6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar) (1)
8-SINF ONA TILI FANIDAN SAVOLLAR Adabiy nutq me'yorlari. Nutqning ko'rinishlari.
Fikrni bayon etish va o'zgalar fikrini tushunishning eng asosiy vositasi nima?
Javob: til
Nutq uslublari nechta?
Javob:5 ta
Xalq tilining ishlov berilgan , qat'iy qoidalashtirilgan ko'rinishi qanday nutq?
Javob: adabiy nutq
Oilada, ko'cha-ko'yda fikr almashish jarayonida qo'llanadigan nutq uslubi qaysi?
Javob: so'zlashuv uslubi
Qaysi nutq uslubida badiiylik, ifodaviylik, ta'sirchanlik kuchli bo'ladi?
Javob: badiiy uslubda
Qaysi nutq uslubi rasmiy axborot berishga, davrning ijtimoiy-siyosiy masalalarini aks ettirishga mo'ljallangan?
Javob: publitsistik uslub
Qaysi uslubda ilmiy asarlar, ilmiy jurnallar, darslik va qo'llanmalar yaratiladi?
Javob: ilmiy uslubda
Qaysi uslubda ilmiy atamalardan keng foydalanilib, ko'chma ma'noli til ifodalari nihoyatda kam ishlatiladi?
Javob: ilmiy uslubda
Qaysi nutq uslubida davlat qonunlari, hukumat qarorlari, ish qog'ozlari yoziladi?
Javob: rasmiy uslubda
Qaysi nutq uslubida gaplar ixcham va aniq, mazmunli quriladi?
Javob: rasmiy uslubda
Qaysi nutq uslubidagi gaplar egasiz, kesimlari majhul nisbatda bo'ladi?
Javob: rasmiy uslubda
Qanday so'z lug'aviy ma'no anglatib, so'roqqa javob bo'lib, biror gap bo'lagi vazifasida kela oladi?
Javob: mustaqil so'z
Kim ,, yaxshiyam Navoiy turkiy tilda ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod qilganda bizning asarlarimizni hech kim o'qimas edi,, deb aytgan?
Abdurahmon Jomiy
Ma'lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn.
Qanday matn turida voqea-hodisa yoki holat haqida oddiy axborot beriladi?
Javob: ma'lumotnoma matnida
Qaysi matn turida dalillar so'zlovchi yoki yozuvchining shaxsiy munosabati, nuqtayi nazari asosida ifodalanadi?
Javob: ijodiy-tavsifiy matnda
Insho so'zi qanday ma'noni anglatadi?
Javob: yaratish, bunyod etish, bino qilish, qurish
Insho so'zi qaysi tildan olingan?
Javob: arab
Bilimlarni boyitish yoki namoyish qilish maqsadiga ko'ra insho necha xil bo'ladi?
Javob: 2 xil: ta'limiy va sinov
Qaysi insho turida manbalardan izlanishga ruxsat berilmaydi?
Javob: sinov ishosida
Qaysi insho turi o'rganilgan mavzularga doir bilimlarni , insho yozish ko'nikma va malakalarni sinovdan o'tkazish maqsadida chorak yoki o'quv yilini oxirida olinadi?
Javob: sinov inshosi
Qaysi insho turi sinfda yoki uyda yozilib, izlanishga bilimlarni boyitish va qo'llashga, ijodiy fikr yuritishga , mavzuni to'g'ri bayon qilishga qaratiladi?
Javob: ta'limiy inshoda
Insho mazmun-mohiyatiga ko'ra nechta turga bo'linadi?
Javob: 3 turga
Qaysi insho turida adabiyot darslarida o'tilgan ma'lumotlarga o'quvchining ijodiy munosabati qo'shib ifodalanadi?
Javob: adabiy inshoda
Qanday mavzudagi insholarda adabiyot fani dasturida mavjud bo'lmagan mavzular yoziladi?
Javob: erkin
Qaysi insho turida biror fanga tegishli mavzu ilmiy dalillar asosida yaratiladi?
Javob: ilmiy inshoda
Qaysi insho turida deyarli tasviriy vositalar qo'llanilmaydi?
Javob: ilmiy
Insho necha qismdan iborat bo'ladi?
Javob: 3
Inshoning qaysi qismi inshoning boshlang'ich qismi bo'lib, unda o'quvchi mavzu haqidagi umumiy fikrlarni bayon qiladi?
Javob: kirish qismida
Inshoning qaysi qismida maqsadga o'tiladi?
Javob: asosiy qismida
Inshoning qaysi qismida o'quvchi asosiy qismdan kelib chiqadigan o'z fikr- xulosasini lo'nda bayon etadi?
Javob: xulosa qismida
Erkin mavzudagi insho qanday uslubda yoziladi?
Javob: ommabop
Qanday mavzudagi inshoda o'quvchining biror mavzu bo'yicha turli fanlardan olgan bilimlari va uning shaxsiy taassurotlari birgalikda ifodalanadi?
Javob: erkin
Inshoning mazmuniga mos keluvchi mashhur hikmatli so'z, maqol, ibora yoki badiiy parcha nima deyiladi?
Javob: epigraf
Inshoning qaysi turida berilgan mavzu biror fan nuqtayi nazaridan ilmiy nutqda yoritiladi?
Javob: ilmiy inshoda
2005-yilda tuzilgan YUNESKO ro'yxatiga ko'ra dunyoda qancha til bor?
Javob: 6912 ta
Farazlarga ko'ra 21-asr oxiriga kelib mavjud tillarning necha foizi o'lik tilga aylanadi?
Javob 95%i
Sintaksis, ohang va tinish belgilari
Tilshunoslikning sintaktik aloqani o'rganuvchi bo'limi qanday nomlanadi?
Javob: Sintaksis
So'zlarning gapdagi bog'lanishi qanday aloqa hisoblanadi?
Javob: sintaktik
So'zlar bog'lanishida qanday so'z hokim so'z manosini izohlaydi va to'ldiradi?
Javob: tobe so'z
Bir mustaqil so'z boshqa mustaqil so'zni izohlaydigan bog'lanish qanday bog'lanish deyiladi?
Javob: Tobe
Bir mustaqil so'z boshqasiga ergashmay, izohlamay bog'lansa qanday bog'lanish deyiladi?
Javob: teng
So'zlarning teng bog'lanishi nimalarni hosil qiladi?
Javob: So'z qo'shilmalarini
Qanday bog'lanishda tobe va hokim so'z bo'lmaydi, ikala so'z ham teng huquqli bo'ladi?
Javob: teng bog'lamishda
So'z birikmasi hokim so'zning qaysi turkumiga oid so'z bilan ifodalanishiga qarab necha guruhga bo'linadi?
Javob: 2 guruhga
Qanday so'z birikmasida hokim so'z ot, sifat, son, ravish va otlashgan so'z bilan ifodalanadi?.
Javob: Otli so'z birikmasida
Fe'lli so'z birikmasida hokim so'z qaysi so'z turkumi bilan ifodalanadi?
Javob: fe'l
So'z yoki so'zlar vositasida anglashilgan fikr nima deyiladi?
Javob: gap
Gaplar ifoda maqsadiga ko'ra necha turga bo'linadi?
Javob: 4 turga
Bir xabarni ifodalovchi gap qanday gap hisoblanadi?
Javob: sodda gap
Birdan ortiq xabarni yaxlitlashtirib ifodalaydigan gap qanday gap deyiladi?
Javob:Qo'shma gap
Qaysi gapda shakllangan kesim bitta bo'ladi?
Javob: Sodda gapda.
Sodda gap sintaksisi
Qaysi gap bo'laklari to'g'ridan to'g'ri kesimga bog'lanadi?
Javob: ega va hol
Qaysi gap bo'lagi ot bilan ifodalangan har qanday bo'lakka bog'lanaveradi?
Javob aniqlovchi
Kesim ifodalanishiga ko'ra necha turga bo'linadi?
Javob: 2 fe'l kesim va ot kesim
Fe'ldan boshqa so'z turkumlari va fe'lning harakat nomi shakli bilan ifodalangan kesim qanday kesim deyiladi?
Javob: ot kesim
Fe'l kesim nimalar bilan ifodalanadi?
Javob: sof fe'l va bazan Ravishdosh
Kesimlar tuzilishiga ko'ra nechta turga bo'linadi?
Javob: 2 sodda va murakkab
Birdan ortiq so'zdan iborat kesim qanday kesim deyiladi?
Javob: murakkab
Yordamchi so'zlar qanday kesimni shakllantiradi?
Javob: murakkab
Ot kesim tarkibida kelib, uni ega bilan bog'lovchi so'z nima deyiladi?
Javob: bog'lama
Ega olmoshning qaysi turi bilan ifodalanganda ega va ot kesim orasiga tire qo'yiladi?
Javob: ko'rsatish olmoshi
Gap kesimidan anglashinib turgan harakatning bajaruvchisini belgining sohibini bildirgan bo'lak qanday bo'lak deyiladi?
Javob: ega
Ega qanday so'roqlarga javob bo'ladi?
Javob: kim? Nima? Qayer?
Ega doimo qaysi kelishik shaklda bo'ladi?
Javob: bosh
Egasiz gaplarning qanday turlari mavjud?
Javob; Shaxsi ma'lum gap, shaxsi umumlashgan gap, shaxsi nomalum gap
Qanday gapda ega kesimning shaxs-son shakllaridan ma'lum bo'lib turadi?
Javob: shaxsi ma'lum gapda
Qanday gapda gapning umumiy mazmuni barcha shaxslarga aloqador bo'ladi?
Javob: shaxsi umumlashgan gapda.
Maqol, matal, hikmatli so'zlar ishtirok etuvchi gaplarda ega qanday shaklda bo'ladi?
Javob: umumlashgan gapda
Qanday gapda kesim fe'l bilan ifodalanadi va ish harakatini bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart tilak, istak kabi manolarni ifodalab keladi?
Javob: shaxsi nomalum gap
Shaxsi nomalum gaplar kesimining eng muhim belgisi nima?
Javob: uning tarkibida egalik qo'shimchasini yo'qligi
So'zlovchi ko'z o'ngida biror voqea hodisani, narsa-buyumni va davrni gavdalantirishga, xotira yoki xayolida ular bilan aloqador voqea hodisani tiklashga xizmat qiluvchi vosita nima deyiladi?
Javob: Atov gap
Bir so'z ,, Qotib qolgan'' birikma shaklida bo'lib boshqa so'z bilan kengayish imkoniyatiga ega bo'lmagan gap qanday gap deyiladi?
Javob: so'z gap
So'z gap qanday ma'nolarni ifodalaydi?
Javob: tasdiq, inkor, so'roq, taajjub, his-hayajon
So'z gap qanday nutqga xos?
Javob:Ko'proq dialogik va ba'zan monologik nutqqa
Ega va kesimdan yoki faqat kesimdan iborat gap qanday gap hisoblanadi?
Javob: yig'iq gap
Ikkinchi darajali bo'laklar
Qaysi gap bo'lagi ko'proq kesimga bog'lanib, undan anglashilgan ish-harakatning o'rnini, paytini, holatini, bajarilish sababini, maqsadini bildiradi?
Javob: Hol
Belgili yoki belgisiz tushum kelishigidagi to'ldiruvchi qanday to'ldiruvchi hisoblanadi?
Javob: vositasiz
Tushum kelishigidan boshqa shakldagi to'ldiruvchi qanday to'ldiruvchi hisoblanadi?
Javob: vositali
Narsa buyumning rang-tusi, mazasi, hajmi, kim yoki nimaga qarashliligini bildirib kelgan ikkinchi darajali bo'lak nima deyiladi?
Javob: aniqlovchi
Aniqlovchi aniqlagan bo'lak nima deyildi?
Javob: aniqlanmish
Aniqlovchi nechta turga bo'linadi?
Javob: 3 ta
Predmetning rangi, ta'mi, hajmi, miqdorini bildirib, o'zidan keyingi bo'lakka bitishuv yo'li bilan tobelangan aniqlovchilarga qanday aniqlovchi deyiladi?
Javob: sifatlovchi
Sifatlovchi aniqlovchi qanday so'roqlarga javob bo'ladi?
Javob: qanday? Qanaqa? Nechanchi? Qaysi?
Predmetning kim nima yoki qayerga mansubligi, qarashliligini bildirib o'zidan keyingi bo'laklarga moslashuv yo'li bilan tobelangan aniqlovchilarga qanday aniqlovchi deyiladi?
Javob: qaratqich
Qaratqich aniqlovchi qanday so'roqlarga javob bo'ladi?
Javob: kimning? Nimaning? Qayerning?
Qanday aniqlovchi shaxs va narsani boshqa tomonidan nomlaydi va ot bilan ifodalanadi?
Javob: izohlovchi
Gapda so'zlovchi tomonidan alohida e'tibor berilib, takidlab ko'rsatilgan bo'lakning kuchli ohang bilan aytilishi nima deyiladi?
Javob: gap urg'usi
Kesim qanday urg'u olganda gapdagi o'rni o'zgaradi?
Javob: mantiqiy
Barcha zarur bo'laklari mavjud gap qanday gap deyiladi?
Javob: to'liq
Tushirilgan bo'laklari oldingi gaplardan anglashilib turadigan gap qanday gap deyiladi?
Javob: to'liqsiz
Uyushiq va ajratilgan bo'lakli gaplar, gap bo'laklari bilan aloqaga kirishmaydigan bo'laklar
Grammatik jihatdan bir xil shakllanib, bir xil so'roqqa javob bo'ladigan, o'zaro teng bog'langan va barchasi gapning bitta bo'lagiga tobelanadigan bo'laklar nima deyiladi?
Javob: uyushiq bo'lak
Gapda uyushiq bo'lak nimalar vositasida bog'lanadi?
Javob: sanash ohangi va teng bog'lovchilar
Sodda kiritmalar nimalar bilan ifodalanadi?
Javob: so'zlar va so'z gaplar bilan
Murakkab kiritmalar nimalar bilan ifodalanadi?
Javob: so'z birikmasi, kengaygan birikma va gaplar
So'zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki narsani bildiradigan so'z yoki birikma nima deyiladi?
Javob: undalma
Bir-biridan ifoda materiali, tuzilishi va tizimdagi o'rni bilan farqlanadigan til hodisasi nima deyiladi?
Javob: til birligi
Ajratilgan bo'lak uyushib, gap oxirida kelsa undan oldin qanday tinish belgisi qo'yiladi?
Javob: tire
Ajratilgan bo'lakning o'z ichida vergul bo'lsa ikki tomoniga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
Javob; tire
Umumlashtiruvchi bo'lak uyushiq bo'lakdan oldin kelsa undan keyin qanday tinish belgisi qo'yiladi?
Javob: ikki nuqta
Umumlashtiruvchi bo'lak uyushiq bo'lakdan keyin kelsa undan oldin qanday tinish belgisi qo'yiladi?