4-Mavzu: Faoliyat va Motivatsiya Shaxsning individual tipologik xususiyatlari Reja


Faollik – shaxsning hayotdagi barcha xatti–harakatlarini namoyon etishni tushuntiruvchi kategoriyadir. Faoliyat



Yüklə 306,04 Kb.
səhifə2/43
tarix24.12.2023
ölçüsü306,04 Kb.
#192853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
4-Mavzu Faoliyat va-fayllar.org

Faollik – shaxsning hayotdagi barcha xatti–harakatlarini namoyon etishni tushuntiruvchi kategoriyadir.
Faoliyat – inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan hamda tashqi olamni va o’z-o’zini o’zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o’ziga xos faollik shaklidir.
Mazkur ta’riflardan ko’rinadiki, faoliyat tushunchasi o’z tarkibiga shaxsning u yoki bu darajadagi faollik ko’rsata olish darajalarini qamrab oladi va unga umumiy tarzda quyidagicha ta’rif berish mumkin: Faoliyat-anglangan maqsad bilan boshqariladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) harakatlar yig’indisiga aytiladi.
Adabiyotlarda faollik va harakat tushunchalari o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgani bilan ular o’rtasidagi ayrim farqli belgilar kuzatiladi. Jumladan, faoliyatning mazmuni to’la-to’kis uni yuzaga keltirgan tabiiy-biologik va ma’naviy ehtiyojlar bilan shartlashmaganligi tufayli uning psixologik mexanizmi ham o’zgacha negizda qurilishi mumkin.
Ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlash uchun psixik narsa va hodisalarning xususiyat ob’ektiv xossalarni aks ettirishi, qo’yilgan maqsadga erishish yo’l-yo’riqlarini aniqlab berish lozim.
Uchinchidan, faoliyat shaxsning xulq-atvorini maqsadga qaratilgan harakatlarni ruyobga chiqarish, yuzaga kelgan ehtiyojlarni va yordamga muhtojligi, faollikning imkonini beradigan boshqarishni uddalash lozim. Shuning uchun faoliyatni bilish jarayonlarisiz, irodaviy zo’r berishsiz amalga oshirish juda mushkul. Aynan ikkala omil o’zaro uzviy aloqaga kirgandagina yaratuvchanlik xususiyatini kasb etadi.
Inson faolligining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, faoliyatning mazmuni ana shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir o’zi bilan belgilanmaydi. Agar ehtiyoj faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni rag’batlantirib tursa faoliyatning shakli va mazmuni ijtimoiy sharoitlar, ijtimoiy talablar hamda tajribalar bilan belgilanadi.






Yüklə 306,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin