6 mavzu: Ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish Reja


Aholining hayot sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlar



Yüklə 40,73 Kb.
səhifə3/6
tarix14.09.2022
ölçüsü40,73 Kb.
#63655
1   2   3   4   5   6
6 mavzu

Aholining hayot sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlar. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirilgan islohotlar jarayonida aholining turmush farovonligini hamda hayot sifatini oshirish Yuzasidan katta yaratuvchilik ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda Davlat bYudjetining kariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. Bu aholining hayot sifati yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. SHu bilan birga aholini, ayniqsa qishloq aholisini yangi, shinam uy-joylar bilan ta’minlash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi daromadlari ko‘payishi esa ularning hayot farovonligini Yuksaltirishga asos bo‘lmoqda.
SHu bilan birga «Republikamizda jadal sur’atlar bilan zamonaviy yo‘l-transport va muxandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tashkil kilinmosda. Jumladan, Qamchiq dovonidan o‘tadigan, noyob tog‘ tunelini o‘z ichiga olgan Angren - Pop temir yo‘l tarmog‘i, Toshg‘uzor-Boysun-Qumqurgon temir yo‘li qurildi. Toshkentdan Samarkand, Qarshi va Buxoroga yo‘lovchi tashiydigan Yuqori tezlikdagi temir yo‘l qatnovi ochildi. Xalqaro aeroportlar modernizatsiya qilindi, Navoiy aeroporti negizida xalqaro logistika markazi tashkil qilindi va O‘zbekiston milliy avtomagistrali barpo etildi»20. Erishilgan Yutuqlar bilan birga aholining o‘sib borayotgan talab-ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, ularning samarali ishlashi hamda hayoti uchun munosib sharoitlar yaratish xalqimiz farovonligini ta’minlashda muhim zaruriyatga aylanmokda va bu O‘zbekistonni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. SHularni hisobga olib, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini



20O‘zbekiston Respublikasi Prezidenta SH. Mirziyoevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqi. // «Halq so‘zi», 2016 yil 9 sentyabr.
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan:
— aholi, eng avvalo, Yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy- joy sharoitini yaxshilashga muxtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;
- aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqdarini qurish, tejamkor va samarali zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash;

  • odamlarning ekologik xavfsiz muxitda yashapshni ta’minlash, maishiy chikindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, chiqindilarni yo‘q qilish bo‘yicha zamonaviy ob’ektlar bilan ta’minlash;

  • aholiga transport xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, yo‘lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har tomonlama kulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;

  • yo‘l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini davom etgirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, aholi punkti ko‘chalarini kapital va joriy ta’mirlash;

  • yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi hamda boshqa yoqilg‘i-energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma’rnfiy tashqilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.


Yüklə 40,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin