4-mavzu. Xo‘jalik operatsiyalarida ikkiyoqlama yozuv. Reja



Yüklə 283,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix18.08.2023
ölçüsü283,44 Kb.
#139793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4-mavzu. Xo‘jalik operatsiyalarida ikkiyoqlama yozuv. Reja

 
 
4.4. Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish. 
Xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish va buxgalteriya hisobining to‘g‘ri 
yuritilayotganligini tekshirish uchun har bir mablag‘lar turi, ularning manbalari va 


jarayonlar bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar zarurdir. 
Schyotlar tizimi xo‘jalik mablag‘larini tashkil topish manbalarini, xo‘jalik 
jarayoni natijasida ularning tarkibiy, miqdoriy va harakat jihatidan o‘zgarib 
borishini iqtisodiy guruhlash va doimo tezkor nazorat qilib borishdir. 
Ikki yoqlama yozuv — bu xo‘jalik jarayonida vujudga keladigan 
o‘zgarishlarni schyotlar tizimi orqali ifodalanishidir. 
Ikki yoqlama yozuv usulining ahamiyati shundaki, uning yordamida, hisob 
ishlari to‘g‘ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Xo‘jalik 
jarayonini bir schyotining debeti va ikkinchi schyotning kreditida aks ettirilishi 
buxgalteriya o‘tkazmasi deyiladi. 
Sintetik va analitik hisobning ma’lumotlarini tekshirishda, ma’lumotlar har 
oyning oxirida schyotlardan olinadi. Lekin, har bir schyotda hisobning bitta obyekti 
bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Barcha mablag‘larni yoki hammasini 
birlashtirgan xolda, ularning ayrim guruhlarini tavsiflovchi ma’lumotlar bir oydagi 
qoldiq va aylanmalar yakunini ko‘rsatuvchi aylanma qaydnoma (oborot 
vedomost)larda mujassamlanadi. 
Aylanma qaydnoma (oborot vedemost) bu buxgalteriya hisobi schyotlari 
yordamida joriy davrda hisobga olingan ma’lumotlarni ma’lum bir vaqtga (asosan 
bir oyga tuziladi) umumlashtirib ko‘rsatadigan jadvalga aytiladi.
Aylanma vedomostlari ikki xil bo‘ladi: 
1. 
Sintetik hisob sintetik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti; 
2. 
Analitik hisob analitik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti. 
Aylanma vedomostlarida obyektlarning boshlang‘ich qoldig‘i, oy davomidagi 
xarakati va oy oxirigagi qoldig‘i aks ettiriladi. 
Sintetik schyotlarda ma’lumotlar umumlashtirilib, faqat pul ko‘rsatkichida 
ifodalangani uchun sintetik hisob sintetik schyotlari aylanma vedomostlari 
quyidagicha shaklda bo‘ladi. 
Aktiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqlar boshlang‘ich qoldiqqa debet oborot 
summasini qo‘shib, kredit oborot summasini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Passiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqni topish uchun boshlang‘ich qoldiqqa 
kredit aylanma summasi qo‘shilib debet aylanma summasi ayriladi. 
Aylanma qaydnomadagi ustunlar bir - birovlariga tegishli tartibda teng 
keladigan debet va kredit jamilarga ega bo‘lishlari kerak. Debet va kredit bo‘yicha 
boshlang‘ich qoldiqlar jamilarining tengligi balansning har xil bo‘limlarida 
keltirilgan bir xil mablag‘larning umumiy summalaridan iboratdir. Pul ko‘rinishida 
bu summalar har doim bir xil bo‘lishi kerak, chunki u aktiv va passivning jamidir. 
Barcha schyotlar debeti va kreditining yakunlari har xil bo‘lishi mumkin emas, 
chunki barcha muomalalar schyotlarda ikki yoqlama yozuv bilan aks ettiriladi. 
Oxirgi qoldiqlarning tengligi boshlang‘ich qoldiqlarning tengligiga o‘xshab 


shartlanadi. 
Yangi balansni tuzish uchun sintetik aylanma vedomostidagi oxirgi qoldiqlar 
summalaridan foydalaniladi. Gap shundaki, o‘ng tomondagi so‘ngi ustunlarda 
ko‘rsatilgan oxirgi qoldiqlarning barchasi birgalikda korxonaning yangi balansini 
anglatadi. 

Yüklə 283,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin