«Oтчёты»
(Hisobotlar) ilovasini tanlang.
2.
«Создать»
(Yaratish) tugmachasini bosing.
3.
«Новый отчёт»
(Yangi hisobot) muloqot oynasining
«Koнструктор»
holatini tanlang.
4. Hisobot tuzishda ishlatiladigan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan jadval yoki
so‘rovlarni tanlang. (Agar bo‘sh hisobot yaratish kerak bo‘lsa, hech qanday jadval
yoki so‘rov tanlanmaydi).
5.
OK
tugmachasini bosing.
Yangi hisobot
«Koнструктор»
holatining hisobot oynasida paydo bo‘ladi.
Hisobot tuzilmasi.
Har qanday hisobot tuzilmasi 5 ta bo‘limdan iborat:
hisobot sarlavhasi, yuqori kolontitul, ma’lumotlar sohasi, quyi kolontitul,
hisobot izohlari.
Hisobot sarlavhasi
hisobotning umumiy sarlavhasini chop etish uchun
ishlatiladi.
Yuqori kolontitulni
hisobot murakkab tuzilmali yoki ko‘p sahifali bo‘lganda
kichik sarlavhalarni chop etish uchun ishlatish mumkin.
Ma’lumotlar sohasida
baza jadvallarning maydonlaridagi ma’lumotlar bilan
bog‘liq boshqaruv elementlari joylashtiriladi. Bu elementlarga jadvallardan chop
etish uchun ma’lumotlar beriladi. Boshqaruv elementlarining joylashtirish va