4- mavzu: Amaliy jismoniy tayyorgarlikning mazmuni va mohiyati


Amaliy jismoniy tayyorgarlikning tuzilishi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə5/6
tarix01.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#92252
1   2   3   4   5   6
4-1

4.2. Amaliy jismoniy tayyorgarlikning tuzilishi.
Jismoniy tayyorgarlik masalalarini muvoffaqiyat bilan hal qilish maqsadida komandirlar jismoniy tayyorgarlik va sport mutaxassislari boʻlgan ofitserlar ishtirokida, shaxsiy tarkibga jismoniy tarbiya va sport masalalari buyicha OʻzR. Prizedenti farmonlari va Oʻz.R hukumati qarorlari, OʻzR Mudofa Vazirligining jismoniy tayyorgarlik boʻyicha buruklaridan kelib chiquvchi talablar haqida tushuntirish ishlarini olib boradilar: jismoniy tayyorgarlik boʻyicha ommaviy-sport ishlari koʻriklarida, sport va harbiy-sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishlari uchun harbiy xizmatchilar va boʻlinmalar oʻrtasida musobaqalarni tashkil qiladilar: harbiy xizmatchilarni jismoniy tayyorgarlik va sport boʻyicha oʻquv modiy-texnika bazasini yaratish va tokomilashtirish ishlariga faol jalb qiladilar, sport toʻgaraklarida va jamoalarda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida, sport va harbiy-sport musobaqalari jarayonida sportchilar orasida tarbiyaviy ishlarni olib boradilar, shaxsiy tarkibni jismoniy tayyorgarlik va sport sohasida erishgan yutuqlarini targʻibot qiladilar, sport bayramlarini va kechalarini oʻtkazishda, jismoniy tayyorgarlik va sport boʻyicha koʻrgazmali targʻibot vositalarini tayyorlashda ishtirok etadilar.
Jismoniy tayyorgarlikka rahbarlik o‘z ichiga: jismoniy tayyorgarlik tadbirlarini rejalashtirish; jismoniy tayyorgarlik tadbirlarining ta’minotini amalga oshirish; jismoniy tayyorgarlik tadbirlarini tashkillashtirish va o‘tkazish; jismoniy tayyorgarlik ustidan nazorat olib borish; jismoniy tayyorgarlik tadbirlari va erishilgan natijalar hisobi yuritilishini mujassam etadi. Harbiy qism va muassasalarda olib boriladigan jismoniy tayyorgarlikka rahbarlik qilish tadbirlari: harbiy xizmatchilarning belgilangan muddatlarda jismonan kamol topib borishlari uchun mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanishni; barcha mansabdor shaxslar jismoniy tayyorgarlik va sportga oid o‘z xizmat majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun shart-sharoitlar yaratilishini; jismoniy tayyorgarlikning holatiga oid mas’uliyat turli pog‘onalarga mansub bo‘lgan rahbariyat tarkibi orasida aniq taqsimlanishini; shaxsiy tarkibga ko‘rsatiladigan ijobiy ta’sirning tezkor va samarali kechishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi birlashma, harbiy qism va muassasalarda jismoniy tayyorgarlikka tegishli barcha komandirlar (boshliqlar) rahbarlik qiladi.
Jismoniy tayyorgarlik O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri va Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘ining sohaga oid buyruq va direktivalari, tashkiliy-uslubiy ko‘rsatmalar, birlashma, harbiy qism va muassasalarda har yili ishlab chiqiladigan sohaga oid buyruq va rejalar hamda mazkur Qo‘llanmada bayon etilgan talablarga asosan tashkillashtirilib, olib boriladi. Birlashma, harbiy qism va muassasalarda jismoniy tayyorgarlikka oid eng muhim masalalar tegishli komandir va boshliqlarning yozma buyruqlari bilan yo‘lga qo‘yiladi
Harbiy qism (muassasa) va bo‘linmalarda jismoniy tayyorgarlikka oid joriy vazifalarni hal etish maqsadida harbiy qism (bo‘linma) sport qo‘mitasi, sport faollarining xizmat yig‘ilishlari, majlislari, shuningdek, shaxsiy tarkibning umumiy majlislarida davriy ravishda o‘tkazilib boriladi
Bruslarda qoʻllarga tayanib turgan holda «burchak» holatini ushlab turish.
19-mashq. Brusdan 90O ga burilgan tarzda yondamasiga sakrab tushish mashqi (11-rasm). Mashqning OHTM 1-kurs kursantlari va 2-yosh guruhiga mansub harbiy xizmatchilar tomonidan bajarilishi: brusga sakrab chiqib, unga yotqizilgan qo‘lga tayanib osilish; tanani tebratish va havoda ikki bukkan tarzda yuqoriga ko‘tarib, oyoqlar orasini keng ochgan holda brusning ikkala xodasiga (jerdiga) o‘tirish; oyoqlarni brus orasiga kiritib, ortga tebranish; oldinga takror tebrangancha, brus xodalaridan biriga o‘tirish; bir qo‘lga tayanib, brusning ikkala xodasi uzra yondama sakrash va sakrash davomida tanani chap (o‘ng) tomonga 90O ga burish. Mashqning OHTM 2-kurs kursantlari va 1-yosh guruhiga mansub harbiy xizmatchilar tomonidan bajarilishi: brusga sakrab chiqib, unga yotqizilgan qo‘lga tayanib osilish; tanani tebratib, havoda ikki bukkan tarzda yuqoriga ko‘tarish; ortga tebranib, oldinga takror tebranish davomida brus xodalaridan biriga o‘tirish; bir qo‘lga tayanib, brusning ikkala xodasi uzra yondama sakrash va sakrash davomida tanani chap (o‘ng) tomonga 90O ga burish.

18-rasm. Brusdan 90O ga burilgan tarzda yondamasiga sakrab tushish
OHTM 3-kurs va undan yuqori kurslarida tahsil olayotgan kursantlari tomonidan mashqning bajarilishi: brusga sakrab chiqib, unga yotqizilgan qo‘lga tayanib osilish; tanani tebratish va havoda ikki bukkan tarzda yuqoriga ko‘tarib, oyoqlar orasini keng ochgan holda brusning ikkala xodasiga o‘tirish; orqada qolgan qo‘lni oyoq oldiga olib o‘tish; kuch ishlatgan tarzda yelkada tik turish (tananing ushbu holatini 2 soniya davomida saqlash); oldinga o‘mbaloq oshish va oyoqlar orasini keng ochgan holda brusning ikkala xodasiga o‘tirish; oyoqlarni brus orasiga kiritib, ortga tebranish; oldinga takror tebrangancha, brus xodalaridan biriga o‘tirish; bir qo‘lga tayanib, brusning ikkala xodasi uzra yondama sakrash va sakrash davomida tanani chap (o‘ng) tomonga 90O ga burish. Harbiy xizmatchining maxsus sifatlari – harbiy xizmatchi organizmining harbiy-professional faoliyati davomida yuzaga keladigan muayyan omillar ta’siriga bardosh bera olish xususiyatini anglatadi. Organizmning bunday xususiyatlariga asosan: chayqalish, gravitatsion yuklama, kislorod yetishmasligi, tebranish, gipodinamiya ta’siriga bardosh berish qobiliyati kiradi. Chayqalish ta’siriga bardosh berish qobiliyati – organizmning samolyot, vertolyot, jangovar mashina, transport vositasi kabi obyektlar tegishli makonda harakatlanayotganida yuzaga keladigan mexanik qo‘zg‘ovchilar ta’siri va tezlik o‘zgarishiga chidamliligini anglatadi. Ushbu qobiliyat bosh va gavda muvozanatini idora qiladigan organga (vestibulyar apparatga) ta’sir o‘tkazadigan jismoniy mashqlar, xususan: maxsus sport snaryadlarida bajariladigan mashqlar hamda akrobatika va gimnastika mashqlari vositasida rivojlantiriladi.
Bruslarda qoʻllarga tayanib turgan holatda, oyoqlarni 90 graduslik burchak ostida koʻtarib «burchak» holatini qabul qilinadi va bruslardan yuqori qilib ushlab turiladi. Mashqni bajarish vaqti «burchak» holati qayd qilingandan boshlab, oyoq tovonlari bruslardan pastga tushgunga qadar boʻlgan oraliqda belgilanadi. Mashq 1,2 va 3-№ kiyim shaklida bajariladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin