3-mavzu. Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash. Elektron jadvallar va ma’lumotlar bazasi


Ishchi kitob varaqlari bilan ishlash



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/67
tarix07.01.2024
ölçüsü0,78 Mb.
#208827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
3 mavzu Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash

 
Ishchi kitob varaqlari bilan ishlash 
MS Excel dasturi ishga tushirilgandan so‘ng avtomatik ravishda yangi Ishchi 
kitob 
«Kнига1»
nomi bilan yaratiladi. Agarda siz boshqa Ishchi kitob yaratmoqchi 
bo‘lsangiz, vositalar panelidagi 
«Создать»
(Yangi ishchi kitob) piktogrammasiga 
sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib tugmani bosishingiz kerak bo‘ladi. Yangi 


yaratilayotgan kitob komp’yuter xotirasida saqlanib, hali fayl sifatida diskda 
saqlanmagan bo‘ladi. Agar alohida ko‘rsatilgan bo‘lmasa, jadvaldagi ishchi 
varaqlar 16 tagacha bo‘lishi mumkin. Yangi yaratilgan ishchi kitobda bitta varaq 
bilan faol ish olib boriladi. Boshqa varaqni faollashtirish uchun shu varaqning 
yorlig‘i ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib bosish kerak. Ishchi jadval
varaqlariga dastlab «Лист1», «Лист2»,... degan nomlar beriladi. Bu varaqlarning 
nomini o’zgartirish ham mumkin. 
Ishchi jadvaldagi varaqlarning nomini o’zgartirish. 
Varaq nomlarini o‘zgartirishni quyidagi usullarda amalga oshirish mumkin: 
3.1.3-rasm. Varaq nomini “Формат” menyusi yordamida o`zgartirish. 
– 
«Формат» 
(Format) =>
 «Лист» 
(Varaq) =>
 «Переименовать»
(Nomini 
o’zgartirish) buyruqlarini tanlagan holda yangi varaq nomini kiritish (3.1.3-rasm). 
– Sichqoncha ko‘rsatkichini varaq yorlig‘i ustiga olib borib chap tugmachani 
ikki marta bosish va yangi nomni kiritish. 
– Sichqoncha ko‘rsatkichini varaq yorlig‘i ustiga olib kelish va 
sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish va kontekstli menyuda quyidagi buyruqlarni 
bajarish: Menyudagi 
«Переименовать»
(Nomini o’zgartirish) buyrug‘ini tanlash 
va yangi nomni kiritish (3.1.4-rasm).
3.1.4-rasm. Varaq nomini kontekst menyu yordamida o`zgartirish. 


Eslatma
: Yuqoridagi amallardan ixtiyoriy birini bajarib bo‘lgandan so‘ng 
ENTER tugmasini bosish kerak. Shundan keyin yangi kiritilgan nom varaqlar 
yorlig’ida hosil bo’ladi. 
Yangi kiritilgan nomlar uzunligi bo‘sh joy bilan birgalikda 31 ta belgigacha 
bo‘lishi mumkin. Agarda uzun nom berilgan bo‘lsa, varaqlar yorlig‘i ham 
shunchalik katta bo‘lib, keyingi varaq yorliqlarining nomlari ko‘rinmay qoladi. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin