6-Mavzu: molxonalar gigienasi. Reja


Ferma qurish uchun joy tanlash



Yüklə 31,71 Kb.
səhifə2/8
tarix09.02.2022
ölçüsü31,71 Kb.
#52320
1   2   3   4   5   6   7   8
6-mavzu.

Ferma qurish uchun joy tanlash - ferma uchun joyni zooveterinariya mutaxassislari ishtirokidagi guruh tanlaydi. Qurilish uchun ajratilgan er gigiena, zooveterinariya, injenerlik va iqtisodiy talablarga javob berishi kerak. Tanlangan er oziqalarni keltirish, chorvachilik mahsulotlarini va chiqindilarni chiqarish yo‘llari hamda hayvonlarni yaylovga haydash uchun qulay bo‘lishi kerak. Tuproq har xil tuproq infeksiyasi (kuydirgi, qorason, qoqshol va x.k.) bilan ifloslanmagan bo‘lsin. Ayniqsa joy tanlashda tuproq tuzilishi, joylarning relefi va asosiy shamol yo‘nalishlariga e’tibor beriladi. Er quruq, er osti suvi kamida 5 m uzoq, havo va suvni yaxshi o‘tkazadigan va shimadigan bo‘lishi kerak. Organik moddalar, chiqindilar bilan kuchli ifloslangan, botqoq va suv bosadigan erlar yaramaydi.

Qurilish qilinadigan joylar ochiq, deyarli tekis, janubga yoki janubiy-sharqqa qarab 5° ga qiya bo‘lishi kerak, Shuningdek kuchli shamoldan, qum va qorlarni uyub yuborishdan to‘silgan bo‘lishi zarur. Fermalar va yaylovlar oralig‘idan temir yo‘l, katta avtomobil yo‘llari, jarliklar, sel yo‘llari o‘tmasligi kerak. Qurilish uchun tanlangan erlarni aholi yashash joylaridan uzoqda bo‘lishi, bunda sanitariya oralig‘i talabiga to‘liq rioya qilinishi zarur.

Chorvachilik va parrandachilik xom ashyolarini qayta ishlash korxonalari kamida 1500 m, pichan, poxol omborlari - 500 m, mineral o‘g‘it va zaharli ximikatlar - 300 m, qurilish materiallari, asbob-anjomlar tayyorlash maydonlari 100 - 300 m uzoqlikda quriladi.

Veterinariya inshoatlari bir necha shaxsiy, yordamchi va fermer xo‘jalik fermalariga xizmat ko‘rsatsa, asosiy xo‘jalikda yoki biror xo‘jalik hududida xizmat qilish qulay bo‘lgan joyda quriladi. Umumiy xo‘jalikka xizmat qiladigan veterinariya inshoatlari atrofi baland devor bilan o‘ralib, aholi yashash joylaridan ajratilgan bo‘ladi va veterinariya punkti binolari, karantin va izolyator joylari va qushxonalar kamida 200 m uzoqlikda quriladi.

Chorvachilik fermalarini qurish uchun joy tanlashda xo‘jalikning tabiiy iqlim sharoiti, mollarning bosh soni va ularning oziqa bilan ta’minlanishi hisobga olinishi kerak.

Yangi fermalarni loyihalash va qurish hamda qayta qurishda belgilangan me’yor va qoidalarga amal qilinadi. Loyihani o‘rganish va qo‘yilgan vazifalarni bajarishda zooveterinariya mutaxassislari faol qatnashishlari zarur. Avvalo, tanlangan loyiha joyning iqlim va tabiiy iqtisodiy sharoitiga to‘g‘ri kelish-kelmasligini aniqlash kerak.

Loyiha ko‘rsatkichlari chorvachilik fermalari va veterinariya-sanitariya me’yorlariga to‘g‘ri kelish - kelmasligi diqqat bilan o‘rganiladi. Bunda ayniqsa bino qismlarining issiqlik-texnik sifati, mollarni saqlash texnologiyasi, joylashtirish me’yori, ventilyasiyasi, isitish yo‘llari, go‘ng va go‘ng suyuqligini chiqarish, tabiiy va sun’iy yoritish, oziqlantirish va sug‘orish usullari hamda atrof muhitni ifloslanish, yuqumli va invazion kasalliklardan saqlashga katta ahamiyat beriladi. Loyihada oqava suvlarni tozalash va dezinfeksiya qilish, maishiy xo‘jalik va go‘ng suyuqliklarini kanalizatsiya orqali chiqib ketishi ham ko‘zda tutiladi.

Loyiha zoogigienik va veterinariya-sanitariya me’yor talablariga to‘g‘ri kelmasa, zooveterinariya mutaxassislari uni o‘zgartirishni tavsiya etadi. Zooveterinariya mutaxassislari xo‘jalikda va tumanda qurilayotgan qurilishning sifatini nazorat qiladi.

Agar loyiha o‘zgartirilgan yoki zoogigiena va veterinariya-sanitariya qoidalari qurilishda buzilgan bo‘lsa, qurilishni yoki qayta qurilayotgan binolardagi ishlarni to‘xtatishga yoki qurilgan inshoatni ishlatish uchun qabul qilmasliklariga haqlari bor. Chorvachilik va parrandachalik inshootlarini bitgandan so‘ng qabul qilishda hay’at tarkibida veterinariya-sanitariya nazorat vakili va zootexniya mutaxassislari bo‘lishi kerak. Yangi qurilgan yoki qayta qurilgan chorvachilik fermalariga chorva mollarini kiritish butun hudud, ishlab chiqarish va qo‘shimcha binolar yaxshilab tozalanadi va dezinfeksiya qilinganidan keyin ruxsat etiladi.


Yüklə 31,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin