Taqlid so’zlar deb nimaga aytiladi?
J: narsalarning tovushiga va holatiga taqlidni bildiruvchi so’zlar taqlid so’zlar deyiladi.
Jigarim otashga tegardi jiz-jiz. Gapda taqlid so’zning qaysi turi ishtirok etgan?
J: tovushga taqlid. ( Go’sht qovurilganda jiz-jiz degan tovush eshitiladi)
Milk-milk qilgan yakkam-dukkam yulduzlargina uyg’oq edi. Gapda taqlid so’zning qaysi turi ishtirok etgan?
J: holatga taqlid. ( Yulduzlardan milt-milt etgan tovush chiqmaydi, bu uning holati)
Modal so’zlar deb nimaga aytiladi?
J: Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining (ishonch, gumon, umulashtirish…) muunosabatini beruvchi so’zlarga modal so’zlar deyiladi. (Unutmang: modal so’zlarsiz ham ma’lum bir fikr bo’ladi.)
Ifodalanayotgan fikrga ishonch ma’nosini beruvchi modal so’zlarni toping?
J: Albatta, shaksiz
Ifodalanayotgan fikrga gumon ma’nosini beruvchi modal so’zlarni toping?
J: Ehtimol, chamasi, shekilli
Ifodalanayotgan fikrga tasdiq ma’nosini beruvchi modal so’zlarni toping?
J: darhaqiqat, haqiqatdan
Ifodalanayotgan fikrga fikrni xulosalash ma’nosini beruvchi modal so’zlarni toping?
J: xullas, demak, umuman
Ifodalanayotgan fikrga fikrni tartibi ma’nosini beruvchi modal so’zlarni toping?
J: Avvalo, avvalambor, birinchidan
Ifodalanayotgan fikrga fikrni dalillanishi ma’nosini beruvchi modal so’zlarni toping?
J: masalan, jumladan
Ifodalanayotgan fikrga achinish ma’nosini beruvchi modal so’zlarni toping?
J: attang, afsus
Dostları ilə paylaş: |