4-mavzu. Komp’yuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix05.05.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#108099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kampyuter tarmoqlari mustaqi ish

 
4.4. Elektron pochta xizmati 
Internet elektron pochta (e-mail) xizmatini ham ko‘rsatadi. Elektron pochta 
nima? Elektron pochta maxsus dastur bo‘lib, uning yordamida Siz dunyoning 
ixtiyoriy joyidagi elektron adresga xat, hujjat va umuman ixtiyoriy faylni 
jo‘natishingiz va qabul qilib olishingiz mumkin. Хat bir zumda manzilga yetib 
boradi. Lekin undan foydalanish uchun siz maxsus pochta tarmog‘i yoki Internet 
tarmog‘iga bog‘langan bo‘lishingiz va elektron adresga ega bo‘lishingiz kerak. 
Elektron adresni provayder beradi. Shuningdek Internetda bepul elektron pochta 
xizmatlari mavjud. Ular yordamida o‘zingizga elektron adres ochishingiz mumkin. 
Bu – www.Hotmail.com, www.Yahoo.com, www.mail.ru, www.yandex.ru va 
h.k. O’zbekistonda – www.esezam.com. Bu dasturlarga kirib anketa savollariga 
javob berib, o‘zingizga elektron adres ochishingiz mumkin.
Elektron pochta yuborganda siz xuddi oddiy xatni yuborayotganday, uning 
kimga, qayerga jo‘natilayotganini va kimdanligini ko‘rsatishingiz kerak. Siz xatni 
birdaniga bir necha adresga yuborishingiz ham mumkin. Elektron xatni 
yuborganingizdan so‘ng u elektron pochta qutisiga tushadi, so‘ng xat ko‘rsatilgan 
manzilning pochta qutisiga yetkaziladi va undan xat egasi xatni oladi. Ya’ni har bir 
foydalanuvchi o‘zining pochta qutisiga ega. Umumiy pochta qutisidan xat shaxsiy 
qutichalarga muntazam ravishda jo‘natiladi. 
Misol tariqasida quyidagi elektron adres tahlilini keltiramiz: 
yoshlarmarkazi@youthcenter.freenet.uz 
yoshlarmarkazi - adres egasi ismi
youthhcenter - tashkilot nomi 
freenet - Internet- provayder nomi
uz - davlat
@ - elektron adresni belgilovchi maxsus belgi. 
Eslatma! Elektron adres yozganda uni to‘liq va aniq yozing. 
Elektron adreslar turlariga misol sifatida quyidagi adreslarni keltiramiz. 
sobirjon@mail.ru - shaxsiy elektron adres, 
hasanov@yahoo.com - shaxsiy elektron adres, 
Webmaster@youthhcenter.uz - Internet sahifa yaratuvchisi elektron adresi


sarcortelekom@sarkor.uz - Тashkilot elektron adresi, 
ATkafedra@timi.uz – O’quv kafedra elektron adresi, 
SXBI@timi.uz - Fakultet elektron adresi, 
Botir-Olimov@timi.uz - ТIMI talabasi shaxsiy elektron adresi. 
Elektron adres ochishni Internet qidiruv tizimlaridan biri asosida ko‘rib 
chiqaylik. Buning uchun www.rambler.ru tizimini ishga tushiramiz, ekranda 9.4-
rasmda ifodalangan ko‘rinish paydo bo‘ladi.
 
4.4.1-rasm. Rambler tizimi bosh sahifasining ko‘rinishi. 
4.4.1-rasmda ko‘rsatilgan oynada «Получить адрес» (Yangi adres ochish) 
buyrug’ini tanlash orqali o‘zimiz uchun yangi elektron adres ochishni boshlaymiz. 
Ekranda yangi foydalanuvchini ro‘yxatga olish sahifasi paydo bo‘ladi. (4.4.2-
rasm).
4.4.2-rasm. Yangi foydalanuvchini ruyxatga olish sahifasi 
 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin