4-Mavzu. Boshqaruv faoliyati elementlari va ulardan boshqaruv jarayonida samarali foydalanish reja


Boshqaruv taktikasi va strategiyasi va uning vositalari



Yüklə 52,1 Kb.
səhifə3/9
tarix03.05.2023
ölçüsü52,1 Kb.
#106906
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4-Ма\'ruza

4.2. Boshqaruv taktikasi va strategiyasi va uning vositalari
Boshqaruv vositalari: Sizning kurash reestringiz. Siz vaziyatlar va insonlarni qanday boshqarishni bilib, sizni boshqarishga urinib, sizga qarshi ishlatilayotgan harakatlarni oson bilib olasiz. Bu harakatlarni bilish muloqotni jonlantiradi, qarshilik ko‘rsatishga o‘zgacha tus beradi, hal qilinayotgan tortishuv yanada yuqori darajada amalga oshadi.
Endi savollarga murojaat qilamiz. Vaziyatni boshqarish imkoniyatiga qanday omillar ta’sir etadi? Ularning qaysi birlaridan foydalanish mumkin? Qaysi omillarni hisobga olish zarur, aks holda ular Sizni o‘z tub qiziqishlaringizdan ayrim harakat qilishga majbur qilishi mumkin? Boshqacha aytganda: Boshqaruv mexanizmi nima?
Boshqaruv mexanizmiga o‘zining muhim kategoriyalari va maxsus taktikasi xos. Boshqaruv mexanizmi kategoriyalari shartli ravishda to‘rt turga bo‘linadi: fizik, emotsional, ijtimoiy va aralash.
Jismoniy vositalar - bu biz bevosita kuzatadigan narsalar, aynan ularning o‘zgarishi tez seziladi. O‘zingizning qaysidir bir shaxsiy jismoniy sifatlaringizni kamchilik deb hisoblab, ularni o‘zgacha xulq manerasi bilan qanday qoplashni hal qilishingiz mumkin.
Jismoniy sifatlarning har birini alohida ko‘rib o‘tamiz, lekin shuni esda tutish muhim: bizning har birimizda ular birgalikda namoyon bo‘ladi. Har birimizning kalbimizda ayrim elementlarni birlashtirgan o‘z ideal fizik obrazimiz mavjud bo‘lishi kerak.
Buyi - bast
Bizning jamiyatimizda o‘rta va past buyli kishilar oldida ko‘pincha baland buyli kishilarga ko‘proq e’tibor beriladi.
Kadrlar bo‘limida o‘tkazilgan so‘rovlar ishga qabul qilishda yuqori bo‘yli kishilarga ma’lum darajada ko‘proq e’tibor berilishini yuzaga
chiqardi. Bu erkaklarga ham, ayollarga ham taalluqli, lekin ayollarga nisbatan kamroq darajada.
Aniqki, buyni haqiqiy o‘stirish to‘g‘risida gan ham bo‘lishi mumkin emas, lekin uni yuqoriroq qilib ko‘rsatish mumkin. Buning uchun gavdaning tuzilishini o‘zgartirishi mumkin, ya’ni “To‘g‘ri tik turing”, “To‘g‘ri o‘tiring”, gavdani to‘g‘ri tuting. Gavdaning to‘g‘ri tutilishi - o‘ziga ishonch va erkinlik tasavvuridir, shuningdek, bu kishini balandroq ko‘rsatadi. Achinarli tutilgan gavda zaiflikni ma’lum qiladi. O‘z vaqtida bundan foydalanishingiz mumkin.
O‘zingizda kat’iyatlikni ko‘rsatmang - kuchingiz etmasligini ko‘rsatib qo‘yasiz. Agar, Siz haqiqatda o‘zingizni ishonchsiz sezib, buni ko‘rsatsangiz mag‘lubiyatga uchraysiz. Boshqa tomondan, Siz kuchli va o‘ziga ishongan inson “rolini o‘ynasangiz”, ikkita narsa sodir bo‘lishi mumkin: birinchisi, Sizning raqibingiz kim kuchga va ka’tiyatga ega kishini ifoda etayotganini hisobga olishga majbur bo‘ladi. Ikkinchidan, o‘zingizning “zo‘r”ligingizni namoyon qilib, Siz haqiqatdan ham o‘zingizni kat’iyatli deb his qilasiz.
Lekin bunday xulq asosiy prinsip - har qanday vaziyatda ham nimani xoxlayotganingizni bilishingiz zarurligi bilan bevosita bog‘liq. Sizga qanday yakun ma’qulligini bilib olsangiz, barcha imkoniyatlaringizni ishga solishingiz mumkin.
Qo‘l qisishuv.Biz har kuni bir-birimizning qo‘limizni qisamiz, lekin buni ko‘pincha noto‘g‘ri qilamiz. Bu yerda hech qanday qiyinchiliklar yo‘q, do‘stona qo‘l qisishuvlar esa ko‘p ma’noni bildiradi. Bu boshqalar bilan jismoniy aloqaga kirishishning eng birinchi va asosan yagona usulidir. Va bu o‘z vazifasini bajarishi lozim.
Yaxshi qo‘l qisishuvni ikkita so‘z - qisqa va kuchli so‘zlari bilan ifodalash mumkin. Qo‘l qisishuv kuchi qat’iy ishonchdan darak beradi.
Ovoz.Qo‘l qisishni oddiy “Salom!” yoki “Assalomu - alaykum!” degan so‘zlar bilan bajargan ma’qul. Lekin bu so‘zlar aniq eshitilishi va erkin, hamda ishonchga to‘la bo‘lishi kerak. Jismoniy vositalar

Yüklə 52,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin