Ma`ruzalar matni



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix07.01.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#207835
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1685356218 (6)




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
MUDOFAA VAZIRLIGI 
OLIY va O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
HARBIY FAKULTET
Harbiy qonunchilik asoslari
FANIDAN
 
MA`RUZALAR MATNI 
 
«CHaqiriqqacha harbiy ta`lim» yo’nalishi talabalari uchun 
TOSHKENT - 2007
ANNOTATTSIYA 
“Harbiy qonunchilik asoslari” fanidan ma`ruza matnlari to’plami 
“CHaqiriqqacha harbiy ta`lim” fakulteti talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, 
mazkur fan bo’yicha o’quv dasturi doirasidagi mavzular kiritilgan. 
Mazkur to’plamda huquq va uning davlat qurilishidagi o’rni, O’zbekiston 
Respublikasi qonunlarida harbiy qurilish masalalari to’g`risida, askar va ofitserlar 
tarkibining harbiy xizmatlari, harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolariga davlat 
ta`minoti va ularga beriladigan imtiyozlar, hyquqbuzarliklarga qarshi kurash va 
harbiy xizmatchilar va o’quv yig`inlariga chaqirilganlarning huquqiy javobgarliklari 
to’g`risida bayon qilingan. 
To’plamda shuningdek harbiy adliya va surishtiruv organlari, jinoiy ish yuritish 
hamda Davlat mukofotlari, faxriy unvonlar va ko’krak nishonlari va xizmat 
yozishmalari ham mazkur to’plamga alohida mavzu sifatida kiritilgan.
 
 
 
Mavzu-1. Huquq va uning davlat qurilishidagi o’rni.



O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi Vatan mudofaasi to’g`risida. 
O’quv tarbiyaviy maqsadlari. 
1.Talabalarga harbiy qonunchilik va qurolli Kuchlar tashkil topishi
bo’yicha nazariy bilim berish. 
2.Talabalarni Vatan himoyasi yo’lida qiladigan ishlarida malarakarini 
oshirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash..
O’quv savollari. 
1 Huquqning manba`lari va mohiyati. O’zbekiston Respublikasida 
qonunchilikning asosiy hususiyatlari 
2.Harbiy huquq haqida tushuncha va uning 
O’zbekiston 
Respublikasi 
tizimidagi o’rni. Vatan humoyasi haqida. 
3.Harbiy huquqning O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlaridagi 
ijtimoiy roli. 
Harbiy qonunchilik asoslari fanining maqsadi boshqa ijtimoiy bilimlar va 
o’quv fanlari bilan birgalikda bo’lajak zahiradagi ofitserlarni harbiy raxbar 
mutaxassisligiga tayyorlashdagi asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Bu fanning asosiy 
masalalari birinchi kurs talabalarining yoshlarning chaqiriqqacha boshlang`ich 
tayyorgarligi bo`yicha turli ko’rinishda o’tkaziladigan mashg`ulotlari majmuasiga 
kiritilgan.Bu fanni o’rganish vaqtida harbiy qurilish masalalari, askarlar va ofitserlar 
tarkibining harbiy xizmati, harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolariga 
beriladigan imtiyozlar, huquqbuzarlarga qarshi kurash, harbiy xizmatchilarning 
huquqiy javobgarligi, harbiy adliya va surishtiruv organlari, jinoiy ish yuritish, davlat 
mukofotlari, faxriy unvonlar va ko’krak nishonlari va xizmat yozishmalari hamda ish 
yuritish xaqida bilim oladilar va o’rganadilar. Bu fanni o’rganishga ___soat, ulardan 
ma`ruzaga____ soat seminar va amaliy mashg`ulotga ____ soat va talabaning 
mustaqil ta`limi uchun ___ soat vaqt ajratilgan. 
Harbiy qonunchilk asoslari fani ofitser uchun, shu jumladan kasb hunar 
kollejlari harbiy rahbari uchun ham o’ta muhim bo’lgan keng doiradagi 
muammolarni qamrab oladi. Har biringiz kasb - hunar kollejlaridagi amaliyotning 
birinchi kunlaridayoq yangi bilimlarni egallash va ularni doimo aniqlashtirish va 
kengaytirish zarurligiga ishonch hosil qilasizlar.
1. Huquqning manbaalari va mohiyati. O’zbekiston Respublikasida 
qonunchilikning asosiy hususiyatlari.
Tarix 
shundan 
dalolat 
beradiki, 
insoniyatning 
barcha 
rivojlanish 
bosqichlarida o’zaro tartib va uyushish ob`ektiv zarur bo’lib kelgan. Umumiy 
munosabatlarda ma`lum tartibning zarurligi tabiatdan insonlarning umumiy mehnati 
va ularning ijtimoiy hayotda birlashganlaridan kelib chiqadi. Intizomiy uyushish 
tartibga solishning har-hil yo’llari bilan amalga oshiriladi. 
Huquqning tarixiy kelib chiqishi, xususiy mulkchilikning paydo bo’lishi va 
dushman sinflari yo’qolishining qonuniy natijasi bilan bog`liqdir. 
Huquq va davlat - jamiyatning bir-biri bilan bog`liq bo’lgan tushunchalaridir. 
Ta`kidlab o’tilgandek huquqning kelib chiqishi davlat bilan bog`liqdir. Davlat va 
huquq - sinfiy jamiyatning eng avvalgi rivojlanish bosqichlarida mavjud bo’lgan. 



Huquqiy me`yorlar - organlar orqali davlat tomonidan o’rnatilishi, o’zgartirilshi va 
bekor qilinishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki huquq davlatsiz mavjud bo’lmaydi. 
Ammo davlat ham o’z o’rnida huquqsiz mavjud bo’lolmaydi. Birinchidan 
huquq davlat organlari va yuqori lavozimdagi shaxslarning vakolatlarini o’rnatish va 
cheklash uchun ham xizmat qiladi. Ikkinchidan - huquq aholi va davlat o’rtasidagi 
munosabatlarni ijtimoiy ko’rsatmalariga ko’ra yo’lga qo’yadi, umumiy tartib 
o’rnatish va uni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. 
SHuning uchun biz huquqiy 
davlatni umumiy siyosiy - huquqiy uyushmasi sifatida ko’rib chiqamiz. 
Huquq o’ziga xos bo’lgan umumiy munosabatlarning regulyatorlaridan 
farqlovchi belgilarga ega bo’lib bu belgilar quyidagilardan iborat: 
Huquq davlat tomonidan o’rnatilib, bunyod etish, o’zgartirish va bekor qilish 
uchun qulay bo’lgan davlatning erkin normalari tizimini tashkil etadi. Huquqiy 
normalar davlat hukumati tomonidan rasmiy ravishda e`lon qilinadi va mahsus tasdiq 
hujjatlarida (qonunlar, qarorlar, harbiy nizomlar va hokozolar)da ifoda etiladi. 
Maksimal aniqlik, qonunchilik aktlarini hujjatlashtirishning muayyanligi aniqligini, 
ish tartibi, buyruqlar bajariluishini ustidan nazorat olib borishga imkon beradi va 
qonunchilikni qattiq tartib intizomni qaror topdirishda muhim yuridik kafolat bo’lib 
hizmat qiladi. 
Inson, boshqa inson hulq-atvor regulyatorlaridan o’zining normalarida davlat 
hukmronligini ifoda etish, insonlarga va ularning tashkilotchiligiga kafolatli davlat 
huquqlarini taqdim etish bilan farq qilib, ularga zaruriy hulq- atvorni o’zida aks 
ettiruvchi yuridik burchlarini yuklaydi va zid kelgan taqdirda ta`qiqlar o’rnatadi. 
Ko’rsatib o’tilgan ikki huquqiy belgi uning uch belgisini harakterlaydi. 
Huquqiy normalarning ijrosi, davlat tomonidan kafolatlanadi. Ular buzilishidan 
nafaqat jamiyat, balki insonlar huquqlari ham davlat apparati kuchiga tayangan davlat 
majburiyat choralari orqali ham himoyalanadi. 
Huquq jamiyat hayotida o’ziga hos funksiyani to’liq bajaradi. U jamiyat 
munosabatlarining davlat regulyatori, fuqorolarning qonuniy qiziqishlari, yani 
o’rnatilgan intizomni qo’riqlovchi vositasi bo’lib hizmat qiladi. 
Huquqiy va boshqa ijtimoiy me`yorlar orasidagi farq ularni ajratib qo’yishini 
anglatmaydi. Ularning barchasi doimo o’zaro ta`sirdadir va buyuk kelajak qurish 
maqsadidagiumuminsoniy 
jamiyat munosabatlarini tartibga solish masalalarini 
echishda bir birini qo’llaydi. 
Etakchi davlat organlari tomonidan qabul qilingan va tasdiqlangan, o’zida 
huquqiy me`yorlarni mujassam etgan yozma aktlar huquqiy masalalari deyiladi.
Huquq manbalarning asosiylari quyidagilardir: 
- O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi; 
- O’zbekiston Respublikasining qurolli Kuchlari qonunlari; 
- O’zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining meyoriy buyruq va 
farmoyishlari; 
- Vazirliklar, davlat komitetlari va muassasalar;
- Mahalliy kengashlar va ularning ijro komitetlarining meyoriy hujjatlari; 
- Davlat vakolat organlari tomonidan ruxsat berilgan jamoat tashkilotlarining 
meyoriy hujjatlari; 
- Davlat huquqlarini mukammallashtirib borishida doyimiy g`amho’rlik 
olib boradi va uning meyorlarida xalqning hohish va qiziqishlari aniq va ravshan 



yoritilishini, 
suveren 
O’zbekiston qurishning eng muhim zaruriyatlarini 
ko’rsatilishini ta`minlaydi. 
Meyoriy - huquqiy aktlar tizimida to’g`ri yo’l topish, kerakli, qonunlarni tez 
ishlab chiqish uchun hamda huquqiy meyorlarni mustahkamlash uchun kodeks
nizom va harbiy nizomlarni tartiblangan akt negizida birlashtirib o’tkaziladi. 
SHunday aktlarga misol qilib O’zbekiston Respulikasi qurolli Kuchlarning 
umumhariy nizomini kiritish mumkin. Muntazamlashtirishning mukammal 
ko’rinishlaridan biri bu qonunlar to’plami bo’lib, u o’zida O’zbekiston 
Respublikfsining qonunchilik aktlarini birlashtiradi. 
2. Harbiy huquq haqida tushuncha va uning O’zbekiston Respublikasi 
tizimidagi o’rni. Vatan humoyasi haqida. 
Harbiy huquq haqida tushuncha va uning O’zbekiston Respublikasining 
huquqiy tizimidagi o’rni. Vatanni himoya qilish haqida O’zbekiston Respublikasining 
Konstituttsiyasida joriy etilgan huquqiy meyorlarni o’rganib, shuni ta`kidlash 
lozimki, ular davlat organlari tomonidan har hil vaqtda har hil savollar bo’yicha 
o’rnatilgan va har hil yuridik kuchdagi odatiy manbalarda aks ettirilgan. Buning 
natijasida bir tomondan ularning birdamligi va muvofiqligini ta`minlash zarurligi 
kelib chiqsa, boshqa tomondan amaliyot qiziqishlari ularni aniq bir jamiyat 
munosabatlari guruhlariga moslashtirgan holda differensiya qilish zarurligini aytadi. 
Bu ikki tomonlama masala shunday bir sistema tizimi yordamida echiladiki, u 
huquqiy normalarni o’zaro muvofiqlashtiruvchi harakterga ega bo’lib, jamiyat 
munosabatlarining muhim tomonlariga mos kelgan holda ularning bir biri bilan 
bog`liq bo’lgan soha va institutlariga ajratish ob`ektiv zarurligini o’zida ifoda etadi. 
Huquqning soha va institutlarga bo’lish har bir jamiyat munosabatlarini aniq 
tartibga solishga imkon berib kerakli huquqiy ahborotni qidirishni engil- lashtiradi, 
bu esa huquqiy buyruqlar ijrosini yahshi- lashga olib keladi. 
Harbiy huquqiy qonunlar shunday boshqa davlat aktlari to’plamini taqdim 
etadiki, ular o’zida qonunchilikning har hil soha normalarini aks ettiradi va qurolli 
Kuchlar 
hayotiy 
faoliyatini, 
bunyodkorligi 
va 
unda 
o’rnatilgan harbiy 
qonunchilikning 
poydevor 
meyorini 
tashkil 
etib, 
bu 
meyorlar 
O’R 
Konstituttsiyasining quyidagi moddalarida (52, 125, 126) o’z ifodasini topgan.
Hajm bo’yicha uning muhim qismlaridan biri bu ma`muriy qonunchilik, 
Harbiy qasamyod, Harbiy nizom meyorlari, hamda har hil darajadagi harbiy 
hizmatchilarning hizmatni o’tash haqidagi va harbiy ho’jalik haqidagi qarorlari va 
nizomlar hamda boshqa meyoriy harbiy huquqiy aktlar hisoblanadi. 
Harbiy qonunchilik tarkibiga moliya, er, fuqorolik qonun normalari kirib, 
ular qurolli Kuchlar faoliyati va ta`minoti bilan bog`liq munosabatlarni yo’lga soladi. 
SHu bilan birga harbiy qonunchilik o’zida, jinoiy qonunchilikni, harbiylarning jinoiy 
javobgarligi va qurolli Kuchlarning o’ziga hos belgilarini hisobga olgan harbiy 
yustisiya organlari faoliyatini yo’lga soluvchi sudho’rlik va prokuror nazorati 
qonunchilik meyorlarini aks ettiradi. 
O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari harakteri va vazifalari ularga 
tayinlangan funksiyalar, harbiylar va harbiy boshqaruv organlari faoliyatining 
asoslari, nizomlari va maqsadlari ma`lum ravishda harbiy huquqqa ta`sir ko’rsatadi. 
Bu hususiyatlar quyidagilardan iborat: 



1- Harbiy huquq davlat hayotidagi boshqa sohalarga qaraganda batafsilroq 
bo’lib, u harbiy munosabatlarni yo’lga soladi; 
2- Harbiy huquq meyorlari, unga ko’rsatiladigan qayta qat`iylik bilan 
harakterlanadi; 
3- Harbiy xizmatchilar qayd etilgan harbiy huquqlarni buzilishi va 
bajarmasligiga qarshi katta javobgarlikni o’z zimmalariga oladilar; 
4- Harbiy huquq uchun shunday manbalar harakterlidirki, ular tashkil etgan 
kompleks uning yadrosi hisoblanadi. 
Harbiy huquqni uni manbalari bilan o’rganish juda muhimdir. Bunday 
manbalar ichida eng muhimi va eng etakchisi O’zbekiston Respublikasi 
Konstituttsiyasidir. Uning harakterli jihati shundaki, u o’zida qurolli Kuchlar qurilishi 
sohasidagi munosabatlarni yo’lga qo’yish normalarini ifoda 
etadi. 
Bunga 
O’zbekiston Respublikasi. Konstitut-siyasining 26 bobida (“Mudofaa va havfsizlik”)
o’z ifodasini topgan 125-126 moddalarni aytib o’tishimiz mumkin hamda 
O’zbekiston Respublikasini himoya qilish-O’zbekiston Respublikasi har bir 
fuqorosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil 
xizmatni o’tashga majburdirlar degan iboralari bilan 52-moddani kiritish ham 
mumkin. 
Harbiy huquqlarning bajarilishiga umumiy harbiy nizomlar bilan bir qatorda 
yana bir qancha meyoriy hujjatlar ham o’z ta`sirini ko’rsatadi, bular: harbiy 
xizmatchilarning moddiy javobgarligi, ofitserlar tarkibining harbiy 
unvonlari 
haqida qonunda belgilanganligidir. Harbiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda 
harbiy boshqaruv organlarini huquqiy aktlari etakchi o’rinni egallaydi.
O’zbekiston 
Respublikasi qurolli Kuchlari safida xizmat qilish qonunda, 
harbiy nizomlar, yo’riqnomalar, meyoriy qoidalar va O’zbekiston Respublikasi 
Mudofaa Vazirligi va quyi harbiy boshqaruv organlarining qo’llanmalarida 
ko’rsatilgan.
Ta`kidlab o’tilgan meyoriy aktlarda o’z ifodasini topgan huquqiy meyorlar, 
hamda huquqning an`anaviy meyorlari o’zining yig`indisida harbiy huquqni tashkil 
etadi. SHu tariqa harbiy huquq - bunyodkorlik, hayot, turmush sohasidagi 
munosabatlarni yo’lga soluvchi, O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlarning 
prinstip va shakllarini mustahkamlovchi O’zbekiston Respublikasida o’rnatilgan 
huquqiy meyorlar yig`indisidir. Harbiy huquq shaxsiy tarkib tomonidan hizmatni 
o’tash tartibini, ularning huquq va burchlarini aniqlab beradi.
O’ziga xos xususiyatlari evaziga harbiy huquq meyorlari O’zbekiston 
Respublikasining qurolli Kuchlarini tashkil etish va mustahkamlashda etakchi rol 
o’ynaydi.
3.Harbiy huquqning O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi ijtimoiy 
roli va o’rni. 
Harbiy qurilish prinstiplari. Ma`lumki, O’zbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlarini tashkil etish sohasidagi siyosat asosida O’zbekistonni himoya qilish
uning xududiy yahlitligini saqlash, xalqimizning tinch – osuda hayotini saqlash 
yo’lidagi mehnati bo’ladi. Bu himoyaning muhim holatlari, harbiy qurilish 
prinstiplarida o’z aksini topgan.
Ular quyidagi guruhlarga bo’linadi.



1. Ijtimoiy-siyosiy asoslar harbiy qurilishda davlatning o’rni, armiya va 
xalqning birligi, O’zbekiston Respublikasidagi barcha xalqlar do’stligi va mustaqil 
davlatlarning do’stligi. 
2. Qurolli Kuchlarning tashkiliylik prinstiplari, ularni jangga doimiy tayyor 
turishlari, harbiy qurilish rahbarlikni markazlashtirish, birdamlik, ongli harbiy 
intizom, qonuniylik, kadrlarni ularning ish qobiliyatiga ko’ra joylashtirish o’qitish va 
tarbiyalash prinstipi. 
Harbiy huquqning ijtimoiy roli - o’zining normalarida harbiy qurilish 
prinstiplarini mustahkamlashda, ularni umumiy majburiy huquqiy qoidalar tizimida 
qo’shilishini ta`minlashida o’z aksini topadi. Bu o’z yo’lida harbiy qurilish 
prinstiplarini hayotda qo’llashga, qo’shinni yuqori harbiy jangovar tayyorgarligini 
oshirishga qaratilgan harbiy huquqni kuchayishiga olib keladi. Harbiy huquq harbiy 
munosabatlarini tartibga solishda muhim ro’l o’ynaydi. Armiya shunday organizmki, 
u davlat tomonidan o’rnatilgan va har doim yashovchi va tayyor turuvchidir. 
Huquqiy aktlar orqali Qurolli Kuchlar turlarining va harbiy harakatlarini 
boshqarishda qo’shin turlarining munosabatlarini tartibga solishda, muhim o’rinni 
egallaydi. O’zining tashkiliy va tarkibiy roli bilan harbiy huquq harbiylarning 
jipslashuvi va birlashuviga, ularning jangovar maxoratini oshirishga va qonuniy
hohish va huquqlarni amalga oshirishda o’z ta`sirini ko’rsatadi. 
Harbiy huquqning yuridik asosi.
Harbiy xizmatchilarni o’qitish va tarbiyalashning yuridik asosini harbiy 
huquq tashkil etadi. 
Birinchidan, huquqda harbiy xizmatchilarni o’qitish va tarbiyalash 
masalalari, shaxsiy tarkib faoliyatining uslub va shakllari hamda vositalari 
aniqlanadi.
Ikkinchidan, huquq o’zida harbiy ishlarni mukammallashtirish va 
rivojlantirish natijasida erishilgan katta ilmiy darajadagi boy tajiribalarini 
gavdalantiradi.
Uchinchidan, huquqda qat`iy bajarilishi lozim bo’lgan tashkiliy va harbiy -
texnik qoidalar majmuyi mavjud.
Huquqiy hujjatlarni o’rganish harbiylarning o’z bilimlarini doimiy 
rivojlantirib borishiga, harbiy sohadagi o’zgarishlardan xabardor bo’lib turishiga 
yordam beradi. 
Harbiy qismning jangovar tayyorgarlik darajasi to’g`ridan-to’g`ri harbiy 
taktika, harbiy xizmatchilarni jangovar texnika va qurollarini qay darajada 
bilishlariga, ularni to’g`ri jangda qo’llash va olgan bilimlariga bog`liqdir.
Harbiy huquqning ya`na biri shuki, u ilmiy tavsiya va ilg`or tajribani qo’shin 
hayoti va faoliyatiga joriy qilish imkonini beradi. Ilmiy texnikaviy va 
qurollantirishiga sabab bo’ladi. Bu muommoni ilmiy tomonidan hal etish negizida
ularni chuqur o’rganish va tekshirish, bunyodkorlik tajribasidagi yangi va yetakchi 
vositalarni umumlashtirish metodi yotadi. Davlat va uning qurolli Kuchlarida ishlab 
chiqilgan yangi rekonstruktsiyalarni hayotga iloji boricha tezroq qo’llashga intiladi. 
Buni amalga oshirish uchun, bu yangi ilmiy tavsiyalarni huquqiy normalarda o’z 
vaqtida aks ettirish lozim. 
Ilg`or tajribani xizmatda qo’llash ham shunga muvofiqdir. Jangovar 
harakatlarni olib borishdagi yangi yutuq va usullar normativ aktlarda o’z aksini 



topgan harbiy xizmati va jamoalarning ilg`or tajribasi sekin-asta harbiy-huquqiy 
munosabatlar qatnashchilarining mulkiga aylanadi. 
Harbiy tartibni saqlashning asosiy kafolati bo’lib, harbiylarning bilimlari, 
nizom va qarorlarning to’g`riligidagi ishonch hisoblanadi. 
Qurolli Kuchlarda tartib saqlash ishlarida harbiy huquqiy normalardan keng 
foydalaniladi. Ularning roli har - xil yo’nalishlarda o’z aksini topadi. 
SHunday yo’nalishlardan biri, bu harbiy intizom va tartibga zaxmat 
ko’rsatuvchi harakatlarni nizom va meyoriy aktlarda ta`qiqlash hisoblanadi. Bunday 
ta`qiqlarga harbiy xizmatni o’tash chog`ida o’rnatilgan tartibga zid bo’lgan 
harakatlar uchun jinoiy javobgarlik haqidagi qonunni misol qilib keltirish mumkin. 
Ta`qiqlar qurolli Kuchlarda tartib-intizomni saqlashga yordam beradi. 
Agar biz harbiy huquqning tarbiyaviy imkoniyatlari haqida to’xtalib 
o’tmasak harbiy huquqning ijtimoiy rolini to’liq tavsiflay olmas edik. O’zbekiston 
Respulbkasi Konstituttsiyasining moddalari nafaqat fuqarolarning huquq va 
burchlarini yuridik rasmiylashtirish, balki u insonlarni tarbiyalashda ham muxim 
omil bo’lib hisoblanadi. 
Harbiy huquq o’zining tarbiyaviy ta`sirini buyruq va nizomlarni o’rganish va 
ularni bajarish chog`ida amalga oshiradi. Harbiy huquqning tarkibi bilan tanishuv 
xizmatchilarga ularga ko’rsatilayotgan talablarni qonuniyligini anglashga, huquqiy 
meyorlarga asoslangan harbiy tartibga hurmat bilan qarashga, o’zlari qilayotgan 
ishining kafolatlari ishonchliligiga ishonishiga imkon beradi. Bu o’z yo’lida qurolli 
Kuchlarning shaxsiy tarkibini yuqori huquqiy bilimlarini rivojlantirishga, uning 
huquqiy madaniyatini oshirishga, harbiy intizomni mustahkamlashga olib keladi. 
SHu bilan birga harbiy xizmatchilarni ularni tashabbuskorligi, hayrati, qahramonligi 
va xizmatdagi loyiq harakati uchun taqdirlash yoki intizomni buzganlar uchun jazo 
qo’llash harbiylarda intizom huquqini meyor talablariga qattiq rioya qilishga olib 
keladi. Oxir-oqibat esa ijobiy ta`sir ko’rsatishini ta`minlaydi. 
Huquqning tarbiyaviy ta`siri shunisi bilan kuchaytiriladiki, u millati, ilmiy 
darajasi, mansabi, harbiy unvonidan qat`iy nazar barcha harbiylarga bir xil talab 
qo’yadi, bu harbiy jamoani jipslashuviga, boshliq va bo’ysinuvchi orasidagi 
ishonchni, huquqiy buyruqlarni ongli ravishda bajarilishini kuchayishiga olib keladi. 
Bu borada harbiy huquqga bog`liq bo’lgan harbiy munosabatlarning reglamentattsiya 
faoliyati ham katta ro’l o’ynaydi. U harbiy huquqlarda harakatni umumiy 
jipslashuviga olib keladi.
SHu tariqa harbiy huquqga qurolli Kuchlarni mustahkamlash uchun 
ishlatiluvchi vositalar ichida katta o’rin beriladi. Armiya murakkab tuzilishdagi 
vositalarga ega, ularning ishlatilishi ko’pgina vositalarga ega, ularning ishlatilishi 
ko’pgina insonlar harakatining birligi bilan bog`liq bir paytda huquqning roli ayniqsa 
muhim bo’lib, u harbiy xizmatchilardan bor huquqiy meyorlarni to’liq bilishni va 
ularni kerak holatlarda to’g`ri va aniq qo’llanilishini talab etadi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin