4-amaliy mashg`ulot: miqdorlarni o’lchash, O‘lchov birliklarining turlari orasidagi bog‘liqliklar va ular ustida amallar bajarishga o‘rgatish metodikasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə1/8
tarix18.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#116016
  1   2   3   4   5   6   7   8
4- AMALIY MASHGULOT


4-AMALIY MASHG`ULOT: MIQDORLARNI O’LCHASH, O‘LCHOV BIRLIKLARINING TURLARI ORASIDAGI BOG‘LIQLIKLAR VA ULAR USTIDA AMALLAR BAJARISHGA O‘RGATISH METODIKASI.(2 soat)


Mashg’ulot maqsadi: Miqdorlarni o’lchash, o‘lchov birliklarining turlari orasidagi bog‘liqliklar va ular ustida amallar bajarishga o‘rgatish metodikasi haqida ma`lumotlar berish hamda tajribada sinash.
Mashg’ulot jihozi: o’quv majmua, darslik, daftar, tarqatma materiallar, doska, bo’r, tarqatmalar va boshqalar.
Amaliy ishlash uchun topshiriqlar.
1.Mavzu haqida qisqacha ma`lumot.
2.Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
3.Dars ishlanmasi yozish.
1.Mavzu haqida qisqacha ma`lumot.
Mavzu bo‘yicha talabalarning bilimi va unga bo‘lgan talablar:
– Maktabning qaysi sinflarida matematika kursi (fani)ni bo‘yicha o‘quvchilar qanday miqdorlar va ularning o‘lcham birliklari bilan tanishishlari lozimligini;
– Boshlang‘ich sinflarda miqdorlar haqida tushunchalar tasavvurlarini shakllantirishga umumiy yondashishni bilishi kerak.
Shuningdek:
– uzunlik, massa, hajm, vaqt va maydonlarni o‘rganishda o‘quvchilarda miqdorlar haqida tasavvurni shakllantirish uchun umumiy yondashuvni qo‘llay ola bilishi;
– maqsad sari yo‘naltirilgan amaliy ishlarni tashkil eta bilishi;
– miqdorlarni o‘rganishda turli xil vositalardan foydalana olishi;
– o‘quvchilarda o‘lchash bilan bog‘liq ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasini amalda qo‘llay olishi lozim.
Bu amallarni yozishni ikki usuli taklif etiladi. Birinchi usulda o’lchovlar kichik o’lchovlarda ifodalanadi, so’ngra miqdorlarning son qiymatlari ustida amallar ko’p xonali sonlar kabi bajariladi, keyin kichik o’lchovlar katta o’lchovlarda ifodalanadi: 8 m 20 sm—3 m 80 sm=820 sm—380 sm=440 sm=4 m 40 sm
820
380
440
Bu usul 4- sinf matematika darsligida qo’llanilgan. Ikkinchi usulda yozuv ustun qilib bajariladi:

8 m 20 sm

7 m 120 sm

3 m 80 sm

3 m 80 sm

4 m 40 sm

4 m 40 sm

Tushuntirish: «20 sm dan 80 sm ni ayirish mumkin emas. Katta o’lchovdan qarz olamiz va kichik o’lchovda ifodalaymiz. 1m — bu 100 sm va yana 20 sm, bo’ladi 120 sm, 120 sm dan 80 sm ni ayiramiz, 40 sm ni hosil qilamiz, 7 m dan 3 m ni ayiramiz, 4 m qoladi, natijada 4 m 40 sm».
Bunday ham tushuntirish mumkin:
«1 m — bu 100 sm, 100 sm dan 80 sm ni ayiramiz, 20 sm ni olamiz, yana 20 sm bor edi, jami 40 sm va hokazo.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin