7-mavzu. Menejment jarayonida qaror


Boshqaruv qarorlarini (optimizatsiyalash) usullari va ularni bajarilishini tashkil etish



Yüklə 20,12 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü20,12 Kb.
#169206
1   2   3   4
7-mavzu. Menejment jarayonida qaror-fayllar.org

Boshqaruv qarorlarini (optimizatsiyalash) usullari va ularni bajarilishini tashkil etish.
Boshqaruv qarorlarining asosi deb optimal variantga eng yakin bo‘lgan, eng zur variant qabul qilinadi. Bu variant mehnatni, moliyaviy-texnik resurslarni va vaqtni eng kam sarf qilingan holda, korxonadagi mavjud holat haqidagi mantikiy axborotlarni yig`ib, tahlil qilish orqali kelib chikadi.
Optimal qarorni yoki unga yakin qarorni tanlashda kerakli usul va uslubni qo‘llash darkor. Boshqaruv amaliyotida qarorlarni qabul qilish va ular bilan ishlashning quyidagi usullari mavjud:
  • tizimli-iqtisodiy va ijtimoiy tahlil, statistik javoblar va baholar usuli;


  • variantli qatorlarning, ya’ni reja - ishlab chiqarish kabi modellarni tahlili, rivojlanish tendensiyalarini va ishlab chiqarishning mavsumiy harakterini aniqlash usuli;


  • tajriba javoblarini statistik tahlilini o‘z ichiga olgan, tajribaviy modellashtirish usuli. Echilayotgan muammolarni, jarayonlarni modellashtirish usuli, EXM va iqtisodiy-matematik metodlar orqali bajarilsa, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatidagi kamchilik va yutuqlari optimal ravishda ko‘zatish mumkin;


  • matematik dasturlash usuli;


  • maqsadlarni baholash va kutilayotgan xavf nazariyasi usuli. Bu usul ukitish va motivatsiya nazariyasini hisobga olib tabiatni ulchash va bashorat qilish uchun ishlatiladi;


  • modellashtirish va tadbirkorlikka oid uyinlar usuli. Bu usul EXM ishlatilishini taqozo etadi;


  • Noaniqlik sharoitida individual qaror qabul qilishga har-xil yondashishlarni o‘z ichiga olgan kidirishlar nazariyasi;


  • harajatlar usuli. Bu usul ya’ni, axborotlar yig`ish, tahlil qilish va ishlatish juda ko‘p mablag talab etadi, bunda boshqaruvchi agar bu usul optimal javob topishga yordam bersa harajatlar oldida tuxtashi kerak emas;


  • noma’lum va noaniq vaziyatlarni baholash va tahlil qilish, odatda, mavjud ishonchli ma’lumotlar orqali amalga oshiriladi. Bu holda qabul qilinadigan qaror korxona o‘z oldiga kuygan maqsadga bog`lik. Ba’zan qaror qabul qilish iqtisodiy-ijtimoiy tizimining rivojlanish qonuniyatiga va tendensiyasi, shuningdek tahliliy hisob-kitoblar asosida amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Boshqa hollarda albatta muammoning chuqur tahlili va har tomonlama birlashuvi kerak bo‘ladi, ya’ni muammoning turlicha karab kerakli tahlil va hisob-kitoblar utkaziladi;


  • qaror qabul qilish jarayonini soddalashtirish boshqaruv jarayonidagi mehnat doirasini pasaytiradi. Agar tizimli tahlil doimo utkazilsa, qarorlarni ishlab chiqish usuli borgan sari soddalashib aniq holatga keladi. Soddalashgan holdagi qarorlar qabul qilish va ularning samarasini baholash ko‘pincha korxona faoliyatining tahlili takrorlanuvchi holatida qo‘llaniladi.


  • mutaxassislar baxosi, mutaxassislar tahlili asosida olinadi. Bu narsa xatolarni oldini olish uchun qilinadi. SHundan so‘ng mutaxassislar mavjud mavjud qarorlar ro‘yxati mavjud fikrlar, takliflar va xulosalar bilan tanishib chikadilar va o‘zlarining yakuniy xulosalarini etadilar;


  • Bir gurux mutaxassilar tomonidan qandaydir kiyin muammoni ijodiy muxokama qilish. Bu usul jamoa tajribalari va jamoaning bilimlari Boshqaruvning echimlariga asoslanishi va shu bilan birga yaxshi goyalarning yuzaga kelishiga muhit yaratish hamda muxokamadagi ishtirokchilarning yaxshi tanlanganligi alternativ echimni topishga va muammoni tug`ri hal qilishga katta ta’sir ko‘rsatadi.


Qabul qilingan qarorlarning maqsadga muvofiq holda bajarilishi uchun ishlab chiqarish jarayonida maxsus maqsadga yo‘naltirilgan dasturlar, tarmoqli grafiklarni, matritsali boshqaruv tizimini ishlab chiqarish zarur. Bu marosimlarning 3 ta guruxga ajratish mumkin:


  1. Qarorlarni o‘z vaqtida bajaruvchilarga etkazib berish;


  2. Kadrlar va resurslar optimal joylashtirish operativ zaxiralarni shakllantirish;


  3. Qarorlarni bajarilishini nazorat qilish.


Birinchi gurux marosim. Qarorlarni o‘z vaqtida bajaruvchilarga etkazib berish. Bu erda uni o‘z holiga tashlash mumkin emas. Qarorlarni bajaruvchilarga bir oy-ikki oyda etib borishini ko‘zatish mumkin. Bu holda u o‘z faolligini va mazmunini yukotadi. chunki u kech etib boradi.


Bajaruvchilarning fikrlarini keng tarkalgan shakllaridan biri ularni qaror qabul qilishga jalb shilish. SHu asosda ishlab chiqarishning ishtirokchilari qaror konsepsiyasi va masalalar echimlari bilan tanishadilar. Ba’zan shu maqsadda ishlab chiqarish novatorlari va sardorlaridan komissiya to‘ziladi. Kelgusidagi ijro etuvchilar qarorlarni tayyorlashda ishtirok etishadi va bu echimlarni xaqikatga yakinrok qilishadi. CHunki ular ishlab chiqarish jarayonini chetdagilarga karaganda yaxshirok bilishadi.
SHuningdek, kollektiv ishchilarining muxkamada, seminarlarda, yoki loyixa rejalashtirini qabul qilishda katnashishganida ijobiy natijalarga erishadilar. Lekin, bu kollektililik faqatgina ayrim shartlar bajarilganda amalga oshiriladi. Kachonki yakkaboshchilik va aniq personal javobgarlikka ega bo‘lganda..
Ikkinchi gurux marosimi - bu kadrlar va resurslar manyovri shuningdek operativ rezervlar. Xar bir echim moddiy ta’minotga muxtoj bo‘lib, odamlarning qayta orientatsiyasi va ularning qayta tayyorlashga va almashtirishga tug`ri keladi.
SHuning uchun ishlab chiqarishdagi yirik dasturlarning realizatsiyasi va ishlab chiqarishni qayta ko‘rish ishlarining uslub va formalarini keskin o‘zgarishiga olib keladi. Bu kadrlar strukturasiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Uchinchi marosimlar guruxi - bu nazorat, ya’ni chuqur malakali tahlil. Tizimli nazoratsiz yuqori natijalarga erishib bo‘lmaydi. Boshqaruvning yuqori darajasida, bunday nazoratni tashkilot aniq maqsadga va kerakli mexanizmga erishish uchun talab qiladi.

Yüklə 20,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin