7-amaliy mashg’ulot Mavzu: Web of Science platformasi hamda undan foydalanish. Web of Science platformasidagi jurnallar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash. Web of Science resurslari va vositalari haqida umumiy ma’lumot web of



Yüklə 179,5 Kb.
səhifə3/7
tarix15.09.2023
ölçüsü179,5 Kb.
#143712
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
7-amaliy mashg\'ulot

Science Citation Index Expanded (1990-yildan hozirgi vaqtgacha) – ilmiy jurnallarning ko‘p mavzuli ko‘rsatkichi hisoblanadi. 150 ta ilmiy fanlar bo‘yicha 8 300 asosiy jurnallarni qamrab olib, ko‘rsatkichlar bilan belgilangan maqollardagi barcha iqtibos keltirilgan havolalarni o‘z ichiga oladi.
Social Sciences Citation Index (1990-yildan hozirgi vaqtgacha) – jurnallarning ijtimoiy fanlar bo‘yicha ko‘p mavzuli ko‘rsatkichi bo‘lib, 50ta ijtimoiy fanlarga doir 2 900 ta jurnallarni butunlay qamrab oladi. Shuningdek unda butun dunyo bo‘yicha 3 500 dan ziyod eng yaxshi ilmiy va texnik jurnallardan mavzuga oid alohida tanlab olingan hujjatlar ham ko‘rsatkichlar bilan belgilangan.
Arts & Humanities Citation Index (1990-yildan hozirgi vaqtgacha) – gumanitar fanlar va san’atga oid jurnallarning ko‘p mazmunli ko‘rsatkichi hisoblanib, butun dunyo bo‘ylab 1 600 dan ortiq ijtimoyiy fanlar va san’atga doir eng yaxshi jurnallarni to‘liq qamrab oladi. Shu bilan birga 6 000 dan ziyod asosiy ilmiy jurnallar va sotsiologiya bo‘yicha jurnallardan mavzuga oid alohida tanlab olingan hujjatlarni ham o‘z ichiga oladi.
Emerging Sources Citation Index (2015-hozirgi kungacha) - Science Citation Index Expanded (SCI-EXPANDED), Social Sciences Citation Index (SSCI) yoki Arts & Humanities Citation Index (A&HCI) kabi to‘plamlarga kirmagan jurnallardagi maqolallarning yozuvlarini o‘z ichiga oladi. Bu jurnallar nashr etilayotgan materiallarning sifatiga, ta’siriga va muddatlariga nisbatan qo‘yilgan eng kam talablarga javob beradi, lekin ular nisbatan yangi bo‘lganligi bois, bu jurnallar SCI-EXPANDED, SSCI yoki A&HCI tomonidan ko‘rsatkichlar bilan belgilanishidan oldin muayyan bir muddat davomida baholanishi kerak.
KCI-Korean Journal Database (1980-yildan hozirgi vaqtgacha) –ma’lumotlar bazasidagi ko‘p mavzuli jurnallarning maqolalaridan erkin foydalanish imkonini beradi. National Research Foundation of Korea tashkilotining nazorati ostida ishlayotgan KCI bazasi Koreyada nashr qilingan ilmiy adabiyotlar bo‘yicha bibliografik ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 179,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin