5- ma`ruza Nisbiylik nazariyasi prinsiplari. Ma`ruza rejasi



Yüklə 175,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix15.12.2022
ölçüsü175,59 Kb.
#74918
  1   2   3   4   5
wXc1sNnsMWpRnFjLVTSzoO5YyMd7dyNWEDZKm81s



5- Ma`ruza 
Nisbiylik nazariyasi 
prinsiplari. 
Ma`ruza rejasi: 
 
 
Nisbiylik nazariyasining 
prinsiplari. Efir 
tushunchasi. 
Maykelson Morli tajribasi. 
Yorug`lik tezligi, nisbiylik nazariyasining asosiy 
prinsiplari. 
Nisbiylik nazariyasining matematik asoslari.
 
NISBIYLIK NAZARIYASI ELEMENTLARI. 
XIX asr oxirlariga kelib fizika fani juda katta 
qiyinchiliklarga duch keldi. Shu davrgacha klassik mexanika 
(Nyuton mexanikasi) qonunlari barcha inersdal sanoq 
sistemalari uchun bajarilar va mexanik hodisalarni tushuntira 
olar edi. Shuningdek Maksvellning elektromagnit nazariyasi 
ishonchli tarzda asoslangan bo`lib, yorug'lik va uning ayrim 
fizik xossalari shu tenglama yordamida tushuntirilar edi. 
Elektromagnit to`lqinning tarqalish nazariyasida « EFIRi »ning 
bo`lishi shart deb qaralar edi. Maksvell tenglamalari efirga 
nisbatan tinch turgan sanoq sistemasi uchun bajariladi, deb 
qaraladi. Bu tenglamalar Nyuton qonunlariga nisbatan alohida 
afzallikka ega bo'lgan sanoq sistemasini talab qilardi. 
Elektromagnit 
hodisalarni 
mexanik 
tushuntirish 
katta 
qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Eksperimental faktlarni 
asoslash uchun ba'zi olimlar elektromagnit to'lqinni uzatuvchi
«EFIR»; moddiy jism «masalan Yer »bilan birgalikda ilashinib 
harakatlanadi, deb hisoblasa, boshqalar moddiy jism efirga 
nisbatan harakat qiladi-yu, dunyo « EFIRi » esa mutlaqo tinch 
turadi, deb hisoblashdi. Uchinchi guruhdagi olimlar esa 


«EFIR» moddiy jismga bir oz ilashib , ya'ni uning tezligidan 
kamroq tezlik bilan harakat qiladi, deb qarashdi. 
1887 yilda Klivlenddagi Keys universiteti laboratoriyasi 
podvalida ximiya o`qituvchisi Edvard Vilyam Morli bilan 
birgalikda Maykelson tutib bo`lmayotgan efir shamolini 
aniqlash uchun ikkinchi, kattaroq aniqlikka ega bo'lgan 
tajribasini o'tkazdi. Boshqa fiziklar ham shu kabi tajribalar 
o
`
tkazishdi. Eng katta aniqlikka ega bo'lgan tajribalarni 1960 yili 
Chalz Tauns Kolumbiya universitetida o'tkazdi. Uning asbobi 
o'ta sezgir (molekulalar tebranishiga asoslangan "atom 
soatlari" mazerdan foydalangan). Xattoki, Yer agarda hozirgi 
harakat tezligining 10
3
dan bir qismicha tezlik bilan. Lekin 
Maykelson va Morli tajribasida ham, Tauns tajribasida ham efir 
shamolining izi ham sezilmagan. 
Maykelson-Morli 
tajribasi 
kutilmaganda 
Maksvell 
nazariyasini og'ir ahvoldan, nisbiylik prinsipiga bo'ysunmaslik 
aybidan 
qutqazib 
qoladi. 
Yorug'lik 
tezligi 
faqatgina 
manbagagina emas, xattoki kuzatuvchiga ham bog'liq emas 
ekan. Shunday qilib, elektromagnit maydon tenglamalari 
koeffitsientlari doimiy bo'lib qoldi. Lekin bundan fizikada holat 
yaxshilanmadi. Chunki endi Galileyning nisbiylik prinsipini o'zi 
zarba ostida qolayotgan edi. Haqiqatdan ham, Galileyning 
nisbiylik prinsipi har qanday tezlik nisbiy deb da'vo qiladi. 
Fiziklar avvaliga Maykel-Morli tajribasining salbiy natijasidan 
taajublanib turli yo'llar bilan Galileyning klassik nisbiylik 
prinsipi doirasida bu tajriba natijalarini tushuntirib, efir 
shamoli nazariyasini qutqarishga harakat qilishdi. Efirning 
turli-tuman modellari taklif qilindi. Efir nazariyachilarining 
turlicha nuqtai nazarlari bir-biridan keskin farqlanib turadigan 
quyidagi ikki nazariyada o'z aksini topadi.
 

Yüklə 175,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin