2-mavzu: shaxs motivatsiyasi eksperimental psixologiyada tadqiq etish. Motivatsiya va motivlarni o`rganish metodlari. (2 soat)



Yüklə 67 Kb.
səhifə1/6
tarix21.06.2023
ölçüsü67 Kb.
#133845
  1   2   3   4   5   6
2-Maruza uchun resurs


2-MAVZU: SHAXS MOTIVATSIYASI EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYADA TADQIQ ETISH. MOTIVATSIYA VA MOTIVLARNI O`RGANISH METODLARI. (2 soat)
Reja:
1.Motivatsiya haqida umumiy tushuncha
2.Motiv maqsad sifatida
3.Motivatsiyaning ontogenetik asoslari


Tayanch tushunchalar: psixologiya, eksperiment, motiv, motivatsiya, ontogenez, shaxs motivatsiyasi, motiv maqsad sifatida.


Motivatsiya haqida umumiy tushuncha.
Motiv (psixologiyada) — inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab boʻluvchi omil, vaj. M. shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo boʻluvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va boshqa M.lar jumlasiga kiradi. Hozirgi zamon psixologiyasida M. atamasi subʼyektni faollashtiruvchi turli hodisa va holatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. Xatti-harakat va faoliyat M.larining majmuasi motivatsiya deyiladi. M. ehtiyoj negizida vujudga keladi va shakllanadi. Ehtiyojning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini taʼminlaydi. Harakat faoliyatning tarkibi boʻlganligi tufayli u faoliyatning maqsadi va M.i orqali boshqariladi. Baʼzan "M." tu-shunchasini "emotsiya", "maqsad", "ustanovka" atamalari bilan almashtirish hollari uchraydi. Goho turtki, qoʻzgʻovchi, undovchi tushunchalari bilan aynanlashtiriladi.
Motiv - inson xulq-atvorning ichki barqarorligi, harakatta undovchi tushunchadir.
Motivatsiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni bo’lib, unga tashabbus, yo’nalganlik tashkilotchilik, qo’llab-qo’vvatlash qiradi. Ta’lim jarayonida o’hish motivlari "nima uchun” "nimaga?', "qanday maqsad bilan?" kabi savollar asosida yuzaga keladi. Motivlar birinchidan, o’quv faoliyatiga undasa, ikkinchidan, maqsadga erishish uchun zarur yo’l va usullar tanlashga yordam beradi. O’quv faoliyatida o’quv motivlar o’quvchilar tomonidan tanlanib, ular o’quvchining maqsadi, qiziqishi, kelajak rejalari bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’quv motivlari turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi.
Motivatsiya inson xulq-atvori uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo’lganda ishlatiladi. Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini tutishi sabablarini o’rganish tarbiyaviy ahavmiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi;
a) ichki sabablar, ya’ni xatti-harakategasining sub’yektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar).
b) tashqi sabablar, ya’ni faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladigan tashqi stimunlardir.
Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy dispozitsiyalar ham deb yuritiladi. Shaxs tomonidan anglanilishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Ba’zan shuday bo’ladiki, shaxs o’zi amalga oshirgan ishi yoki o’zidagi o’zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy sababini o’zi tushunib yetmaydi “nega? Degan savolga o’zim ham bilmay qoldim, bilmayman deb javob beradi”. Bu anglanmagan dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deyiladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoidil harakat qilsa, unda vaziyat boshqacharoq bo’ladi, ya’ni dispozitsiya anglangan ongli hisoblanadi.



Yüklə 67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin