6 mavzu: Ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish Reja


Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish



Yüklə 40,73 Kb.
səhifə4/6
tarix14.09.2022
ölçüsü40,73 Kb.
#63655
1   2   3   4   5   6
6 mavzu

Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish. Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash siyosatini rivojlantirish hamda ta’lim moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdagi chora-tadbirlar tizimi.
Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish davlat siyosati ma’no- mazmunidan va uning dolzarbligidan kelib chiqib, uni quyidagicha izohlash mumkin: birinchidan, yangi ta’lim tizimi, barkamol avlod kadrlarini tayyorlashdagi o‘zgarishlar va yangicha yondashuvlar, zamonaviy kasb sohalarining paydo bo‘lgani hamda uning mamlakatimiz sharoiti bilan bog‘liqligidir; ikkinchidan, ta’lim jamiyatning ijtimoiy tajribasini keyingi bosqichga uzatadi; uchinchidan, ta’lim inson shaxsining intellektual-ma’naviy qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab
chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashga qaratilgan harakatlar yig‘indisi bo‘lib, ma’rifat hamda bilim berishni anglatadi; to‘rtinchidan, fan jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri bo‘lib, tabiat va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli. U katta ilmiy salohiyatni, ijodiy kuch-quvvatni birlashtirib, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashga, mamlakatda kudratli ilmiy salohiyatni yaratishga xizmat qiladi.
Harakatlar strategiyasida maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilangan.
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:

  1. Maktabgacha ta’lim. 5. Oliy ukuv Yurtidan keyingi ta’lim.

  2. Umumiy o‘rta ta’lim. 6. Kadrlar malakasini oshirish va

  3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ularni qayta tayyorlash. ta’limi.

  4. Oliy ta’lim. 7. Maktabdan tashqari ta’lim.

SHuni alohida ta’kidlash kerakki, rivojlangan mamlakatlarda ta’lim samaradorligi, taraqqiyotning 16 foizi - moddiy-texnik bazaga, 20 foizi - axborot resurslarnga, 64 foizi - inson omiliga bog‘liq. Bu uchala omil bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ta’lim-tarbiyaning moddiy- texnik bazasi, mavjud resurslaridan, imkoniyatlaridan oqilona foydalanish inson mafaatiga xizmat qiladi va uning ratsional rnvojlanishini belgilab beradi.


Bugungi kunda ta’lim davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Davlat bYudjetidan ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishga 34,3 foiz mablag‘ sarflanadi. Ta’limga ajratilgan mablag‘lar bYudjet harajatlar qismining 33,7 foizi darajasida rejalashtirilib ta’lim sohasiga yo‘naltirilayotgan harajatlar xajmi mamlakatimiz YAIM tarkibida 10-12 foizni tashkil etadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko‘rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko‘rsagayotgan maktablarning deyarli barchasida qurilish, kapital rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. O‘quv maskanlarining zamonaviy o‘quv laboratoriya, mebel jihozlari bilan ta’minlangani ta’lim sifati va mazmuniga Yuksak e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy- texnik bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rstagichi hamon pastligicha qolmoqda. SHu boisdan ham 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun jami 2,2 trillion sum mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.
2016 yilda maktabgacha ta’lim muassalariga bolalarni kamrab olish 27 foizni tashkil etgan, kelajakda uni 80 foizga etkazish rejalashtirilgan. SHuningdek, qarorda qishloq joylarda yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini kurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan jihozlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va multimedia vositalari bilan ta’minlash nazarda tutilgan.
Ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlariga o‘tishda oliy ta’lim muassasalari faoliyati va samaradorligini oshirishdagi ustuvor vazifalar. O‘zbekistonda keyingi uch yilda 35 ta yangi oliy o‘quv Yurti tashkil qilindi va ularning umumiy soni - 112 ta, Bularning 13 tasi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallaridir21.

Yüklə 40,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin