6-sinf. Botanika 7-dars: gul


Izoh. Gulkosachabargi va gultojbarglari 5 tadan, qo‘shilmagan, changchilari soni cheksiz, urug‘chisi esa 1 ta. 3. Lola



Yüklə 179,84 Kb.
səhifə3/53
tarix03.12.2023
ölçüsü179,84 Kb.
#172311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
6-sinf. Botanika 7-dars gul

Izoh. Gulkosachabargi va gultojbarglari 5 tadan, qo‘shilmagan, changchilari soni cheksiz, urug‘chisi esa 1 ta.
3. Lola gulining formulasi – Og 3+3Ch 3+3U (3).


Izoh. Oddiy gulqo‘rg‘on, gultoji 6 ta, ikki halqada (har bir halqada 3 tadan) o‘rnashgan, changchilari 6 ta, ikki halqada o‘rnashgan, urug‘chisi 1 ta, 3 ta urug‘chi bargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.
4. Sachratqi gulining formulasi – Gk 0Gt (5)Ch (5)U (2).


Izoh. Gulkosachabarglar rivojlanmagan, gultojbarglar 5 ta, bir-biri bilan qo‘shilgan, changchilari 5 ta, qo‘shilgan, urug‘chisi 2 ta, urug‘chi bargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.
Xulosa qilib aytganda, gul o‘simliklarning jinsiy ko‘payish organi bo‘lib, gulband, gulo‘rni, gulqo‘rg‘on, changchi va urug‘chidan tashkil topgan.
Gulning formulasiga qarab, ular qaysi oilaga kirishini ham bilish mumkin.

7.2. Gullarning xilma-xilligi
Gullar bir jinsli yoki ikki jinsli bo‘ladi. Gulda faqat urug‘chi yoki changchining o‘zi bo‘lsa, bunday gul bir jinsli gul deyiladi (tol, gazanda, tut, qayin). Agar gulda faqat changchi bo‘lsa, bunday gul changchili gul deyiladi. Aksincha, gulda faqat urug‘chi bo‘lsa, bunday gul urug‘chili gul deb ataladi.
Bitta gulda ham changchi, ham urug‘chi bo‘lsa, bunday gul ikki jinsli gul deyiladi (o‘rik, gilos, olma, shaftoli). Juda ko‘pchilik o‘simliklarning guli ikki jinsli bo‘ladi.
Ayrim o‘simliklarning bitta tupida ham changchi, ham urug‘chi gul alohida-alohida joylashadi. Bunday o‘simliklar bir uyli o‘simlik deyiladi.
Bir turdagi o‘simlikning changchili gullari bir tupda va urug‘chili gullari boshqa tupda bo‘lsa, bunday o‘simliklar ikki uyli o‘simlik deyiladi. Masalan: tol, terak va gazanda.
Gullar to‘g‘ri va qiyshiq gullarga bo‘linadi. Agar gulqo‘rg‘on ikkitadan ortiq teng bo‘lakka ajralsa, u to‘g‘ri gul deyiladi. Masalan, olma, na’matak, behi va shaftoli guli. Bordi-yu, gul faqat teng ikki bo‘lakka ajralsa yoki umuman teng bo‘lakka ajralmasa, u qiyshiq gul deyiladi. Bunga gladiolus, nastarin, isfarak, rayhon, marmarak, kiyiko‘t, burchoq, loviya, beda va boshqalarning gullari kiradi.
Shuni ham aytish kerakki, ayrim gullar, masalan, g‘o‘za guli olma gulidan gulkosachasining tashqi tomonidagi yirik tishchali uchta bargchasi (ostgulkosachasi) bilan farq qiladi. Shuningdek, g‘o‘zaning urug‘chisi o‘ziga xos tuzilgan.
Demak, gullar bir yoki ikki jinsli bo‘ladi. Ayrim jinsli gullar o‘simlikda joylashishiga qarab, bir uyli va ikki uyli bo‘ladi.



Yüklə 179,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin