6-sinf Sana


Suhbat matni ustida ishlash



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə79/85
tarix24.05.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#121314
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   85
6-sinf

Suhbat matni ustida ishlash
Rasadxona uch qavatdan iborat bo‘lgan. hozir faqat ikki qavati saqlanib qolgan. Rasadxonaning yonida yulduzlar holatini tekshiradigan maxsus yerto‘la mavjud bo‘lgan. Bu yerda Mirzo Ulug‘bek o‘z shogirdlari bilan yulduzlar harakatini kuzatar edi. siz turgan binoda esa kuzatishlar natijalarini tahlil qilishar, ma’lumotlar asosida jadvallar tuzishardi. Vatanimizda uning nomi bilan ataladigan tuman, shaharchalar, universitet, metro bekati, istirohat bog‘i, ko‘chalar bor. YUneskOning qarori bilan hatto bitta yulduzga Ulug‘bek nomi berilgan.
abadiylashtirish — увековечить yerto‘la — подвал asbob-uskuna — прибор
qaror — решениe tahlil qilmоq — анализировать
Mustahkamlash
Mashq bajarish
7-mashq. Berilgan fe’llarni bo‘lishsiz shaklga aylantiring.
Kеlgan, charchagan edim, borgandik, tinglagan edingiz, yurgandilаr, tushuntirgan edingiz, qiziqgandilаr.
8-mashq. Gaplardagi fe’llarni bo‘lishli shaklga aylantirib yozing.
1. Osmonda bulutlar ko‘rinmagan edi. 2. Biz u paytlar bu to‘garakka qatnashmagan edik. 3. Zebo bolalagida she’r yozmagan edi. 4. Bu ko‘lda qayiqlar suzmagan edi. 5. Men tabiatning bu mo‘jizalariga ishonmagan edim.
Matn ustida ishlash
Lug’at ishi
rasadxona — обсерватория inshoot — сооружение
mukammal — совершенный faylasuf — философ
Mirzo Ulug‘bek
Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek 1394-yilda Sultoniyada tug‘ilgan. U bolalik davrida bobosi Amir Temur bilan ko‘p mamlakat va shaharlarni ko‘rgan. Amir Temur vafotidan keyin hokimiyat Ulug‘bekning otasi Shohrux qo‘liga o‘tadi. Shohruh
Xurosonda hukmronlik qiladi. Movarounnahrni esa o‘g‘li Ulug‘bekga topshiradi.
Ulug‘bek hukmronlik davrida Bibixonim masjidi, Go‘ri Amir maqbarasi, shohizinda inshootlarining qurilishini tamomladi, ko‘plab bog‘lar yaratdi. 1417—1420-yillarda ajoyib madrasa qurdirdi. U tarixda Ulug‘bek madrasasi deb ataldi. Keyinchalik samarqandda rasadxona qurdirdi va uni asboblar bilan ta’minladi.
Ulug‘bek o‘z davrining buyuk olimi, astronomi, shoiri va faylasufi edi. U rasm, musiqa bilan ham shug‘ullangan. Ulug‘bek davrida samarqand ilm markaziga aylangan. Ulug‘bekning «Astronomiya jadvali» asari o‘rta asr Sharq astronomiyasining eng mukammal asari hisoblanadi.



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin