7-amaliy mashg’ulot Mavzu: Web of Science platformasi hamda undan foydalanish. Web of Science platformasidagi jurnallar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash. Web of Science resurslari va vositalari haqida umumiy ma’lumot web of



Yüklə 179,5 Kb.
səhifə5/7
tarix15.09.2023
ölçüsü179,5 Kb.
#143712
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
7-amaliy mashg\'ulot

BOOK CITATION INDEX - ilmiy yo‘nalishlarning yetakchi olimlarini 28 000 dan ortiq ilmiy adabiyotlar va momnografiyalarning indeksi haqida bibliografik axborotlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, to‘liq matnli manbalarga havolalar ham mavjud.
Indeks institutlarning resurslariga kirish imkoniyatini beradi. To‘g‘ridan to‘g‘ri elektron kitoblar va kutubxona kataloglariga murojaat qiluvchi tizim asosida ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘yicha kitoblarning kolleksiyalaridan foydalanishga imkon beradi.
Book Citation Index Web of Science kutubxonalarning kitob fondlarini tadqiqot instrumentlari bilan ta’minlaydi. Bu orqali kerakli axborotni tez va oson topishga imkon beradi. Web of Science taqdim etadigan kitoblar, jurnallar, konferensiya materiallari havolalari bo‘yicha qulay navigatsiyani taqdim etadi. Mualliflar va tadqiqotchilar ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha kitoblarni havola qilinishini dunyo tadqiqotlari bilan solishtirish imkoniga ega bo‘ladilar.


Web of Science ning qidiruv imkoniyatlari
Web of Science Core Collection
Qidiruv tabiiy, ijtimoiy, gumanitar fanlar va san’at sohalari bo‘yicha yetakchi jurnallar, konferensiya materiallari bo‘yicha 55 million yozuvlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qidiruv operatorlari
Qidiruv sohasida sifatni yaxshilash uchun mantiqiy qidiruv operatorlaridan foydalanish mumkin. Jumladan, AND (va), OR (yoki), NOT (yo‘q), NEAR/n va SAME.





Operator

Ma`nosi


AND

Barcha qidiruv shartlarini mujassamlantirgan yozuvlarni qidirish uchun qo‘llaniladi. Agar so‘rovlar qatoriga bir nechta so‘zni ketma-ket yozsangiz, tizim avtomatik tarzda bu turdagi so‘rovni AND mantiqiy operatori bilan bog‘laydi. Qidiruv natijasida so‘rovdagi barcha so‘zlar uchraydi, ular mantiqiy bir-biriga bog‘lanmagan bo‘lishi mumkin.
So‘rov shakli: rent based economy
Rent AND based AND economy


OR

So‘rovlar qatoriga kiritilgan u yoki bu yozuvni qidirish uchun qo‘llaniladi.
So‘rov shakli: rent OR transition economy


NOT

Ma’lum bir so‘zni qidiruvdan olib tashlash uchun qo‘llaniladi
So‘rov shakli: «Authoritarian regime» NOT Russia
Qidiruv natijasida Rossiyadan tashqari barcha mamlakatlardagi avtoritar rejim haqidagi maqolalar aks ettiriladi


NEAR/n

Matndagi so‘zlar bir-biridan n ta so‘zdan oshmasligi kerak. Siz belgi / raqamni qidirilayotgan so‘zlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan so‘zlar sonini keltirib o‘tasiz. Agar raqam ko‘rsatilmasa, tizim 15 ta so‘zlik maksimal intervalni tanlaydi.
So‘rov shakli: nation* NEAR/3 state
Qidiruv natijalari bir-biridan 3 ta so‘z oraliqda uchraydigan millat (nation*) va davlat (state) so‘zini o‘z ichiga oladi.


SAME

Manzilli qidiruv (Address qatori), bir abzatsdagi berilgan so‘zlar (oldindan belgilangan so‘zlar).
So‘rov shakli: polit* SAME institut* SAME USA
Qidiruv natijalari AQShdagi siyosiy (siyosiy va siyosiy-iqtisodiy) polit* (polit*) so‘zi ishtirok etgan) institutlar va tashkilotlar (institut* institute va institution so‘zlarini topishga yordam beradi.


( )

Agar qidiruv so‘rovi bir nechta so‘z tuzilishi va mantiqiy operatorlarga ega bo‘lsa ularni () simvoli orqali guruhlashtirish qulay.
So‘rov shakli (sarlavha bo‘yicha (Title)): («weapons of mass destruction» OR WMD) (terror* OR agent)




Yüklə 179,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin