4-Mavzu. Boshqaruv faoliyati elementlari va ulardan boshqaruv jarayonida samarali foydalanish reja



Yüklə 52,1 Kb.
səhifə7/9
tarix03.05.2023
ölçüsü52,1 Kb.
#106906
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4-Ма\'ruza

4.3. Rahbar boshqaruv uslublari
Boshliq va buysunuvchini o‘zaro munosabatlariga alohida talablar qo‘yiladi. Odatda rahbar - jamoada muhim shaxs. U insonlar bilan qanday muomala qilishi, qay tarzda va nimalarga aralashishi, o‘z qo‘l ostidagilarga munosabatiga ko‘p narsa bog‘liq.
Nemis yozuvchisi Knoblokning rahbarga jamoadagi xulqda o‘z yo‘lini topib olish ba’zan qanchalik murakkabligini aks ettiruvchi hajviyasi ko‘pchilikka ma’lum:
“Ishga vaqtida kelsa”, “Ishga azonlab yugurib kelibdi, bizni aldamoqchi” deydilar. Kech kelsa, kesatib: “Boshliqlar kechikmaydilar, ular ushlanib qoladilar”- deydilar. “Rafiqangiz, bolalaringiz tuzukmi” desa – “Birovning ishiga bo‘rnini tiqadi”. So‘ramasa - “Shunakayam kurs bo‘ladimi” deydilar.
“Qanday taklif bor?” – deb qiziqsa – “O‘zida hech qanday taklif yo‘q”, deb shivirlaydi. So‘ramasa – “Jamoa fikriga quloq solmaydi”.
Masalani tez hal qilsa – shoshma-shoshar, uylashni istamaydi. Sekin hal qilsa – qat’iyatsiz, mas’uliyatdan qochuvchi.
Yfngi shtat birligini talab qilsa – shtatni ko‘paytiradi. “Bor kuchlar bilan uddalaymiz” desa – “Bizni qurbon qilmoqchi” deb norozi bo‘ladilar.
Yuqoridagi ko‘rsatmalarsiz ish yuritsa - o‘zboshimcha, ko‘rsatmalarni aniq bajarsa – eski byurokrat. Xazillashsa – “Qitiqlamasang kulmaydi”. Hazillashmasa “Hech kulganini ko‘rganmisizlar?” deb gapiradilar.
Do‘stona muomala qilsa – ishonchga kirib olmoqchi. O‘zini alohida tutsa – manman.
Ishlar yaxshi ketayotgan bo‘lsa pirovardida, bu biz ishlayapmiz. Reja bajarilmasa – qilmishiga yarasha, u bir o‘zi aybdor – deydilar.
Odatda rahbarlikni uch tipga ajratadilar – avtoritar, demokratik va erkin (liberal). Ishga doir etiket xulqning qanday yo‘nalishini tanlashga maslahat beradi? O‘zingiz hal qiling.
Avtoritar rahbar qarorlarni yakka o‘zi qabul qiladi va bo‘ysinuvchilarning xatti-harakatlarini, ularga tashabbus ko‘rsatish imkoniyatini bermay, qat’iy ravishda belgilaydi. Bunday rahbarga o‘zshaxsini yuqori baholash va qo‘l ostidagilarning ishchanlik va insoniy sifatlariga yetarli baho bermaslik xos. U odatda o‘zini va u boshqarayotgan firmani, o‘zini va unga buyso‘ngan jamoani bir-biriga tenglashtiradi, ko‘pincha ishda “yonadi”, o‘zini usiz tasavvur qila olmaydi, shaxsiy hayotini unutadi, kuchini ayamasdan, lekin qo‘l ostidagilari haqida qayg‘urmasdan ishlaydi. Avtoritar rahbar ko‘pincha hech qanday xarajatlarni, shu jumladan insonlarni ham ayamasdan ishlab chiqarish maqsadlariga erishishni ko‘zlaydi. Bunday rahbar bilan birga kishilar o‘zlarini “vulqon”dagidek, favqulotdagi vaziyat holatida his qiladilar. Ularni zaruriyatsiz bezovta qiladilar, asablariga tegadilar, xaddan tashqari ishlatadilar. Bunday tipni “Rahbar o‘zini qanday tutmasligi kerak” degan qo‘llanmaga kiritish mumkin. Biroq avtokratni qattikqo‘l rahbar bilan adashtirmaslik kerak.
Rahbarlikning demokratik uslubi bo‘ysinuvchilarga ularning malakasi va ish xususiyatlariga mos bo‘lgan mustakkilikni berish, ishlab chiqarish masalalarini ularning bevosita ishtirokida yoki hech bo‘lmaganda ular bilan muhokama qilingandan so‘ng hal qilish, ularning ishlashi uchun zaruriy sharoitlarni yaratish, ularning harakatlarini holis baholash, insonlarga ijobiy munosabatda bo‘lish va ularning ehtiyojlari haqida o‘ylash kabilarni ko‘zlaydi. Rahbarning bunday harakatlari nafaqat yakkaboshchilik prinsiplarini barbod qilib anarxiyaga olib keladi, balki rahbarning real hokimligini va obro‘sini mustahkamlaydi, jamoada unumli ish sharoitini yaratishga ko‘maklashadi. Rahbarlikning bu uslubida qo‘l ostidagilarning tashvishlari va qiziqishlarini bilish zarur. Yirik yapon firmalarining birida shunday qoida mavjud: “Haftada soat, oyda kun”. Aynan shunday davriylik bilan yuqori rahbarlikni o‘z ichiga olgan ma’muriyat sexga keladi va ishchilar bilan yonma-yon konveyyerda ishlaydi. Bunday amaliyot tashabbuskorlari hisoblaganidek, bu ishchilar bilan aloqani saqlashga, ularning kayfiyati, ish va turmush sharoitlarini bilishga imkon beradi. Rahbarlikning bunday uslubi eng ma’qul hisoblanadi. Liberal uslub. Buni ko‘pincha rahbar ishni o‘z holiga tashlab qo‘yganda albatta, samarasiz sifatida ko‘radilar.

Yüklə 52,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin