6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar)


Qaysi holatlarda qaratqich kelishigining tushib qolish holatlari kuzatiladi?



Yüklə 194,3 Kb.
səhifə27/98
tarix09.07.2023
ölçüsü194,3 Kb.
#136199
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   98
6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar) (1)

Qaysi holatlarda qaratqich kelishigining tushib qolish holatlari kuzatiladi?

J: Qaratqich va qaralmish yonma-yon kelganda

  1. Qaratqich kelishigi qaysi hollarda belgisiz qo’llanmaydi?

J: shaxs nomlari, otlashgan so’zlar, olmoshlarga qo’shilganda

  1. Uning hovlisini ko’rib, Saidaning og’zi ochilib qoldi. Ushbu gap tarkibidagi qaralmishlarni toping?

J: Hovlisini so’zi, og’zi ochilib qoldi iborasi qaralmish hisoblannadi.

  1. Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari undan ham beqiyos. Ushbu gapdagi qaratqichni toping?

J: Sohibqironning

  1. Qaysi kelishik shaklini olgan so’zlar doimo o’timli fe’lga bog’lanadi?

J: tushum kelishigini ( kitobni o’qimoq)

  1. O’timli fe’l deb nimaga aytiladi?

J: Tushum kelishigini olgan so’z bilan qo’llana oladigan fe’lga. Unutmang: o’timli fe’l tushum kelishigini olmaydi, tushum kelishigini olgan so’z bilan bog’lanadi.

  1. Tushum kelishigi qo’shimchasi qaysi holatlarda belgisiz qo’llanilishi mumkin?

J: Tushum kelishigini olgan so’z va o’timli fe’l yonma-yon qo’llanganda ( Kitobni o’qidim, kitob o’qidim)

  1. Tushum kelishigidagi so’z qaysi holatlarda belgisiz qo’llanilmaydi?

J: Tushum kelishigidagi so’z bilan o’timli fe’l o’rtasida boshqa bir so’z ishlatilsa, tushum kelishigidagi so’z atoqli ot, olmosh yoki sifatdosh bo’lsa, tushum kelishigidagi so’z tushib qolmaydi.

  1. Egalik kelishigini olgan ismlarga bog’lanuvchi so’z qanday shaklda bo’ladi?

J: qaratqich kelishigi shaklida ( daftarning varog’i)

  1. O’timli fe’llarga bog’lanuvchi so’z qaysi shaklda bo’ladi?

J: tushum kelishigi shaklida


  1. Yüklə 194,3 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin