4/2 issn 2181-1784 sjif 2022



Yüklə 50,34 Kb.
səhifə2/5
tarix25.06.2023
ölçüsü50,34 Kb.
#134975
1   2   3   4   5
investitsiya-faoliyatini-rag-batlantirishda-davlatning-roli

KIRISH


Zamonaviy sharoitlardagi jahon iqtisodiyotidagi tendensiyalar zaif investitsion faollikning namoyon etishi bilan bir qatorda xalqaro investitsiyalar taqsimlanishida nomutanosibliklar kuzatilmoqda. Xususan, “2018 yildagi global to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 13 foizga qisqarib, nominal mazmunda bu ko‘rsatkich

1,3 trln. dollarni tashkil qilgan. Yangi loyihalarga e’lon qilingan investitsiyalar kelgusi taraqqiyotning omili sifatida yil mobaynida 14 foizga qisqargan. 2004 yildan buyon rivojlangan mamlakatlarga xorijiy investitsiyalar oqimi 27 foizni tashkil qilgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarga investitsiyalar hajmida esa o‘zgarish tendensiyasiga ega bo‘lmay, 2 foiz yillik o‘sish kuzatilgan”[1]. BMT (YUNKTAD)ning berayotgan ma’lumotlariga ko‘ra, “2019 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 1,54 trln. dollarga qisqarib, bunda sezilarli o‘zgarish jahon iqtisodiyotida 2005 yildan buyon kuzatilmagan.


O‘zbekistonda yuritilayotgan faol investitsiya siyosati mamlakat milliy iqtisodiyotining istiqboldagi raqobatbardoshligini oshirishning muhim moliyaviy omili sifatida xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturida: 850,5 trln. so‘m investitsiyalar, shu jumladan 35,5 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirishning yig‘ma prognoz parametrlari, shuningdek, investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirish hamda jalb etishning prognoz parametrlarida 206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish o‘rinlari yaratilishini nazarda tutuvchi 2020 yilda yirik ishlab chiqarish ob’ektlari va quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturi ko‘rsatilgan [2]. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday keng ko‘lamli islohotlar va faol investitsiya siyosati samaradorligini yanada oshirish, avvalo, investitsiya faoliyatini makro va mikroko‘lamda mukammal tizimli moliyalashtirishni taqozo etmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, investitsiya faoliyatini rag'batlantirishda davlatning ro'lini takomillashtirish tadqiqot ishining dolzarbligini belgiladi.

Yüklə 50,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin