37
ladi. Bir qo‘lda yelkadan to‘p uzatish texnikasi asosiy
hisoblanib, uni amalga oshirish uchun to‘pni qo‘lda yaxshi
tutib turish va panjaning harakati bilan to‘pning yo‘nalishi-
ni o‘zgartirib yuborish mumkin (31-rasm).
O‘yinchi to‘pni o‘ng qo‘li bilan uzatish uchun shu
qo‘lini bukib, o‘ng yelkasiga shunday yaqinlashtirishi lo-
zimki, bunda uning o‘ng qo‘li to‘pni orqasidan, chap
qo‘li esa uni old-past tomonidan tutib turishi, tirsaklar
pastga tushirilgan bo‘lishi lozim. Basketbolchi o‘ng qo‘lini
to‘g‘rilay boshlab, chap qo‘lini pastga tushiradi va panja-
ning keskin harakati bilan to‘pni kerakli tomonga uzatadi.
Unutmaslik kerakki, ushbu to‘p uzatish texnikasi eng tez
uslub hisoblanib, raqibning savatiga yaqinlashishga yor-
dam beradi. Demak, to‘pni sherikning ko‘krak oldiga
mo‘ljallab uzatishga harakat qilinsa, uni ilib olishga qulay-
lik yaratilgan bo‘ladi. To‘pni sherik kutib turgandagina uzat-
gan ma’qul. Mabodo, sherigingiz qarshingizdan yugurib
kelayotgan bo‘lsa, unga to‘pni sekin va aniq uzating.
To‘pni yuqoridan bir qo‘llab uzatishda qo‘l to‘g‘ri,
orqaga va yuqoriga ko‘tariladi hamda uzatiladigan tomonga
qarab chap yoki o‘ng tomon bilan turib „kryuk“ usuli
amalga oshiriladi. Ya’ni bunda qo‘llar to‘g‘rilanib pastga
tushiriladi, to‘p uni uzatadigan qo‘lga o‘tkaziladi va to‘pni
yon tomondan boshning orqasiga ko‘tarib, panjani keskin
bukib, sherikka uzatiladi. Bu usul himoyachi to‘pning yo
yuqoridan, yoki yon tomondan uzatishga to‘sqinlik qila-
yotganda, yoki to‘pni past tomondan uzatishdan boshqa
iloj qolmaganda qo‘llaniladi (32- rasm).
Dostları ilə paylaş: