aminokislotaga saqlagan; alanin, argenin, asparagin kislota, valin, glitsin,
glutamin kislota, izoleysin, leysin, lizin, metionin, serin, fenilalanin, tirozin,
trionin. Gistidin va pr olin kamdan-kam aniqlanadi; sistin va triptofan-
uchramaydi; metionin va fenilalanin - kam miqdorda uchraydi; asparagin va
glutamin kislota-ko’plab miqdorda uchraydi. Ayrim enterobakteriyalar
xivchinlarida tabiatda kam uchrovchi E - N-metillizin aminokislotasini tutadi.
Flagelin agregatsiyaga moyil va oqibatda rekonstruksiyaga (in vitro) ega.
Lekin buning uchun kalta xivchin fragmentlari tomizg’i uchun zarurdir. Oqsil
subbirliklari hujayra ichida sintezlanadi va bo’sh silindr orqali uchiga qarab
harakatlanadi. U erda organella o’sa boshlaydi.
Polisaxaridlar va lipidlar kam o’rganilgan bo’lib, ularning xivchinga
kirilish mexanizmi noma‘lum. Xivchinlarga ( hujayra membranasi k abi) ATF
aza faolligi xos bo’ib, ularning harakati shu ATFaza faolligiga bog’liq. Aerob
bakteri yalar xivchinining mexanik kimyoviy harakatlarida transmembranali
elektrokimyoviy potensialning generatsiyasi katta rol o’ynaydi. Bakteriyalar
xivchinlarining soni va joylashishiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Dostları ilə paylaş: