ularning har birini so‘zlar bilan aniqlay
olmasliklari, ikkinchidan, kattalarning o‘zlari ko‘pincha kattalikning aniq ta’rifi
o‘rniga juda umumiy bo‘lgan “katta-kichik”
atamalarini ishlatishlaridir. Demak, buyumlarning kattaliklarini aynan bir hil
aniqlash uchun bolalarga buyumlardagi uzunlik parametrlarini ajratish va ular
orasida mos munosabat-larni o‘rnatishni o‘rgatish kerak. Bu munosabatlarga
sonlargina aniqlik berishi mumkin. SHu munosabat bilan bolalarning kattalik
haqidagi tushunchalarini tarkib toptirish bilan bir vaqtda ularning son haqidagi
tasavvurlarini va
hisoblash malakalarini rivojlantirib borish samaraliroq bo‘lishi mumkin. SHu
sababli bolalarda kattalik haqidagi bi-limlarni tarqyb toptirishning quyidagi
sistemasini maqsadga muvofiq, deb hisoblash mumkin: masofa parametrlarini
differensiallashtirish va ular orasidagi o‘lchov munosabatlarini (o‘lchashlar
yordamida) o‘rnatishdan buyumlarning kattaliklarini butunicha hajm bo‘yicha
baholash va aniqlashga olib kelish kerak, chunki E. G. Vatsuro bunday ko‘rsatadi:
“Haqiqiy umumlashtirish ob’ektlarni shu ob’ektlarning muhim xususiyatlari
bo‘yicha differensiallashtirilgandan keyingina amalga oshadi”. Buyumlarning
kattaligini butunicha aniqlashning muhim xususiyati masofa parametrlari-ning
o‘lcham munosabatlaridan iboratdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar kattaliklarning miqdoriy bahosini bilish
zarurati bilan har doim kundalik hayotlarida, har xil mashg‘ulotlarda, mehnat
faoliyatlarida, o‘yinlarda duch keladilar. Ammo bu bilimlar maxsus o‘rgatilgunga
qadar tarqoq va aniqmas bo‘ladi. CHunonchi, bolalar “katta” tushunchasini tasavvur
qilishda har qanday katta miqdor xarakter.ystikasini (yuqori, baland, keng, chuqur)
qo‘shib yuboradilar, masalan, “uzunroq” deyish o‘rniga bolalar “katta” deyishadi,
“kichik”ni bolalar “past”, “tor” deb tasavvur qilishadi. “Teng” degan tasavvurni
bolalar nutqidan “bir xil” degan tasavvur siqib chiqargan, “bir xil” so‘zi nihoyatda
keng ma’no kasb etadi: bolalar bu so‘z bilan buyumlarning rangi, shakli,
tayyorlangan materiali, ba’zan esa kattaligi va miqdori bo‘yicha taqqoslash
natijalarini belgilaydilar.
Tasavvurlarning bunday aniqmasligi matematik aniqlikning va kattalik,
shuningdek, miqdor ta’rifining buzilishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari,
bolalarniig maktabda o‘qishga tayyorliklarini tekshirish shuni ko‘rsatadiki,
kattalikning noaniq miqdoriy baholanishi mavjud bo‘lganda ular (ayniqsa,
maktabda o‘qishning dastlabki paytlarida) atrof-sharoitdan, daftar va kitob
varaqlaridan fazoviy orientatsiya olishda katta qiyinchiliklarga duch keladilar. Ba’zi
o‘quvchilar grafik ishoralarning kattaliklariga amal qiladilar. Bu malakalar o‘qitish-
o‘rgatish jarayonida shakllanadi. Buyumlarning
balandligi, uzunligi, kengliklari bo‘yicha taqqoslay olishni bilish bolalarning bilim
darajalarini anchagina oshiradi. Kattaliklarning miqdoriy baholarining shakllanishi
miqdoriy munosabatlarni o‘rganishda, har xil tushunchalarning, ya’ni son,
geometrik va boshqa tushunchalarning tarkib topishi bilan birgalikda amalga
oshiriladi. Kattaliklar miqdoriy baholarining shakllanish jarayoni bolalarning so‘z
— terminlar (baland, tor va b.), shuningdek, eng sodda matematik ifodalar (masalan,
buyumlarning balandliklari bo‘yicha taqqoslaymiz va b.) ni egallash bilan bevosita
bog‘liq. Buyumlarning kattaliklari bo‘yicha munosabatlarini tegishli belgilashlar
bilan o‘rnatish uslubiyati kattaliklarning miqdoriy baholarining har xil
darajalarining tarkib topishining aniq sistemasini hisobga oladi, bu
ma’lum izchillikda amalga oshirilishi mumkin.
Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni predmetlarning kattaliklari
bilan tanishtiruvchi masalalar ma’lum o‘rinni egallaydi.
Har qanday predmetga to‘g‘ri va to‘la xarakteristika berishda predmet
kattaligining axamiyati uning boshqa asosiy xususiyatlarining ahamiyatidan kam
emas. Taqqoslash asosidagina predmetning katgaligini ta’riflash mumkin.
"Kattalik" tushunchasining ma’nosini ochib berar ekan. Matematik metodisti D.
Galanin bunday ko‘rsatadi: «predmetlar va harakatlarning shunday xususiyatiga
aytiladiki, bu xususiyat bo‘yicha predmetlarni bir-biri bilan taqqoslay olamiz, bu
xususiyat har xil predmetlarda har xil miqdorda bo‘lishi mumkin». Predmetlarni
taqqoslashning ma’lum mezonlariga ko‘ra predmetlarning kattaliklari tengligi yoki
tengsizligi munosabati o‘rnatiladi. Ammo har doim ham bevosita taqqoslashga
duchor qilinavermaydi. Biz ko‘pincha berilgan predmetni tanish predmetlarning
kattaliklari haqidagi o‘zimizda hoschil bo‘lgan umumiy tasavvurlarda (fikrda)
taqqoslaymiz.
Bu
o‘rinda
idrok
qilinayotgan
predmetning
kattaligi
umumlashtirilgan obraz bilan takkoslanadi, bu obrazda predmetlarni amalda
farqlash tajribasi tugallangandek bo‘ladi.
Kattalik, shuningdek, o‘zgaruvchanligi bilan ham xarakterlanadi. V.V. Davidov
bunday yozadi: «O‘lchamlar bu ob’ektning shunday holatiki, u ma’lum
chegaralargacha o‘zgara borib, aqalli berilgan alohida ob’ektni o‘zgartirsa ham,
ammo uning tur, boshlang‘ich sifatini o‘zgartirmaydi». Berilga stol uzunliginig
o‘zgarishi uning kattaliginigina o‘zgartiradi, ammo uning mazmuni va sifatini
o‘zgartirmaydi, stol stolligicha qolaveradi.
Kattalikning uchinchi xossasi nisbiyligidir. Xakiqatdan ham, bir predmetning
o‘zi kattaligi bo‘yicha qanday predmet bilan taqqoslanayotganiga qarab katta yoki
kichik deb aniqlanishi mumkin. SHuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, kattalik
predmetning shunday xosasiki, unp predmetdan ajratib alohida tasavur qilib
bo‘lmaydi. Kattalikni predmetdan ajratib bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |