5-mavzu. Olimning ijtimoiy mas’uliyati


Siyosiy elita tushunchasi



Yüklə 98,93 Kb.
səhifə5/5
tarix26.12.2023
ölçüsü98,93 Kb.
#197967
1   2   3   4   5
5 мавзу

Siyosiy elita tushunchasi
Politologik adabiyotlarda "siyosiy sinf", "hukmron sinf", "boshqaruvchi sinf" singari turli nomlarga ega siyosiy elitalar bugungi kunda ham jamiyat taraqqiyoti uchun ulkan hissa qushuvchi ijtimoiy gypuh hisoblanadi.
Zamonaviylashayotgan jamiyatlarda islohotchilarning muvaffaqiyatlari to‘g‘ridan — to‘g‘ri ana shu gyph salohiyati, irodasi va tashabbusiga bog‘lanadi.
Xo‘sh, siyosiy elita nima? Uning siyosiy jarayonlarga belgilovchi ta’siri nimalarda namoyon bo‘ladi?
"Elita" ning lug‘aviy ma’nosi fransuzchadan "saralangan", "saylangan", deb tarjima qilinadi. YA’ni bu so‘z — narsalar, hodisalar, insonlarda eng yaxshi hususiyatlar, sifatlar mujassam etganini anglatadi. "Siyosiy elita" siyosiy nazariyada — muayyan sifatlarga yoki hokimiyatga kuchli ta’sirga ega ijtimoiy guruhga mansublikni bildiradi.Siyosiy elita jamiyat rivojini maqsadlari va yo‘nalishlarini ishlab chiqadi. U strategik jihatdan muhim qarorlarni qabul qiladi va ularni amalga oshirish uchun davlat hokimiyati egalik qilayottan barcha manbalarni ishga soladi.
Jamiyat eng qadimgi davrlardanoq aslzodalar, oq suyaklar, oliy tabaqaga va xalqqa ajratib kelingan. Bunday ajratish xayotda mavjud asl xolatni aks ettirgan. Jumladan, bizning buyuk ajdodlarimiz qalamiga mansub asarlarning aksariyatida kelib — chiqishi (zoti), nasabi, aql — zakovati, jasorati bois xalq mexrini qozongan va xalq boshida turgan qahramonlar, beklar, shohlar obrazlari tahlil qilinadi.
Ammo faqat XIX asr oxiriga kelib elitalarning kelib chiqishi, jamiyatdagi o‘rni, vazifalari haqidagi qarashlar ilmiy tahlil tusini oladi. Deyarli bir vaqtda ushbu masalalar haqida o‘z fikrini bayon etgan italiyalik ikki olim — G.Moska va V. Pareto va nemis olimi R.Mixels elitalarni siyosatning alohida subyekti sifatida ajratib, uning amaliy faoliyatini o‘rgana boshladilar, Ularning ijodi elitologiya faniga asos soldi va unda "makiaveli maktabi" yo‘nalishini tashkil etdi.
G.Moska har qanday jamiyatning ikki sinf- boshqaruvchilar va boshqariluvchilarga bo‘linishini azaldan mavjud va tabiiy hol, deb biladi. Uning fikricha yolgiz bir kishi ham (u har qanday buyuk sifatlarga ega bo‘lmasin), hamma barobar ham hokimiyatni amalga oshira olmaydi. Shuning uchun G.Moska fikricha, uyushgan kamchilikning
uyushmagan ko‘pchilik ustidan hukmronligi muqarrardir. Bu — kelishib va bir xil faoliyat ko‘rsatuvchi odamlar o‘zaro kelisha olmagan minglab odamlar o‘zoro kelishi olmagan minglab odamlar ustidan g‘alaba qozonadilar. Uning tarkibiga kiruvchi individlar ommadan bir qator sifatlari bilan ajralib turadi. Bu sifatlar ularga muayyan moddiy intellektual va, hatto, ma’naviy ustunlik beradi. Boshqacha qilib aytganda, ular o‘zlari yashayotgan jamiyatlarida nihoyatda qadrlanadigan va ularga obro‘, nufuz ko‘shadigan qandaydir fazilatlarga ega bo‘lishlari: kerak. Moska vaqt o‘tishi bilan bunday sifatlarning o‘zgarishini aytib o‘tadi. U siyosiy elitani "siyosiy sinf", deb ham atagan. Unga ko‘ra uch sifat odamlarga siyosiy sinfga yo‘l ochadi: xarbiy jasorat-xarbiy aslzodalikka; boylik — moliyaviy hukmronlikka va avliyolik- diniy aslzodalikka. Moska fikricha siyosiy elita qotib qolgan yopiq ijtimoiy gypuh emas, u uch usul bilan yangilanib boradi: vorislik, saylanish va kooptatsiya. Siyosiy siif rivojlanishida olim ikki yo‘nalish mavjudligini ta’kidlaydi: aristokratik va demokratik. Aristokratik yo‘nalishning ustunlik qilishi siyosiy elitaning yopiqligi va, oqibatda, turg‘unlikka olib keladi, elita — "ayniydi". Demokratik yo‘nalishdagi taraqqiyotda uning yangilanishi, o‘zgaruvchanligi va samaradorligi ortadi.
G.Moska bilan bir davrda va undan mustaqil ravishda siyosiy elitalar ta’limotini V.Paretgo ham ishlab chiqdi. V.Paretto fikricha jamiyatni har doim alohida psixologik va ijtimoiy sifatlarga ega bo‘lgan elitalar guruhi boshqa rib kelgan va boshqarishlari lozim. Jamiyatni boshqarishning u yoki bu sohasida yuksak va samarali faoliyat ko‘rsatayotgan individlar gypuh elitalarni tashkil qiladi. Ushbu guruhlar hukmron, ya’ni hokimiyatni boshqarishda bevosita ishtirok etuvchilar va kontrelitalar, ya’ni yuksak sifatlarga ega bo‘lgan, lekin hokimiyatni bevosita boshqarishda ishtirok etmayotgan kishilardan iboratdir. Jamiyat taraqqiyoti elitalarning davriy ravishda almashinishi vositasida ro‘y beradi. Hukmron elita guruhlari o‘z imtiyozlari va ijtimoiy mavqelarini meros tariqasida noelitar avlodlariga berishga harakat qiladilar, bu — o‘z navbatida elita tarkibi sifatining buzilishiga,kontrelita guruhlarining o‘sishiga olib keladi. Bunday sharoitlarda hukmronlikdan norozi kontelita guruhlari ommani safarbar etish vositasida hukmron elita guruhlarini ag‘daradi va o‘z hukmronligini o‘rnatadi.
Shunday qilib, Pareto elitalarning vujudga kelishini ko‘p darajada psixologiyaga bog‘laydi. U "siyosiy elita" atamasi bilan bir qatorda "tanlangan sinf" atamasini ham qo‘laydi. Unga ko‘ra, elita terminining bosh g‘oyasi ustunlikdir. YA’ni aql, - xarakter, chaqqonlik singari xilma — xil qobiliyatlarga oliy darajada ega odamlar- elita deyiladi.
Elitalar tug‘risidagi ta’limotlar taraqaniyotiga R.Mixels ham yirik hissa qo‘shgan. U jamiyatda elitarlikni vujudga keltiruvchi ijtimoiy mexanizmlarni tadqiq qildi. R.Mixels hukmron katlamning tashkilotchilik qobiliyatlariga, shuningdek jamiyatning tashkiliy strukturalariga elitarlikni vujudga keltiruvchi vosita sifatida katta e’tibor berdi. R,Mixels fikricha jamiyat tashkil etilishining o‘zi elitarlikni talab qiladi. Jamiyatda "oligarxik tendensiyalarning temir qonuni" amal qiladi. Uning mohiyati shundaki, yirik tashkilotlar muqarrar ravishda elitaning shakllanishiga olib keladi. Jamiyatda rahbarlik hamma tomonidan ham amalga oshirila olmaydi, shu sababdan ham ushbu tashkilotlarning samaradorligi rahbarlik qiluvchi yadro va apparatning ajralishiga olib keladi, u esa oddiy a’zolar nazorati ostidan chiqib, ulardan ajralib siyosatni yolg‘iz rahbariyatning manfaatlariga bo‘ysundirishga va, birinchi navbatda, o‘z imtiyozlarini, ahvolini saqlab qolishga harakat qiladi. Omma esa yetarli darajada haqqoniy axborotga ega emasligi natijasida, bunday holatga va tashkilotlarning kundalik faoliyatiga loqayd qaraydi, shu jumladan, demokratik jamiyatda ham aslida elitalar hukmronlik qiladi.
"Makiavelli maktabi" oqimini yaratgan olimlar elitalarga hos bir qator hususiyatlar asosida ularni boshqa ijtimoiy guruhlardan farqini ko‘rsatib berdilar. Demak,
• elitarlik — har qanday jamiyatga xos;
• elitalar alohida sifatlarga ega; ularda guruhiy hamjixatlik kuchli va uning asosini hokimiyatga intilish yoki hokimiyatga egalik tashkil etadi;
• elitalar hukmronligi legitim tabiatga ega;
elitalar tarkibi almashinish, yangilanish hususiyatiga ega.
Makiavelli maktabi vakillari xalqning irodaviy bo‘shlig‘i, mas’uliyatni o‘z ko‘liga olishni istamasligi boyes jamiyatdagi ushbu parchalanishni yengib bo‘lmaydi, degan xulosani asoslaganlar.
Zamonaviy jamiyatlarning tuzilishi va mazmunidagi o‘zgarishlar "hukmron sinf" ning jamiyatdagi mavqeini ham, uning vazifalarini ham, u tayanadigan resurslarini ham, elitalarni jipslashtiruvchi omilarni ham o‘zgartirib yubordi. Elitalarning zamonaviy konsepsiyalari ana shu jarayonlarni aks ettirishga harakat qiladi. Shu tariqa elitalarga qadriyatiy, institutsional, reputatsion yondoshuvlar vujudga keldi. Elitalar plyuralizmi nazariyasi ana shu yondoshuvlarni umumlashtirib, hozirgi vaqtda jamiyatda xilma — xil elitalar faoliyat ko‘rsatishi (siyosiy, iqtisodiy, madaniy, harbin) va birortasi mustaqil holda, yolg‘iz o‘zi hokimiyatni amalga oshira olmasligini aniqladi. Avval siyosiy resurslar (pul, boylik, maqom) bir qo‘lda — aristokratiyada to‘plangan bo‘lsa, zamonaviy jamiyat, siyosiy tengsizlikni saqlagani holda, resurslarni butun jamiyatga tarqatib yubordi. Jamiyatda xilma — xil va ko‘p sonli elitalar guruhlarini shaklantirdi. Bu esa, demokratiya bilan elitarlikni yarashtirar edi.
Elitaning turlari va funksiyalari
Shunday qilib, elitalarning mavjudligi obyektiv hol. Elitalarning mavjudligi jamiyatda boshqa ijtimoiy guruhlarning mavjudligi singari juda muhim. Siyosiy elitalar esa jamiyat siyosiy xayotini professional asosda boshqarish uchun juda zarur.
Siyosiy elita — hokimiyat vositalariga ega bo‘lgan odamlar guruhi. U murakkab tuzilishga ega. Siyosiy elita o‘z ichida yana bir qancha turlarga bo‘linadi. Bunda asosiy ko‘rsatkich — hokimiyatga egalik darajasidir. Siyosiy elitalar oliy, o‘rta qatlam, ma’muriy elitalarga bo‘linadi.
"Oliy elitaya" ni qarorlar qabul qiluvchi yoki bu jarayonga bevosita ta’sir etuvchi odamlar tashkil etadi. Ularning soni unchalik ko‘p emas. Rivojlangan demokratik davlatlarda har bir million aholiga oliy elitaning 50 vakili to‘g‘ri keladi.
"O‘rta -elita" ga mansublik daromad miqdori, kasbiy maqomi, ma’lumoti kabi uch ko‘rsatkich asosida aniqlanadi. O‘rta elitaga katta yoshdagi aholining 5% mansub, deb hisoblanadi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarning bitta yoki ikkitasi yo‘q bo‘lganda nomzod "marginal elita" ga mansub, deb hisoblanadi.
Ma’muriy elitaga yuqori darajadagi davlat hizmatchilari, mansabdor shaxslar kiradi.
Elitalarning eng muhim turlaridan yana biri- iqtisodiy elitadir. Unga yirik mulk egalari, sanoatchilar, eng boy odamlar kiradi. Iqtisodiy elita aholi bandligi, ish haqqi, odamlar daromadlari kabi muhim omillar bilan belgilanadi va o‘z iqtisodiy hokimiyati, moliyaviy hukmronligiga tayanadi.
Elitaning yana bir turi — harbiy elitadir. U siyosatda hal qiluvchi vosita sifatida qo‘lanadi, jamiyat hayotida siyosiy jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi.
Ilmiy — texnik elita — intelektual elitaning eng saralangan qismini o‘z ichiga oladi. Uning ahamiyati fan- texnika taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi bilan belgilaandi.
Ma’naviy va madaniy elita — san’at, adabiyot, ma’rifat va ijodkorlarning eng nufuzli qismidan iborat.
Elitalarning boshqa turlariga yashirin va muholif elitalar kiradi.
Siyosiy elitalar tarkibiga kimlar kiradi? Ularning tarkibiga: oliy rahbar kadrlar, boshqaruvchilar va katta obro‘ga ega bo‘lgan g‘oyaviy ish bilan shug‘ullanuvchilar ,intellektuallar, artistlar, ruxoniylarning vakillari, kiradi. Ammo elitalar tarkibiga nafaqat boshqaruvda bevosita ishtirok etuvchi shaxs va guruhlar, balki eng ko‘zga ko‘ringan iqtisodiy va ma’muriy doiralar, ommaviy axborat vositalari, ta’lim-tarbiya muassalarining rahbarlari ham kiradi. Siyosiy elitalar tarkibiga siyosat bilib rasmiy jihatdan bog‘langan,lekin siyosiy qarorlar qabul qilinishiga chetdan ta’sir o‘tkazadigan hukumron sinfning vakillari ham kiradi.
Siyosat subyektlari orasida elitalar muhim o‘rinni egallaydilar.Siyosat-elitalarining mahsulidir.
Hozirgi davrda demokratik jamiyatlar uchun dolzarb vazifalardan biri –elitar guruhlarga qarshi kurash emas,balki jamiyat uchun foydali siyosiy elitalar guruhini shakillantirishdir,unda ijtimoiy vakolatlilikning o‘zvaqtida sifat jihatdan yangilanib turishini ta’minlash,oligarxiyalashuvi,xalqdan begonalashuvi va yopiq xukumron,imtiyozli tabaqaga aylanishining oldini olishdir. Elitalar ijtimoiy vakolatligiga, uning sifatiga va samaradorligiga elitalarni, a’zolarini tanlab olish tizimi muhim ta’sir ko‘rsatadi. Elitaga tanlab olishning ikkita asosiy tizimi, gildiya va antreprent tizimi mavjud.
Gildiya tizimiga talabgorlarni yopiq holda tanlash, quyi xizmat pillapoyalaridan,yuqori qarab o‘sish,tanlab olishga,murakkab talabalar tizimi (bularga partiya a’zoligi,ish staji, ma’lumoti, egallab turgan lavozimi, rahbariyatning ijobiy tavsifnomasi va hakozalar kiradi) xos.
Antraprener tizimi gildiya tizimiga qarama-qarshi bo‘lib bu tizim quyidagilar bilan xarakterlanadi:
Ochiqlik, yetakchi pozitsiyalarni egallashga har qanday ijtimoiy guruhlarga keng imkoniyatlar berilishi;
Rasmiy talablarning ko‘p emasligi;
Istagan kishi da’vogarlik qila olishi;
Tanlab olishdagi yuqori raqobat;
Shaxsiy xususiyatlarning yetakchi ahamiyatga egaligi va h.k.
Jamiyatda siyosiy elitalar bir qator muhim vazifalarni bajaradi. Avvalo ular butun jamiyat, alohida qatlamlar manfaatimnin ifodalovchi yangi g‘oyalarni ishlab chiqaradilar va jamiyat rivojining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Bu – strategik funksiyadir. Siyosiy elita o‘z dasturlarida jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlarning manfaatlari aks etishiga intilishi bilan, ikkinchi, kommunikativ funksiyani bajaradi. Siyosiy elita tashkilotchilik, ya’ni ishlab chiqilgan rejalarni xayotga tadbiq etish vazifasini ham bajaradi. Shuningdek, siyosiy elita jamiyatning barqarorlik va birligini, uning iqtisodiy va siyosiy tizimlari turg‘unligini, ihtiloflarning oldini olish orqali jamiyatni birlashtirish funksiyasini bajaradi.
Siyosiy yetakchilik tushunchasi
Siyosatda kechadigan jarayonlarni, odatda, yetakchi shaxs nomi bilan bog‘lash qabul qilingan. Bu haqda to‘g‘ridan- to‘g‘ri aytilganda ham, birorta yetakchi ismi tilga olinmag anda ham jamiyatni (tashkilotni, guruhi) boshqarayotgan siyosiy yetakchi ro‘y berayotgan voqea- hodisalar uchun bevosita mas’ul ekanligi nazarda tutiladi. Ijtimoiy xodisa sifatida yetakchilik — inson tabiatining qirralaridan biri. Bu ma’noda u insoniyatning doimiy yo‘ldoshi. Doimo — oiladan tortib, barcha — barcha ijtimoiy pog‘onalarda — hayotning o‘zi tajribali, dono, kuchli odamlarni yetakchi mavqeiga ko‘tarib kelgan. Jamiyat shu tariqa shaxsiy yetakchilikdan yetakchilik institutlariga, (masalan, monarx, prezidentlik instituti) va guruhiy yetakchilikka (masalan, muayyan guruhlar nomidan chiquvchi partiyalar, ijtimoiy harakatlar yetakchiligi) o‘tgan.
Bugungi kunda siyosiy yetakchilarni yaratuvchi butun boshli siyosiy industriya faoliyat ko‘rsatadi (imidjmeykerlar va RRmeykerlar timsolida).
Xo‘sh, siyosiy yetakchilikning mohiyati nimadan iborat? Xuddi hokimiyat, siyosat singari yetakchilik butun jamiyat miqyosida uchraydigan hodisa. Yetakchilik — yo‘l boshlovchi, rahbar ma’nosini beradi, Yetakchilik — boshqa odamlarga ta’sir o‘tkaza olish, ularni ma’lum maqsadga erishish yo‘lida birlashtirish qobiliyatidir. Ana shu qatorda siyosiy yetakchilik hodisasi alohida ajralib turadi. Bu — siyosiy yetakchilik qandaydir alohida xususiyatlarga ega ekanligi 6ilan emas, ijtimoiy hayotda uning yaqqolroq namoyon bo‘lishi, siyosiy yetakchilar faoliyati natijalari butun jamiyat manfaatlari, taqdiriga ta’sir ko‘rsatishi bilan belgilanadi.
Jamiyatda siyosiy yetakchilikning roli nihoyatda kuchli. U xalq, jamiyat faoliyatini tinchlik, barqrorlik, rivojlanish yo‘liga safarbar etishi ham mumkin, urush, nizolar, vayronagarlik domiga ham tortishi mumkin. Ayniqsa o‘tish davrlarida yetakchining ahamiyati cheksiz ortadi. Bunday vaqtda ro‘y berayottan o‘zgarishlar, mamlakatdagi ahvol bevosita yetakchi shaxsi bilan bogg‘anadi, (masalan, Turkiyaning demokratiyaga o‘tishi Kamol Ota Turk nomi bilan chambarchas bog‘lik, Xindiston Mustaqillikka erishishi Maxatma Gandi nomiga uzviy bog‘lanib ketgan v.x.).
Siyosiy yetakchilik siyosiy psixologiyada keng va batafsil o‘rganiladi. Siyosat nazariyasida bu hodisa odamlar, guruhlar, institutlar va umuman jamiyatdagi munosabatlarni tartibga solish muvofiqlashtirish mexanizmi sifatida qaraladi. Uning mohiyatini hukmronlik va itoat, ta’sir va izdoshlik munosabatlari tashkil etadi.
Yondoshuvdagi xilma — xillik siyosiy yetakchilik hodisasining ko‘p qirrali va murakkabligidan dalolat beradi. Odatda siyosiy yetakchilikka doir xilma, — xil yondoshuvlarni bir nechta umumiy yo‘nalishga 6irlashtiriladi.
Belgilar nazariyasi. Unga ko‘ra muayyan sifatlarga ega shaxslar yetakchi bo‘la oladi. Bu sifatlar uni boshqa odamlar ichidan ajralib chiqishiga va bir necha pog‘ona yuqori mavqe’ni egallashiga sabab bo‘ladi. Turli mualliflarda yetakchi mavqeiga da’vogar shaxs ega bo‘lishi lozim bo‘lgan turli xil sifatlar keltiriladi. Ayrim hollarda ular bir — birini inkor ham etada. Garchand belgilar nazariyasi shaklanishida XIX asr ingliz ruhshunos va antropologi F.Golton xizmatlari alohida ta’kidlansa—da, biz Markaziy Osiyo mutafakkirlari ushbu masalaga qo‘shgan xissalarini takidlamay o‘tolmaymiz. Buyuk allomamiz Forobiy "Fozil odamlar shahri" hukmdori "tabiatan o‘n ikki xislat — fazilatni o‘zida birlashtirgan bo‘lishi zarur", — deb hisoblaydi, "Temur tuzuklari" da Amir Temur vazirlar to‘rt fazilatta ega bo‘lishi shartligini ta’kidlaydi; 1) asllik, toza nasllik va ulug‘vorlik; 2) aql- farosatlilik; 3) sipox bilan raiyat ahvolidan bohabarlik va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ular bilan yaxshi muomalada bo‘lish; 4) sabru bardosh, muloyimlik.
Hozirgi vaqtda davlat, partiya rahbarlari imidjini yaratishda" yetakchi ega bo‘lishi zarur, deb hisoblangan sifatlarga albatta to‘kir zakovat, iroda, jismoniy baquvvatlilik (ko‘pgina. siyosiy arboblar, sport bilan shug‘ullanadilar), tashkilotchilik, istarasi issiqlik, notiqlik; samimiylik kabilar kiradi.
Ammo belgilar nazariyasi mukammal emas. Amerikalik R. Stogdil yetakchilikka doir 124 tadqiqot, natijalarini umumlashtirib, ularda mualiflarning barchasi e’tirof ettan birorta fazilat uchramaganini qayd ettan. Bu nazariya turli davrda, tufli ijtimoiy — siyosiy kuchlar yetakchilarga turli talablarni qo‘yishini hisobga olmaydi. Barcha vaziyatlar uchun umumiy yetakchi idealini ishlab chiqish mumkin emasligini tan olmaydi. Bundan tashqari, siyosiy jarayonda ishtirok etish davomida yetakchida yangi sifatlar ham shakllanib borishi e’tibordan chetda qoladi.
Bu yondoshuvning kamchiliklarini belgilar nazariyasining keyingi bosqichida shakllangan omiliy-analitik konsepsiya to‘ldiradi. Bu konsepsiyaga ko‘ra siyosiy yetakchining siyosiy jarayonda ishtiroki davomida uning "ikkinchi tabiati" vujudga keladi, vaziyat, muhit ta’sirida: siyosiy yetakchining hulq-atvori, ish uslubi shakllanadi. Bu belgilar shaxsning "o‘z" tabiatidan mutlaqo farq qilishi ham mumkin, uning sifatlariga mos ravishda uyg‘unlashib, uni kuchaytirishga xizmat qilishi mumkin.
Vaziyat nazariyasi yetakchilikning muayyan shart- sharoitlarga bog‘likligidan kelib chiqadi. Yetakchi — muayyan vaziyat mahsulidir. Aynay vujudga kelgan muayyan vaziyatlar siyosiy yetakchilarni tanlab oladi va uning hulq—atvorini belgilaydi. Tarixda tasodifiy yetakchilar bo‘lmaydi. Ular bir yetakchi o‘z davrining, tarixiy vaziyatining mahsulidir. Iskandar Zulkarnayn, Oliver Kromvel, Chingizxon, Amir Temur, Napoleonlar o‘z davrining yetakchilari edilar. Shu bilan birga vaziyat konsepsiyasi kuchli shaxs ham muayyan vaziyatni keltirib chiqarishi mumkinligini xisobga olmaydi.
Vaziyatlar ta’limotiga aniqlik kiritish, rivojlantirish va sifat jihatlaridan boyitish natijasida siyosiy yetakchilikni, uning izdoshlari va tarafdorlari yordamida tushuntiuvchi ta’limot vujudga keladi.
Zamonaviy siyosat nazariyasida tarafdorlar tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, siyosiy faollarni tashqari yetakchining saylovlari, shuningdek, u bilan o‘zaro munosabatda bo‘luvchilar ham bu tushuncha mazmuni tarkibiga kiritiladi. Tarafdorlarni o‘rganish- siyosiy yetakchining hulq-atvorini qabul qilinadigan qarorlarini oldindan bilish imkoniyati6ni beradi.
Yetakchti – tarafdorlar munosabatlarining shakllanish va amal qilishda siyosiy faollarning roli kattadir. Aynan, tarafdorlar uning shaxsiy sifatlari va imkoniyatlarini yetarli baholay oladilar, uni qo‘llab-quvvatlaydilar. Bu qarash bir muncha kamchiliklarga ham egadir. Ushbu nazariya va vaziyatlar ta’limoti siyosiy yetakchining hokimiyatini egallagandan keyingi faoliyatidagi mustaqillikni, faollikni tushuntirib bera olmaydi. Tarix saboqlari ko‘rsatadiki, ko‘pgina siyosiy rahbarlar, uni hokimiyat tepasiga keltirgan qatlamlar va guruhlar manfaatiga qarshi qaratilgan faoliyat yuritganlar. Buni Stalin misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Hokimiyatga chiqqandan keyin o‘n besh yil davomida u o‘zini hokimiyat tepasiga keltirgan bolo‘sheviklarni deyarli butunlay, bundan tashqari o‘z partiyasi a’zolarining-yarmini yo‘q qildi. Bunga o‘xshash hoolni Gitlerda ham ko‘rishimiz mumkin, u ham o‘zini hokimiyat tepasiga keltirgan eski natislar partiyasi a’zolarini deyarli bututnlay yo‘q qildi.
Bu ko‘pgina dalillar shuni ko‘rsatadiki, yetakchi va tarafdorlar o‘zaro ta’sirini ikki tomonlama harakat sifatida qarash kerak. Yetakchilar o‘z ijtimoiy tayanchlarini muayyan darajada o‘zgartirishlari mumkin. Bunday hol ayniqsa, avtoritar va totalitar siyosiy tizimlarda fojeali tus olishi mumkin. Har qalay, mavjud yondoshuvlarning barchasi bir-birini inkor etishdan ko‘ra, to‘ldirishga xizmat qiladi va keltirilgan omillarning hech birini mutloqlashtirish mumkin emas. Har bir siyosiy yetakchi va uning faoliyatini unga ta’sir etuvchi barcha omillar birligi tarzida tahlil qilish, bunda muayyan sharoit, amal qilayotgan stereotiplar, jamiyatdagi ijtimoiy — iqtisodiy, siyosiy ahvol,- siyosiy, huquqiy madaniyat turi v x.larni inobatga olish zarur bo‘ladi.
Yuqoridagi yondoshuvlarni umumlashtirib, shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, yetakchilik, shu jumladan, siyosiy yetakchilik ayrim shaxs xususiyati, deb qaralishi mumkin emas. Yetakchilikni shu ma’noda muz tog‘lari aysberglarga o‘xshatsa bo‘ladi. Aysberg haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish uchun uning ko‘zga ko‘rinuvchi va suv ostidagi qismini birgalikda ko‘z oldimizga keltirishimiz kerak. Shu singari, siyosiy yetakchilik muayyan davr, muayyan vaziyat va muyyan manfaatlarni ifodalovchi ijtimoiy- siyosiy xodisadir. U obyektiv tabiatga ega: jamiyat o‘z taraqqiyoti negizida mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola biladigan, uzoqni ko‘ra oladigan, keng fikrlovchi, ko‘pchilik manfaati uchun qayg‘uruvchi shaxslarga muhtoj.
Shunday qilib, siyosiy yetakchilik — insoniyatga xos bo‘lgan eng qadimgi universal institutlardan biri va u davlat hamda jamiyat miqyosida hokimiyat funksiyalarini bajaruvchi subyektlardan 6iridir. Biz uni bir shaxs odamlarni hamkorlikka va umumiy maqsadlarni amalga oshirishga yo‘naltira olishi bilan bog‘ladik. Ammo bu vazifani bajaruvchi shaxs bir nechta umumiy talabga javob berishi kerak. So‘z siyosiy yetakchilikning mezonlari haqida ketyapti. Avvalo, siyosiy yetakchining odamlarga ta’siri doimiy bo‘lishi lozim. Siyosiy jarayonga katta, lekin birgina ta’sir ko‘rsatgan shaxslar siyosiy yetakchi sifatida baholanishi mumkin emas. So‘ngra yetakchining ta’siri alohida shaxslarga emas, butun guruhga, tashkilotga yoki jamiyatga nisbatan amal qilishi kerak.
Rahbar va uning izdoshlari, hayrixohlari munosabati ikki tomonlama ta’sirga ko‘rilgan. Yetakchi o‘z faoliyatida guruhga, tashkilotga yoki butun jamiyatga tayanadi. Ammo u quyidan kelayotgan ta’sirlar domiga tushmasdan, bir qadam ilgarida borib, o‘z guruhi, tashkiloti yoki jamiyatga oshkora ustun ta’sirga ega bo‘lishi kerak. Va nixoyat, yetakchining таъсири куч, зўрлик, ko‘rquv emas, ishonch, avtoritetga asoslanishi lozimdir.
Siyosiy yetakchining saralanishi, odatda, bosqichma-bosqich boradi: Avval, ijtimoiy xarakat shakllanib, uning ichida yetakchilar ajralib chiqadi; so‘ngra dasturlar, tashkiliy tamoyillar, intizom iyerarxiyasi ishlab chiqiladi; va nihoyat, hokimiyat uchun kurash, hokimiyatga egalik, mamlakatni boshqarishda ishtirok, rahbarlarning yetishib chiqishi kuzatiladi.
Siyosiy yetakchilik turlari
Yetakchilikning mumtoz, hisoblash mumkin bo‘lgan uch turini M. Veberning “Siyosat- ham mayil. ham kasb sifatida” maqolasidv bergan ligetim hukumronlikning uch ko‘rinishidan keltirib chiqariladi.
An’anaviy yetakchilik . Yetakchilikning bu turi an’analar, marosimlar, odat kuchi kabi mexanizmlarga tayanadi. Itoat qilish odati an’analarining muqaddasligiga va hokimiyatning meros tariqasida o‘tishiga asoslangan yetakchilikning bu turi dohiylar, oqsoqollar, shohlar boshqaruvi uchun xosdir.
Xarizmastik yetakchilik. Hukumdor – yetakchining ilohiy qudratiga xalqning cheksiz ishonchiga asoslanadi.
Ratsional - oshkora yetakchilik. Yetakchini saylash tarkibi, unga berilgan hokimlik vakolatlarining oqilligi qonuniyligi to‘g‘risidagi tasavvurlarga asoslanadi. Ushbu klasifikatsiya o‘zining yeamchiliklariga qaramasdan uni qo‘llashda oddiy va qulaydir. Birinchi turdagi yetakchilik asosida odatlar ikkinchisida e’tiqod va xissiyotlar yotadi. Uchinchisida tafakkur, M.Veber xarizmatik yetakchilikni tahlil etishga alohida e’tibor beradi. U yetakchilikning ushbu turini inqiroz davrida jamiyatni inqilobiy tarzda yangilashning muhim xarakatlantiruvchi kuchi sifatida qaraydi, chunki, xarizmatik dohiy obro‘-e’tibori o‘tmish bilan bog‘liq bo‘lmasdan, u ommani ijtimoiy yangilanish vazifalarini yechishga safarbar etishga qodirdir. Jamiyat taraqqiyotiga nisbatan tinch davrda esa tarixiy an’analarini avaylab –asrovchi va zaruriy islohotlarni amalga oshiruvchi ratsional –legal yetakchilik maydonga chiqadi. Uni byurokratik yetakchilik, deb ham atashadi. Bu holda siyosiy yetakchilik qonuniy byurokratik tadbirlar natijasida shaklanadi
Tadqiqotchilar dohiylarni va yetakchilarni farqlashadi. Dohiylikda, oliy hokimiyat timsoli bo‘lgan shaxcga sig‘inish e’tiqodga asoslansa, yetakchilik ancha madaniy jamiyatlar uchun xos va u siyosatchi amal qiladigan barcha e’tirof etadigan qoidalarga asoslanadi. Faoliyatining ko‘lamiga ko‘ra umum milliy, xalqaro darajadagi muayyan ijtimony qatlamlar, partiyalar yetakchnlarini ajratish mumkin.
V. Pareto yetakchilarni sherlar va tulkilarga ajrattan. Tulki sifatli siyosatchi vaziyatni tez anglaydigan, o‘zining asl maqsadlarini sirtuta oluvchi, ayyor, ehtiyotkor, izlarini yashira oladigan, ustomon bo‘lishi kerak. SHer sifatli siyosatchilar to‘g‘ri so‘z, dangalchi, qo‘pol bo‘lganlari tufayli boshqalar qo‘ygan qopqonga tezgina tusha qoladi. Uning bosh tamoyili — raqibini ochiq jangda yengish. Siyosatchining ideal turi — sherning kuchi va bardoshiga, hamda tulkining epchilligi va ayyorligiga ega shaxsdir. Bunday siyosatchilar tarixda juda kam uchraydi. Amir Temur xazratlari shunday siyosatchi, deb e’tirof etilishga loyiq.
Amerikalik politolog Robert Taker siyosiy yetakchilikning uch turini ajratib ko‘rsattan:
• Konservatorlar — jamiyatdagi munosabatlarni qanday bo‘lsa — shunday saqlab qolishga qaratilgan faoliyat olib boradi.
• Islohotchilar — hokimiyat tarkibini keng qamrovli islohotlar vositasida tubdan o‘zgartirishga intiladilar.
• Inqilobchilar — odatda qurol kuchi bilan boshqa ijtimoiy tuzumga tez, sakrash orqali o‘tishni rejalashtiradi.
Zamonaviy siyosat nazariyasida yetakchilarning to‘rt yig‘ma obrazi qo‘llaniladi: bayroqdor, xizmatchi, savdogar va o‘t o‘chiruvchi. Bayroqdorni voqe’likni shaxsiy idrok etish ommani jalb etishga qodir bo‘lgan g‘oyalar, ideallar ajratib turadi. Bunday turga Jaloliddin Manguberdi, Boburlarni kiritish mumkin.
Xizmatchi — yetakchi ham o‘z tarafdorlari va saylovchilarning manfaatlarini ifoda etishga intiladi va
ular nomidan ish ko‘radi, uning butun faoliyati izchil ravishda ana shu manfaatlarni amalga oshirishga qaratilgan,
Savdogar — yetakchi uchun o‘zining g‘oya va rejalarini chiroyli qilib ko‘rsatish, fuqarolarni ularning afzalligiga ishontirish, ularni bu g‘oyalarni “sotib olishga” jalb etish xosdir. Va nihoyat, o‘t o‘chiruvchi - yetakchi eng dolzarb ijtimoiy muammolarni, davrning, muhim talablarini mo‘ljalga oladi. Uning xatti—xarakatlari konkret vaziyatga ko‘ra aniqlanadi. Real hayotda bu to‘rt obrazdagi yetakchilar alohida holda uchramasdan, siyosat arboblarda aralashgan holda uchraydi.
Hokimiyatga munosabatiga ko‘ra yetakchilarni hukmron va muholiflarga ajratish mumkin. O‘z navbatida muholif- yetakchilar ham ikki xil bo‘ladi: ayirmachi-muholif yetakchi va konstruktiv muholif yetakchi. Ayirmachining yagona maqsadi hokimiyat. Unga har qanday vositalar bilan erishishga intiladi. Shuning uchun u mavjud hokimiyatning murosasiz dushmani, uni qanday bo‘lmasin ag‘darib: tashlashga intiladi. Hokimiyat tepasiga bunday siyosiy yetakchining kelishi mamlakat rivojini tubdan o‘zgartirishga, nobarqarorlikka olib keladi.
Konstruktiv muholif — yetakchi hokimiyatga tomon qonuniy xarakat qiladi, hukmron yetakchini tanqid qiladi, omma ichida bo‘ladi, o‘z obrusi va imkoniyatlarnini oshirib boradi va keyingi saylovlarda g‘alaba qozonishi uchun zamin tayyorlaydi. Bunday yetakchining hokimiyat tepasiga kelishi qonuniy tarzda amalga oshib, mamlakat hayotida tub o‘zgarishlarga olib kelmaydi, hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Siyosiy yetakchilarning yana bir turi populist yetakchidir. U xalq muhabbatini tez qozona oladi, negaki u odamlarning intilishlari, ehtiyojlari, dardu — alamlarini bayon etadi. Populist yetakchi ommaning noroziligi, g‘azabi, xissiyotlariga tayanib qandaydir dolzar6 g‘oyani targ‘ib qiladi. Masalan; imtiyozlarni bekor qilish, millatchilik v.x. Ko‘pincha u murakkab muammolarni nihoyatda soddalashtirib ko‘rsatadi, o‘zi ilgari surgan shiorlar va g‘oyalarning ijtimoiy va siyosiy oqibatlarini jddiy tahlil qilib ko‘rmaydi. U muammolarni "tez va oson xal qilish yo‘llarini taklif egtanida, haqiqatan o‘zi ega bo‘lgan imkoniyatlardan emas, xalqqa ma’qul gap aytib o‘z,obro‘sini ko‘tarish maqsadidan kelib chiqadi. Ammo siyosatda oson yo‘llar yo‘k. Populizm keng quloch yoyishining sabablaridan biri esa fuqarolarning siyosatdan, mulkdan begonalashganligi, xilma — xil va’dalarga onson ishonishidir. Bunday vaziyatda chuqur o‘ylab, tahlil qilib ko‘rilmagan va’dalarini beruvchi siyosatchi o‘z mavqeini ko‘tarishini o‘ylar ekan, garovga mamlakat tinchligi va osoyishtaligini qo‘yishi ma’lum.
Yüklə 98,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin