Masalalarni yeching: 1-masala: ”Boshqotirma” ni yeching:
Diagramma asosida masala tuzib, yig‘ib olingan har bir meva massasini toping va kilogrammda ifodalang:
Uyga vazifa: bir soatlik dars ishlanma yozish.
Vaqt o’lchov birliklari Mavzu haqida qisqacha ma`lumot O`quvchilarni vaqt o`lchov birligi bilan tanishtirish Mavjud dastur bo‘yicha vaqt miqdori va uning o‘lchov birliklari bilan tanishuv 2-sinfda amalga oshiriladi. Vaqt haqidagi tushunchani shakllantirish jarayonidagi murakkablikni nazarda tutib, bu sohadagi ishlarni birinchi sinfdanoq boshlamoq lozim.
O‘quvchilarning kunlar va oylarini yozib borishi, oy va hafta ichida kunlar soni qancha ekanligini aniqlash, dars va tanaffuslar davomi kabi amaliy ishlar birinchi sinfdanoq vaqt haqidagi tushunchalar berib boriladi. 2-sinfda esa yil, oy, sutka (kecha-kunduz), soat va minut kabi birliklar o‘rganiladi. 3-sinfda esa, sekund va asr tushunchalari o‘tilishi bilan bolalarda vaqt haqidagi tushunchalarni yanada aniqlashtirishga erishiladi. Vaqt birliklari haqida tasavvurni shakllantirish uchun turli mashg‘ulotlar o‘tkazish yaxshi samara berishi mumkin, masalan: o‘qituvchi o‘zi qarsak chalgandan so‘ng bir minut o‘tgach, bolalar ham qarsak chalishini tushuntiradi. Kalendar bilan ishlash ham yaxshi natija beradi. Darslikda keltirilgan mashqlarni bajarish davomida bolalar yil davomida qancha oy, haftada qancha kun borligini va ularning davomiyligini bilib oladilar.
3-sinfda vaqt birliklari bilan bog‘liq mashqlarni bajarish jarayonida «ulush» mavzusiga oid materiallar bolalar ongida mustahkamlashga erishiladi. Soatga qarab vaqtni belgilash ko‘nikmasini shakllantirish muhim vazifa hisoblanadi. Soat modelidan foydalanib, o‘qituvchi har kuni bu ishga birgina minut vaqt ajratishi mumkin.
Vaqt birliklari haqida tasavvurni shakllantirishda unumdorlik, umumiy ish hajmi va vaqt, tezlik va vaqt masofa va vaqt kabi miqdorlar o‘rtasidagi mutonasiblikka oid masalalar katta ahamiyatga egadir.
Ushbu mavzularni o`rgangach, o'quvchilar tezlik, vaqt, masofa va ular orasidagi bog`lanishni, harakatga doir masala turlarini o`rtacha tezlikni hisoblash qoidasini bilishlari lozim. Ular harakatga doir soda masalalar yecha olish, bir tomonga yo`nalgan, qarama-qarshi yo`nalgan va uchrashma harakatga doir masalalar yecha olish konikmasiga ega bo`lishlari kerak.
1 soat =60 min 1 min = 60 s 1 sutka = 24 soat