4-mavzu. Xo‘jalik operatsiyalarida ikkiyoqlama yozuv. Reja



Yüklə 283,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix18.08.2023
ölçüsü283,44 Kb.
#139793
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4-mavzu. Xo‘jalik operatsiyalarida ikkiyoqlama yozuv. Reja



4-mavzu. Xo‘jalik operatsiyalarida ikkiyoqlama yozuv.
Reja 
4.1. Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi
4.2. Ikkiyoqlama yozuv. Ikkiyoqlama yozuvning nazorat qilish 
xususiyatlari 
4.3. Sintetik va analitik (tahliliy) hisob 
4.4. Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish. 
4.5. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi 
 
Tayanch so‘z va iboralar: aktiv schyotlar, analitik hisob, analitik hisob 
schyotlari, aylanma vedomostlar, buxgalteriya hisobi schyotlari, balansdan 
tashqari schyotlar, debet, balansli schyotlar, ikkiyoqlama yozuv, kredit, 
kalkulyatsion schyotlar, kontraktiv schyotlar, kontrpassiv schyotlar, passiv 
schyotlar, saldo, sintetik hisob, sintetik hisob schyotlari, taqqoslovchi schyotlar
schyotlarning aylanmalari, schyotning shifri, taqsimlovchi schyotlar, xronologik
yozuv, tartibga soluvchi schyotlar 
4.1. Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi 
Korxonalarda ko‘p miqdorda xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘lib, xo‘jalik 
mablag‘lari doimo harakatda bo‘ladi. Korxonaga rahbarlik qilish uchun xo‘jalik 
mablag‘larining harakati to‘g‘risida umumlashgan ma’lumotlarni olish talab 
qilinadi. Bunday ma’lumotlarni balans yordamida olish mumkin emas. Shuning 
uchun bu maqsadda buxgalteriya hisobining schyotlari qo‘llaniladi. 
Buxgalteriya hisobi schyotlari– mol-mulkni uning tarkibi, joylashtirilishi va 
shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash 
hamda nazorat qilish usulidir. 
Schyotlarning har birida hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari yoki 
ularning manbalarining boshlang‘ich holati hisobga olinadi, keyingi bo‘ladigan 
joriy o‘zgarishlar o‘z vaqtida aks ettirib boriladi. Natijada schyotlardan ayrim 
turdagi aktivlar yoki passivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni istalgan paytda olish 
mumkin bo‘ladi. 
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha schyotlar ikki ustundan iborat bo‘lgan jadval 
shaklida bo‘ladi. Schyotning nomi jadvalning yuqori qismida yoziladi. Ushbu 
jadvalning chap qismi “Debet” (D-t), o‘ng qismi “Kredit” (K-T) deb ataladi. 
“Debet” va “Kredit” so‘zlari buxgalteriya hisobiga uning rivojlanish davri 
boshlanishida kiritilgan bo‘lib, bu so‘zlar XII asrlarda sotuvchi va bankir o‘rtasidagi 
hisob-kitob hamda kredit munosabatlarini aks ettirgan. 
“Debet” so‘zi lotincha bo‘lib “u qarzdor”, “Credit” so‘zi esa “ishondi” degan 
ma’noni bildiradi.



Yüklə 283,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin