6-Mavzu: molxonalar gigienasi. Reja



Yüklə 31,71 Kb.
səhifə4/8
tarix09.02.2022
ölçüsü31,71 Kb.
#52320
1   2   3   4   5   6   7   8
6-mavzu.

Tom usti - molxonalarni yomg‘irdan, sovib yoki isib ketishdan tom saqlaydi. Tom usti suv o‘tkazmaydigan, mustahkam, engil, yong‘inga xavfli bo‘lmaydigan bo‘lishi zarur. Shakli jihatdan tom ustlari bir nishabli, ikki nishabli va tekis bo‘lishi mumkin. Tom usti yopqichlari yog‘och to‘sinlarga urilgan taxtalarga berkitiladi. Shakli jihatidan to‘sinlar osma va qiya bo‘ladi. Osma to‘siqlar taxta yoki temir - betondan qilinishi mumkin. Tom usti asosan tunuka, qora qog‘oz, shifer, somonli loy va sintetik materiallar bilan yopiladi.

Darvoza, eshik va eshik oldi - tashqi darvoza hayvonlarning kirish chiqishi, oziqalarni kiritish, go‘ng chiqarishga xizmat qiladi. Shuningdek binolarda issiqlikni saqlash uchun tashqi to‘siq ham hisoblanadi. Darvoza etarlicha zich o‘rnatilib, muzlamaydigan va namlikni kondensatsiya qilmaydigan bo‘lishi kerak. Molxonalarni har bir bo‘limlarida kamida 2 ta, birinchisi asosiy, ikkinchisi ehtiyoj darvozasi bo‘ladi. Darvozalarni o‘lchamlari binolarga kiradigan transport vositalarini hisobga olib qilinadi. Molxona, qo‘yxona, cho‘chqaxona va parrandaxonalarda kengligi 2 m va balandligi 1,8 m, otxonalarda esa kengligi 2,1 m va balandligi 2,4 m bo‘ladi. Darvozalar ikki tabaqali qilinib, tashqariga qarab ochilishi kerak. Eshik bo‘sag‘asi ichki tomondan pol bilan teng qilinib, tashqi tomondan esa 5-8 sm ga ko‘tarilgan bo‘lib, yomg‘ir-qor suvlari oqib kirmasligi uchun qilinadi.

Binolarga darvozalarni o‘rnatishda asosiy shamol esish yo‘nalishini hisobga olish zarur, chunki shamol to‘g‘ri ursa molxonalar ichi juda sovub ketishi mumkin. Iloji boricha ko‘p ishlatiladigan darvozalar janubiy sharq tomonga o‘rnatilmaydi, darvoza eshiklarni molxonalarni yon tomonlariga o‘rnatish ma’qul. Molxonalar uzunligi tomoniga o‘rnatilgan darvozalar ehtiyoj eshigi hisoblanib, asosan qo‘pincha binolar, yayratish maydonlari bilan bog‘lanishda xizmat qiladi. Uzun binolarda ko‘ndalang o‘tish yo‘llari to‘g‘risiga ham darvozalar o‘rnatiladi. Qo‘yxonada uzunasi tomondagi darvoza ochiq ayvonlar tomonida quriladi.



Deraza va yoritish vositalari - chorvachilik binolari derazalar orqali tabiiy yorug‘lik va elektr chiroqlari yordamida sun’iy yorug‘lik bilan ta’minlanadi. Devorlarga o‘rnatilgan derazalar oldingi yoki yonbosh tomonda bo‘ladi. Tomga o‘rnatilgan oynalar yuqoridan yorug‘lik beradi. Binolarni yoritish darajasi oynalarni katta-kichikligi, devorlar ichki tomonining rangi, bulutli havo va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Janubiy hududlarda shimolga nisbatan yorug‘lik kuchi 3 barobarga ko‘p. Shunnng uchun molxonalarni qurishda buni hisobga olish zarur. Oqlangan devorlarda nurlanish Shu’lasi 95 % yog‘och va g‘ishtda 40 % va iflos yog‘och va devorlarda 20 % bo‘ladi. Shuning uchun molxonalar devori, sog‘ish joylari, yuvish xonalari va laboratoriyalarni devor va shiftlari ochiq rangga, sun’iy qochirish punktlarining devori esa ochiq - yashil rangga bo‘yalgani ma’qul.

Katta o‘lchamlardagi va yuqorigacha balandlikdagi derazalar ko‘p yorug‘lik beradi. Poldan oyna derazasi tagigacha bo‘lgan balandlik bog‘lab boqilgan sigirxonalar uchun 1,2 - 1,3 m, bog‘lanmay boqilsa 1,8 - 2,4 m, sun’iy qochirish punktida 0,8 m, cho‘chqaxonada kamida 1,2 m, qo‘yxonalarda 1 m bo‘ladi. Derazalar ana shunday balandlikda joylashtirilsa molxonalardagi hayvonlar ko‘p sovuq qotmaydi va yorug‘lik bilan yaxshi ta’minlanadi. Sun’iy yo‘l bilan binolardagi mikroiqlim ko‘rsatgichlari boshqarib borilsa, ayniqsa parrandaxonada deraza bo‘lmasa ham bo‘ladi. Bu issiqlikni yo‘qotishdan va suv bug‘larining kondensatsiyasidan saqlaydi. Derazasiz binolar derazali binolarga nisbatan ancha afzalliklarga ega ya’ni qurilish osonlashadi va arzonlashadi, ventilyasiya qilish osonlashadi. Derazasiz binolarni industriya yo‘li bilan tayyorlangan elementlar yordamida qurishni engillashtiradi, qurilish-montaj ishlarini osonlashtiradi. Derazasiz binolarning yorug‘lik kuni, yorug‘lik kuchi va spektral tarkibini boshqarish oson. S. P. Plyashenko va boshqalar o‘z tajribalarida 6 - oylikdan katta buzoqlarni bo‘rdoqiga boqishda derazasiz binolarda saqlash samarali ekanligini kayd etadi. A. P. Onegov va A. E. Yamov cho‘chqalarni bo‘rdoqiga boqishda sun’iy yoritishning afzalligini aniqlaganlar. Derazasiz binolarni sun’iy yo‘l bilan yoritishda 12 soat davomida yorig‘likni 30 lyuksda, kechasi esa 3 - 5 lyuksda ushlash zarur.




Yüklə 31,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin