4/2 issn 2181-1784 sjif 2022



Yüklə 50,34 Kb.
səhifə3/5
tarix25.06.2023
ölçüsü50,34 Kb.
#134975
1   2   3   4   5
investitsiya-faoliyatini-rag-batlantirishda-davlatning-roli

ADABIYOTLAR SHARHI


Investitsiya faoliyatini amalga oshirish, investitsiya jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda investitsiya resurslari hosil qilinishi natijasiga tayanadi va yuz beradi. O‘z navbatida, u investitsiyalashdan ko‘zlangan maqsadga bevosita bog‘lanadi. Zero, ko‘zlangan maqsadga erishish ishtiyoqi investorni kapital to‘plab, so‘ng uni shu maqsad yo‘lida safarbar etishga undaydi. Zotan, maqsad muayyan natijaga qaratilar ekan, natija ham o‘z navbatida, muayyan maqsadlarni keltirib chiqaradi va tegishlicha, investitsiya jarayonini aks ettiruvchi ketma-ketlikni hosil qiladi. Investitsiyalarning bu tarzda harakatlanishi investitsiya faoliyati orqali yuz beradi. Shunday ekan, investitsiya faoliyatining mohiyatini bilish juda muhimdir.
Turli iqtisodiy adabiyotlarda “investitsiya faoliyati” tushunchasi mazmun- mohiyatiga turlicha ta’riflar berilgan. Ularni chuqur va keng tadqiq etgan holda,

muallifning fikricha, investitsiya faoliyati mazmuniga berilgan quyidagi ta’riflarga alohida to‘xtalib o‘tish lozim.


Iqtisodchi olim A.S.Neshitoyning fikricha, “Investitsion faoliyat daromad olish va foydali samaraga erishish maqsadida mablag‘larni joylashtirish (investitsiyalash) va amaliy harakatlarni amalga oshirishdir”[3].
AQSHning taniqli iqtisodchi olimlari Frank Reilly va Keith Brownning fikricha, “investitsiya kelajakda to‘lovlarni olish uchun ma’lum bir davrda qilingan sarmoyadir”. Shuningdek, “investor” – shaxs, hukumat, pensiya jamg‘armasi yoki korporatsiya bo‘lishi mumkin. Ular qanday bo‘lmasin, bugungi kunda ma’lum miqdorda mablag‘ yo‘naltiradi va kelajakda hozirgi miqdoridan yuqori bo‘ladigan to‘lovlarga ega bo‘lishga qaratilgan faoliyat yig‘indisidir[4]. Muallifning fikricha bu ta’rif o‘rinli, lekin investitsiyalarni kiritishda tashqi omillarga ham e’tibor qaratish lozim.
Bunga o‘xshash ta’riflarni yana quyidagi olimlarning fikrlarida ham kuzatish mumkin. Jumladan, rossiyalik iqtisodchi olim V.Bocharevning fikricha: “Investitsiya faoliyati – davlat, fuqarolar va huquqiy shaxslarning investitsiyalarni amalga oshirishdagi amaliy harakatlari yig‘indisi”ni [5] anglatadi. Mualliflar A.Arzimiyana va boshqalar: “Investitsiya faoliyati investitsiya kiritish yoki investitsiyalash hamda investitsiyalarni amalga oshirishdagi amaliy harakatlar yig‘indisi”[6], deb ta’riflaydilar.
L.L.Igonina esa investitsiya faoliyati mazmuniga ham keng, ham tor mazmunda ta’rif berish mumkinligini ta’kidlab o‘tadi [7]. Ushbu atamaga keng ta’rif berilsa, “investitsiya faoliyati – mablag‘larni investitsiyalash ob’ektlariga daromad (samara) olish maqsadida kiritish bilan bog‘liq faoliyat” sifatida tushuniladi. L.L.Igonina investitsiya faoliyati mazmuniga bergan ta’rifini Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida ushbu atamaga bergan ta’rifga o‘xshash mazmunga egaligini qayd etadi, ya’ni ushbu mamlakat qonunchiligiga ko‘ra: “Investitsiya faoliyati – foyda olish va (yoki) boshqa foydali samaraga erishish maqsadida investitsiyalarni kiritish va amaliy harakatlarni amalga oshirishdir”[8].
O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunida: “Investitsiya faoliyati – investitsiya faoliyati sub’ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui”[9] sifatida ifodalanadi.
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan D.G‘.G‘ozibekov “investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag‘lar olish, ularni asosli holda safarbar

etish, risklar darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko‘zlangan samarani olishdan iborat bo‘ladi [10]”, – deb ta’rif bergan.


Investitsiya faoliyati investitsiya faoliyati ob’ektlariga investitsiya faoliyati sub’ektlari tomonidan yo‘naltiriladigan investitsiya resurslari bilan bog‘liq holda yuzaga keluvchi munosabatlarni o‘zida mujassamlashtirar ekan, bu faoliyat investorlarning aniq maqsadlariga asoslangan holda yuzaga keladi va rivojlanib boradi.

Yüklə 50,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin