6-ma’ruza quyosh konsentratorlari va ularning ishlash prinsipi. Reja


 Mamlakatimizda o’rnatilgan quyosh pechi faoliyati



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix04.05.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#107642
1   2
6-MA\'RUZA

6.2. Mamlakatimizda o’rnatilgan quyosh pechi faoliyati. 
Quyosh pechi 
Quyosh pechi — materiallarni quyosh nuri yordamida eritish va ularga 
quyosh nuri issiqligi bilan ishlov berish uchun moʻljallangan qurilma 
hisoblanadi. Gelioqurilmaning bir necha turi mavjud. Quyosh pechi qisqa fokusli 
geliokonsentrator, Quyosh nurini qabul qiluvchi qurilma (pech) va quyosh 
harakatini kuzatib boruvchi avtomatik tizim (qurilma oʻqini doimo Quyoshga 
qaraydigan qilib uzluksiz burib turadi). Qabul qilish qurilmasi geliokonsentrator 
fokusida joylashgan boʻlib, yorugʻlik oʻtkazuvchi tuynukli kameradan iborat. 
Kamera ichida vakuum va inert gazi atmosferasini yaratish mumkin. Koʻpgina 
Quyosh pechi Quyosh ketidan buriladigan quyosh nurini geliokon-sentratorga 
yoʻnaltirib beruvchi yassi oyna bilan jihozlanadi. 
Katta quyosh pechi 
Katta quyosh pechi Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan 
maxsus ilmiy inshoot hisoblanadi. 
Tekin 
yonilgʻi hisoblangan quyosh energiyasidan foylananish 
texnologiyasi va katta quyosh pechlari kabi texnologik inshootlarni qurish 
tarixidagi 
katta 
yangiliklar 
biri 
hisoblangan 
Katta 
quyosh 
pechi 
Materialshunoslik institutini tadqiqotlarida va ilmiy jarayonlarida qoʻllanadi. 
Qurilmaning umumiy quvvati 1000 KVt bo'lib, qattiq jisimlarni sintezlash 
jarajonlari va quyosh nuri orqali qizdirish va ishlov berish ishlarini olib borishga 
imkon beradi. 
Bunday turdagi pech Fransiyada davlatida mavjud. Lekin Oʻzbekistondagi 
Katta quyosh pechi Fransiyadagidan bir muncha farq qiladi. Qurilmani yuqori 
haroratlarda eriydigan oksidlarni ishlatish va sopol buyumlarni sintezlash 
jarayonini avtomatik boshqarish va bir tizimda sifatili ishlash imkoniyatini 
beradi. Katta quyosh pechidan foydalanish talablariga muofiq, undan 
foydalanishda radiatsion qizdirish orqali amalga oshiriladi. 


Konsentratsiyalangan quyosh nurining oqimini markazga fokuslash Quyosh 
pechini juda katta haroratgacha qizdirish imkonini beradi. Zamonaviy 
texnologiyalardan samarali foydalanish va ularning foydalilik xususiyatlarini 
oshirish kabi muhim omillar asosida ishlatiladigan Katta quyosh pechi juda katta 
samara beradi. Bu kabi samarali ishlash uslublarini qoʻllash orqali 
geliomaterialshunoslikda yana yangi ilmiy yo'nalishni yaratishga olib keladi. 
Bunday zamnaviy uslublar asosida quyosh nurlarini konsentratsiyalash orqali 
yangi haroratga chidamli kompazitsion materiallarni yaratish mumkin bo'ladi. 
Materialsozlik institutiga qarashli yana boshqa inshootlar Katta quyosh pechi 
atrofida joylashgan, bular yaxlit bir majmua sifatida qurilgan. Elektr energiyasini 
tejash imkonini beradigan pech, hech qanday miqdoda elektr energiyani iste‘mol 
qilmaydi, faqat quyosh nurlarini toʻgʻrida toʻgʻri fokuslab yig'ish hisobiga 
ishlaydi. Moddalarning radiatsion xossalarini va fizikaviy jihatlarini oʻrganishda 
qurilmada juda katta imkoniyatlar mavjud . 
Quyosh pechi orqali materiallarni qizdirish quyidagi afzalliklarni yaratadi: 

Yuqori haroratga chidamli materiallar olinganda ular haroratga o'ta chidamli 
va sifatli boʻlgan oksidlarni olish imkonini beradi. Bu kabi oksidlar shishalar 
ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. 

Materillarga radiatsion ishlov berish asosida ularning chidamliligini yanada 
oshirish. 

Quyoshdan kelayotgan energiyani konsentratsiyalash orqali issiqlik va elektr 
energiyasi olish. 

Vodorod sintezini amalga oshirish. 

Quyoshdan qabul qilingan konsentratsiyalangan nurni lazer va infraqizil 
nurlarga aylantirish. 

Turli hil issiqlikda eriydigan bo'laklardan iborat boʻlgan moddalarni sintez 
qilish jarayonida yuqori quvvatdagi yorugʻlik energiyasini yoʻnaltirish 

imkonini beradi. 



o'ta yuqori haroratlarda moddalarning parlanishi natijasida ularni selektiv 
tozalanish imkoniyatini beradi. 

Ba‘zi turdagi amorf va metastabil moddalarni jadallik bilan isitish imkonini 
beradi. 

Yuqori issiqlikka chidamli koʻp xususiyatlarga ega boʻlgan materiallarni 

yaratish. 

Amaliyotda keng qoʻllaniladigan maxsus keramikalarni olish 

Yuqori haroratli olovga bardosh beradigan kompazitsion materiallarni sintez 
qilish tayyorlash. 

Sanoatning turli yoʻnalishlari uchun yuqori issiqlik oʻtkazgich 

keramikalarni sintez qilish, tayyorlash. 

Sanoatning turli tarmoqlari uchun nanokukunlarni olish. 
Katta quyosh pechini ishlash tizimini yosh yetishib chiqayotgan kadrlarga 
oʻrgatish va shu sohadagi talabalarni ish jarayonlari bilan yanada yaqinroq 
tanishtirish maqsadida 2000-yilda Katta quyosh pechi bazasida oʻquv markazi 
tashkil etildi va unga tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar, oily o'quv yurtining 
magistrlari jalb qilindi. Katta quyosh pechi Oʻzbekiston Respublikasi 
materialsozlik sanoatida ilmiy tadqiqotlar markazi sifatida juda ham muhim 
inshoot va qurilma sifatida katta ahamiyatga ega hisoblanadi. 
6.2.1- rasm. O’zbekiston Parkenrt tumani quyosh о’chog’ining 
umumiy ko’rinish 


Katta quyosh о’chog’i (KQО’) O’zR FA Fizika–quyosh ilmiy ishlab 
chiqarish birlashmasining Materialshunoslik institutida joylashgan bo'lib, nodir 
tajriba va sanoat ishlab chiqarishlarni tashkil etadigan ilmiy tadqiqot markazi 
hisoblanadi. 
KQО’ Toshkentdan 45 km da Parkent tumanida, Tyan–Shan tog’ etagida, 
dengiz satxidan 1050 m balandlikda joylashgan. Uning quvvati 1000 kVt tashkil 
etadi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin