35
Oyoqlar tizzadan bukilgan, gavda, bosh va qo‘llar asosiy
tik turish holatida bo‘ladi. Yuqoridagi harakatlarni o‘rganish
uchun quyidagi mashqlarni bajarish maqsadga muvofiq:
a) chap va o‘ngga harakat qilib siljish;
b) oldinga va orqaga siljish;
d) aralash siljish: chapga, o‘ngga, oldinga va orqaga siljish;
e) to‘xtash va ikki qadamlab sakrab yurish.
Qadamlab to‘xtashda basketbolchi yugurish maromini
buzmay so‘nggi qadamni tovondan, kattaroq qilib qo‘yadi,
so‘ng tayanch oyog‘ini bukib, ikkinchi oyog‘ini oldinga
qo‘yib, tezlikni to‘xtatadi va tayanch oyog‘iga tiralib turadi
(28- rasm).
Burilish oldinga, orqaga, yonga va to‘xtashga o‘rganish
bilan birgalikda bajariladi.
Ular orqaga, oldinga tayanch holatdagi oyoqda, bir
joyda turgan holda va harakatda, to‘p bilan yoki to‘psiz
bajariladi. Basketbolchi tayanch oyog‘ida uning uchini yerdan
uzmay turib, ikkinchi oyog‘i bilan depsinadi va uni kerakli
tomonga yo‘naltirib, burilishni bajaradi (29- rasm). Bunda
oyoqlar bukilgan bo‘lib, raqibdan uzoqlashish maqsadida
bir oyoq bilan qadam qo‘yiladi. Albatta, burilish va qadam
tashlashlarni o‘yinchi to‘pni qo‘lga kiritgach bajaradi. Le-
kin, to‘pni bir joyda turib ilib olishda xohlagan oyoq bilan
tayanch hosil qilib turiladi, bordi-yu, shunda to‘p yerga
urib yurilsa „probejka“ qoidasi buzilmaydi.
To‘pni ilib olish va uzatishlar.
To‘pni ilib olish bir
yoki ikki qo‘llab, ko‘krak va yelka balandligida bajariladi.
Dostları ilə paylaş: