3-mavzu. Prokariotlarning morfologiyasi va hujayra tuzilishi Reja



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/16
tarix28.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#90739
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
portal.guldu.uz-Mikrobiologiya va virusologiya

Sitoplazma membranasi. Uning qalinligi 9 nm cha bo‘lib, u hujayra 
devoriga ichki tomondan yopishib turadigan, sitoplazmaning tashqi qavati - 
sitoplazmatik membranadir. U ikki qavat lipid molekulalaridan tuzilgan, har bir 
qavat monomolekulyar oqsil bilan qoplagan. Sitoplazmatik membrana hujayra 
quruq moddasining 8-15% tashkil etadi va hujayraning lipid qismini 70 - 90% ni 
tutadi. Sitoplazmatik membrana osmotik bar’er vazifasini bajardi va hujayraga 
moddalarning kirib chiqishni boshqarib boradi. Ko‘pincha sitoplazmatik 
membrana ichki tomondan bo‘rtib chiqib (invaginatsiya) undan mezosomalar xosil 
bo‘ladi. Sitoplazmatik membrana va mezosomalar yuqori darajali organizmlardagi 
membrana va mitoxondriyalar vazifasini bajaradi. Ularning usti va ichida ferment 
va energiya bilan ta’min etuvchi sistemalari joylashgan. Bularga nafas olish 
fermentlari, hujayraga moddalarning kirib - chiqishini regulyasiya qiluvchi ferment 
sistemalari, azotofiksatsiya, xemosintez va boshqa jarayonlarni amalga oshiruvchi 
fermentlar sistemasini misol qilib keltirish mumkin (22 - rasm). Hujayra devori va 
kapsulasining biosintezi, tashqariga ekzoferment ajratish, bo‘linish, spora hosil 
qilish funksiyalari sitoplazmatik membrana, mezosoma va shunga o‘xshash 
strukturalarga bog‘liq.
Sitoplazma. Sitoplazma membrana bilan o‘ralgan. U kolloid sistema 
lipopolisaxarid bo‘lib suv, oqsil, yog‘, uglevodlar, mineral moddalar va 
boshqalardan tuzilgan. Uning tarkibi bakteriyaning yoshi va turiga qarab o‘zgarib 
turadi. Sitoplazmatik membrananing ichki qismida, genetik apparat, ribosomalar
kiritmalar bo‘lib, bulardan qolgan qismini sitozol tashkil qiladi. Sitozol 
sitoplazmaning gomogen qismi bo‘lib, oqsillar, fermentlar, substratlar, eruvchan 
RNK va boshqa hujayra granulalaridan iborat. 


 
Qirmizi rangli oltingugurt bakteriyalarda fotosintez olib boradigan 
fermentlar (bakterioxlorofil karatinoidlar) xromatoforlarda joylashgan. Ular 
hujayra massasining 40 - 50% tashkil etadi. 
Ko‘pgina sianobakteriylarning hujayrasida (membranasida) fotosintezni olib 
boruvchi xlorofill va karatinoidlardan tashkil topgan qurilmalar - tilakoidlar yoki 
fikobilisomalar bor. Tilakoidlar sitoplazma yoki ichki membrana bilan bog‘langan 
deb taxmin qilinadi. 
YAshil bakteriyalarda fotosintezda qatnashuvchi pigmentlar xlorosoma 
membrana qurilmasida joylashgan. 
Suv bakteriyalarining ko‘plari gaz bilan to‘lgan struktura - gaz vakuolalarga 
(aerosomalar) ega bo‘ladi. Ba’zi bakteriyalarda esa poliedr tanachalar 
(ko‘pburchakli) yoki karboksisomalar bo‘lib, ular SO
2
ni bog‘lash vazifasini 
bajaradi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin