6-sinf Sana


Grammatik mavzuni tushuntirish



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə8/85
tarix24.05.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#121314
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85
6-sinf

Grammatik mavzuni tushuntirish
O‘zbek tilida kasb-hunar, sohalarni bildiruvchi otlar -lik, -chilik qo‘shimchalari bilan yasaladi. Masalan: quruvchi+lik, zardo‘z+lik, binokor+lik; dehqon+chilik,
pazanda+chilik, kulol+chilik.


Rasmdagi kasb egalarini aniqlash va ular qiladigan ishlarni aytib berish
Savol-javob o’tkazish

  • Siz kelajakda kim bo‘lmoqchisiz?
    — Biror kasbni egallash uchun nima qilish kerak?
    — Sizning oilangizda qanday kasb egalari bor?
    — Siz kimga o‘xshashni istar edingiz?

Matn ustida ishlash
Lug’at ishi
kasb — профессия tarjimon — переводчик xazina — клад
zardo‘zlik — золотошвея hunar — ремесло usta — мастер
duradgorchilik — столярничествo moliya — финанс loyiha — проект turar-joy — местожительствo daha — квартал

Bizning oilamizda turli kasb egalari bor. Dadam quruvchilik sohasida ishlaydilar. Onam esa zardo‘zlik bilan shug‘ullanadilar. katta akam duradgorlik kas bini tanlagan. Opam o‘qituvchilik kasbiga o‘qiyaptilar. Meni esa tarjimonlik sohasi qiziqtiradi. Bobom bizga hamisha: «Bilim va hunar — chinakam xazina. Qaysi kasbni tanlasangiz ham o‘z kasbingizning ustasi bo‘ling», — deb uqtiradilar.




Mustahkamlash
Mashqlar bajarish
2-mashq. Berilgan so‘zlarga -lik, -chilik qo‘shimchalaridan mosini qo‘shib, avval -lik qo‘shimchali so‘zlarni, so‘ng –chilik qo‘shimchali so‘zlarni yozing.
Dehqon, sotuvchi, kon, quruvchi, rassom, paxta, san’atkor, shifokor, to‘quvchi, nonvoy, dorboz, suvchi, gilamdo‘z, ovchi, haydovchi, qandolatchi.


3-mashq. Matnni o‘qing. Aniq va mavhum otlarni aniqlab, ikki guruhga bo‘lib yozing.
Dam olish kuni o‘qituvchimiz bilan yangi uylar qurilayotgan turar-joy dahasiga bordik. Qurilish boshlig‘i bizga quruvchilik kasbi haqida so‘zlab berdi. Avval uylarning loyihasi chizilar ekan. So‘ng moliyaviy хarajatlar hisoblab chiqilar ekan. Keyin uy-joy qurilishi uchun qurilish mollari ajratilib, quruvchilar ish boshlashar ekan. ko‘p qavatli uyning devorlari bizning ko‘z o‘ngimizda qad ko‘tardi. Men quruvchilik kasbiga qiziqib qoldim.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin