7-mavzu. Menejment jarayonida qaror


Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 20,12 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü20,12 Kb.
#169206
1   2   3   4
7-mavzu. Menejment jarayonida qaror-fayllar.org

Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan talablar.
Bozor munosabatlari mezonida boshqaruv qarori menejmentning bosh omili hisoblanadi, qaysiki unda korxona, tarmoq taraqqiyotining butun iqtisodiy va ijtimoiy muammolari kesishadigan va bir joyda tuplanadi. Boshqaruv qarorlarining samarasiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi:
  • Rahbariyatning yoki guruxning shaxsiy sifatlari;


  • Qarorni ishlab chiqishdagi sharoitning axborot ta’minoti;


  • Tashkiliy harakter omillari (qarorni ishlab chiqishda mutaxassislarni taklif qilish, usullar tizimi va qabul qilingan qarorni bajaruvchilarga etkazish shakli, nazorat tizimi va x.k.);


  • Texnik omillar (EXM texnik vositalaridan foydalanish va x.k.);


  • Qarorni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishdagi vaqtinchalik omillar.


Bundan kelib chikkan holda boshqaruv qarorlariga asosiy talablar quyidagilardir:


  1. Qabul qilinadigan qarorning demokratligi;


  2. Ilmiy asoslash;


  3. Aniq yunalganlik;


  4. Aniq yo‘naltirilganlik;


  5. Vaqt bo‘yicha kiskalik va konkretlik;


  6. Qarorni bajarish operativligi.




Boshqaruv qarorlarini tayyorlash jarayoni va qabul qilish bosqichlari.
Menejment amaliyotida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amaliyotga qo‘llashning ko‘plab shakl va metodlari yig`ilgan. Savolllarning murakkabligi va mazmuniga karab, boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishda, iqtisodiy tahlil, eksport baholarni kabi usullardan foydalanishdan rahbar faoliyat harakatinnig ketma-ketligini umumiy sxemasi mavjud, uni bilish konkret qarorlini kurib chiqishga yordam beradi. Qaror qabul qilishdan oldin rahbar quyidagilarni aniqlab olish shart.
  1. Harakat maqsadi va unga erishish yo‘llari.


  2. Muammoning muxim taraflarini;


  3. Kerakli moddiy, pulli va mehnat resurslarini;


  4. Bajaruvchilarning vazifalarini;


  5. Vzifa bajarilishini tashkil etish tartibini.


Menejmentga qarorlarni qabul qilish xos, chunki har bir rahbar faoliyati, u qabul qilgan qarorlarda aks etadi. Boshqaruv qarorlari jamoa demokratiyasi va o‘zini boshqarish prinsipi asosida kollektivni qaror qabul qilishda katnashuvida amalga oshadi. O‘zini boshqarish asosida ishlab chiqarish kuchlarining birlashtirishi va ular fikrlarni rivojiga olib keladi.


Tashkilot faoliyati bilan bog`lik boshqaruv qarorlari bevosita rahbar tomonidan ishlab chiqiladi, bu qarorlar tashkilot mezoni va qonunchilikka zid kelmasligi kerak. Jamoa «soveti» qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqilishining barcha bosqichlarida faol ishtirok etadi. Xar bir murakab qarorlarni qabul qilish jarayoni o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
  1. Maqsadni aniqlanishi, muammoni tushunish va kerakli axborotni yig`ish;


  2. Yig`ilgan axborotni klassifikatsiya qilish, tahlil qilish va baholash, ya’ni axborotni qayta ishlash;


  3. Qarorlarni turli variantlarini ishlab chiqish;


  4. Variantlarni tahlil qilish, muxokama qilish va baholash;


  5. Oxirgi va optimal variantni qabul qilish;


  6. Xar bir qarorni kerakli shaklda hujjatlashtirish;


  7. Qarorlarni muxrlab kuyish;


  8. Qarorni bajaruvchiga kuyilishi;


  9. Qabul qilingan qarorlar bajarilishini tashkil qilish;


  10. Qarorni bajarilishini nazorati va hisobi.


Xar bir bosqichni kurib chikamiz:


  1. Birinchi bosqichda kollektivdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayoni tahlil qilish asosida amalga oshadi. Bu bosqichda rahbar va kollektiv orasidagi o‘zaro munosabatiga bog`lik, rahbarni bu bosqichda ishlab chiqarish o‘zluksizligini ta’minlash maqsadida rahbar ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni echishga katta e’tibor berishi kerak;


  2. Ikkinchi bosqichda yig`ilgan axborot klassifikatsiyalanadi, tahlil qilinadi va baholanadi. Bu bosqich murakkab jarayon bo‘lbi malaka, bilim va tadbirkorlikni talab qiladi;


  3. Uchinchi bokichda axborotni yig`ish davom etib, uning haqiqiy imkoniyatlari baholanib, bir necha o‘zaro almashuvchan variantlar, ‘ni alternativalar ishlab chiqiladi. Alternativ variantlar mas’ul shaxslar tomonidan ishlab chiqilib bevosita rahbar nazorati ostida bo‘ladi.


  4. Turtinchi bosqichda alternativ qarorlarning tahlili va har tomonlama muxokamasida qarorlar ishlab chikiiladi. Kanchalik alternativ ko‘p bo‘lsa, shunchalik qarorni optimal variantini tayyorlash samarali bo‘ladi. Boshqaruv qarorlarning turli variantlarini tahlil va baholash odatda ularning tahlili va hisobini EXMda takkoslash orqali kelad. Keyin dikkat bilan har bir variantning baxosini kurib chiqishadi, shuning asosida oxirgi va optimal variant tanlanadi. (5-bosqich);


6-7- bosqichlarda, shuningdek kam ahamiyatli mazmunga ega bo‘lgan, tanlangan qarorni aniq tasvir beriladigan bosqichdir. Bu jarayonda hujjatning ikki qismi kurib chiqiladi.: analitik va konstruktiv. Analitik qismida muammoni kelib chiqish sabablari, konsruktivlikda esa muammoni echish uchun vositalar va resurslar, asosiy yo‘llar va uslublar ko‘riladi. Qaror ishbilarmon xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. Boshqaruv qarorlari amaliyotda umumiy so‘zlar bilan ko‘pincha ishlanadi (majbur kilmok, talab kilmok, ko‘rsatmok, nazarda tutmok va x.k.).


Oxigi va eng zarur bokich bu 8.3. va 10 bosqichlar bo‘lib, ular qabul qilingan qarorni batafsil jarayonini tashkil etish bilan bevosita bog`likdir. Boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish jarayonini aniq tizimli yondashishni nazorat qilishni talab qiladi:
  • axborotning yagona kompleks tizimini yaratish. U ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy kismlarini qamrab oladi, o‘z vaqtida va aniq korxonaning iqtisodiy. Ijtimoiy-psixologik axvolini tavsiflash;


  • muammolar echishni tezlashtirish iktva ijtimoiy psixologik muhitlar uning o‘zgarishi bilan bog`lik;


  • aloxida bo‘lmagan va shu bilan birgalikda barcha variantli echimlar tahlili;


  • ishlab chiqarishga ta’sir qiladigan kuchlarni aniqlashgina emas, balki ular samaradorligini ham;


  • tahlil qilish uchun operativ, hisob-kitob va statistikadan foydalanish (sxemaga karalsin).





Yüklə 20,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin