6-Mavzu: molxonalar gigienasi. Reja



Yüklə 31,71 Kb.
səhifə7/8
tarix09.02.2022
ölçüsü31,71 Kb.
#52320
1   2   3   4   5   6   7   8
6-mavzu.

Molxonalardan go‘ngdan tozalash yo‘llari - go‘ng qimmatli organik o‘g‘it bo‘lib, tarkibida hayvonlarning tezagi, to‘shamalar, siydik va suv bo‘ladi. Go‘ngni tarkibi va sifati hayvonlarni turiga, oziqa, to‘shama, yig‘ishtirish usuli va uni saqlashga bog‘liq. Hayvonlarni saqlash va go‘ngni yig‘ishtirish usuliga qarab go‘nglar qattiq, suyultirilgan va suyuq bo‘ladi. Qattiq go‘ng namligi 70 - 75 %, suyuq go‘ng namligi 80 - 90 %, suyultirilgan go‘ng namligi 90 - 95 % va suyuq go‘ng namligi 95 - 98 % bo‘ladi. Qattiq go‘nglar to‘shamasi almashtirilmaydigan, suyuq go‘nglar maydalangan poxol, torf, yog‘och qirindisi, suyultirilgan go‘nglar tezak va siydik, suv bilan ishlansa va suyuq go‘nglar esa panjara polli cho‘chqaxona va sigirxonalarda to‘shama ishlatilmaydigan binolardan chiqadi. Hozirgi kunda chorvachilik binolaridan go‘ngni chiqarish, tozalash juda ko‘p mehnat talab qiladi. Molxonalardan ular xar xil usullarda chikariladi. Ko‘pgina kichik fermalarda go‘ng go‘ngxonagacha erda yuradigan maxsus g‘altaklarda tashiladi. Ba’zan bu maqsadda arava va telejkalar ham ishlatiladi. Molxonalardan go‘ng shunday chiqarilsa, binoning uzunasiga go‘ng yo‘li bilan 0,01 – 0,015° qiyalikda go‘ng - siydik ariqchasi qilinadi va uni qabul qiluvchi joyga gidravlik to‘siq o‘rnatiladi. Tashqi devordan kamida 5 m uzoqlikda go‘ng sharbatxonasi quriladi. Sharbatxona nasos yordamida tez-tez tozalanib turishi kerak. Keyingi yillarda go‘ngni chiqarishda lentali transporterlar keng qo‘llanilmokda. Ular mollar turadigan joydan (stoyla) pastda ariqchalarga o‘rnatiladi. Bunda tirnovchi TS-1, TSN-2, TSN-3, TSN-9, OB va shtangali TSH-30-A, TSHPN-4, SHTU va boshqa transporterlar qo‘llaniladi. Hayvonlar panjarali pollarda saqlanadigan xo‘jaliklarda go‘nglar pol tagida saqlanadi. Go‘ng polning yorig‘idan tagidagi chuqurga tushadi va u erdan yiliga 1 - 2 marta olinib go‘ngxonaga yoki dalaga jo‘natiladi.

Almashmaydigan qalin to‘shamalarda saqlangan binolardagi go‘ng yiliga 1-2 marta maxsus surgichli DT - 75 traktori yordamida yoki maxsus jihozlangan mexanizmlar yordamida chiqariladi.

Go‘ngni chiqarishda har xil suv bilan haydash usullaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuvish, retsirkulyativ, lotokda cho‘ktirish, retsirkulyasiya - cho‘ktirish va boshqalardan foydalaniladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yuvishda go‘ngni bosim bilan oqadigan suv bilan yuviladi. Bu usuldan cho‘chqaxonalarda va yayrash maydonlarida foydalaniladi. Molxonalarning ichini suv bilan yuvish maqsadga muvofiq emas, chunki binolar havosida namlik miqdori ortib ketadi.

Go‘nglarni tozalash va zararsizlantirish hamda suyuq go‘nglarni qayta ishlaydigan qurilmalar aholi yashash joylari va fermalardan tashqarida quriladi. Qoramollarning suyuq go‘nglarini zararsizlantirishda 6 - 8 oy, cho‘chqalarnikini 12-14 oy saqlash kerak. Go‘ngni zararsizlantirish korxonalari ishi doimo sanitariya, bakteriologik va kimyoviy nazorat ostida borishi kerak.

Go‘nglar ikki xil, ya’ni aerob va anaerob usullarda saqlanadi. Anaerob usulda (sovuq usul) go‘ng birdaniga zichlanadi va doimo nam saqlanadi. Anaerob bakteriyalar ishtirokida achish jarayoni boradi. Go‘ng orasidagi harorat +250 - 30°C ga etadi. Issiq usulda go‘ng avvalo bo‘sh qilib 70 - 90 sm qalinlikda solinadi. Aerob bakteriyalar ishtirokida 4-7 kun davomida achish jarayoni boradi. 5 - 7 kun o‘tgandan keyin go‘ng yig‘ilib zichlanadi va havoning kirishi to‘xtaydi. Go‘ngni harorati +600 - 70°C gacha ko‘tarilib, ko‘pgina mikroorganizmlar va gel’mintlarni tuxumi halok bo‘ladi. Bu usulda go‘ng tarkibidagi ko‘p quruq moddalar yo‘qolsa ham uning sifati yuqori hisoblanadi. Sanitariya-gigiena tomondan go‘ngni xuddi shunday saqlash ancha afzalliklarga ega. Go‘ngxonalar hajmini hisoblashda hayvonlar tomonidan ajratilayotgan go‘ng miqdori hisobga olinadi.

Veterinariya qonunchiligiga asosan yuqumli va invazion kasalliklardan xavfli hisoblangan xo‘jaliklarda go‘ng biotermik usul bilan zararsizlantiriladi. Quyidagi, qorason, manqa, qutirish, infeksion anemiya, ensefalomielit, bradzot, paratuberkulyoz kasalliklari bilan kasallangan hayvonlarning go‘ngi dezinfeksiya qiladigan eritmalar bilan ho‘llanib, keyin kuydiriladi.

Uyilgan go‘ng hamma tomonidan poxol, torf yoki tuproq bilan yozda 15 -20 sm, qishda 30 - 40 sm qalinlikda o‘raladi. Go‘ngni saqlash davri yoz paytlari 1 oy, qishda esa 2 oy bo‘ladi. Mana shunday saqlangan go‘nglarda aerob termofil mikroblarning rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratiladi. Bunda go‘ngning harorati 4- 5 kundan keyin ot go‘ngida +75°C, qo‘y go‘ngida +600 - 65°C, cho‘chqa go‘ngida +55°C, sigir go‘ngida +400 - 45°C ga etadi. Qoramollarning to‘shamali go‘ngini go‘ngxonada saqlashda biotermik jarayonni ta’minlash uchun go‘ngning tagidan 1 m balandlikda poxol solinadi va +1000-140°C darajada termik yo‘l bilan quritiladi.


Yüklə 31,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin