3-mavzu: Kompyuter tarmog‘ining arxitekturasi, topologiyasi, tarmoq sistemasining modeli.



Yüklə 117,61 Kb.
səhifə1/20
tarix07.04.2023
ölçüsü117,61 Kb.
#94594
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
3-mavzu Kompyuter tarmoqlari tushunchasi va ularning ko‘rinishl


3-mavzu: Kompyuter tarmog‘ining arxitekturasi, topologiyasi, tarmoq sistemasining modeli.

(2 soat ma’ruza)

REJA:
1. Kompyuterlarning tarmoq tushunchasi.
2. Global tarmoqlarning xususiyatlari.
3. Mintaqaviy tarmoqlarning xususiyatlari.
4. Lokal tarmoqlarning xususiyatlari.
Axborot hisoblash tarmoqlar qamrab oladigan hududga bog’liq ravishda lokal (LXT yoki LAN-Local Area Network), hududiy (XXT yoki MAN-Metropolitian Area Network) va global (GXT yoki Wan-Wide Area Network) bo’lishi mumkin.
Agar tarmoqning abonentlari bir-biridan uncha katta bo’lmagan masofalarda (10—15 km gacha) joylashgan bo’lsa, u holda bu tarmoq lokal tarmoq deb ataladi. LXT uncha katta bo’lmagan hudud oralig’ida joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmog’i abonentlarining hududiy sochilib ketishiga aniq bir cheklanishlar mavjud emas. Odatda bunday tarmoq aniq bir ob’ektga bog’langan bo’ladi. LXT sinfiga alohida korxonalar, firmalar, banklar, ofislarning va x.k. tarmoqlari misol bo’la oladi.


Hududiy tarmoqlar shahar, tuman, viloyat yoki uncha katta bo’lmagan mamlakat abonentlarini birlashtiradi. Odatda hududiy MXT abonentlari orasidagi masofa o’nlab, yuzlab kilometrni tashkil etadi.

Global tarmoqlar bir-biridan sezilarli uzoq masofada joylashgan, ko’pincha turli mamlakatlarda yoki har xil qitalarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoqning abonentlari orasidagi aloqa tarmoq(liniya)lari, radioaloqa tizimi va xattoki sputnikli aloqa asosida amalga oshirilishi mumkin.
Global, hududiy va lokal hisoblash tarmoqlarini birlashtirish ko’p tarmoqli ierarxiyani yaratish imkonini beradi. Ular ulkan ma’lumot to’plamlarini quvvatli, iqtisodiy maqsadga muvofiq qayta ishlash vositalarini va cheksiz ma’lumot resurslariga murojaat qilishni ta’minlaydi. Lokal hisoblash tarmoqlari hududiy tarmoqqa uning komponentalari sifatida kirishi mumkin, hududiy tarmoqlar global tarmoqlar tarkibiga birlashadi va nixoyat, global tarmoqlar ham murakkab strukturani tashkil etishi mumkin. Aynan shunday struktura hozirda eng mashxur va ommaviy bo’lgan dunyo miqyosidagi superglobal Internet axborot tarmog’ida qabul qilingan.
Qurilish geometriyasi (topologiyasi) bo’yicha AHT lar quyidagicha bo’lishi mumkin: shinali (chiziqli), ilmoqli (xalqali), radialli (yulduzsimon), taqsimlangan-radialli, ierarxiya (daraxtsimon), to’liq, aloqali, aralashgan.
Ofislarda lokal tarmoqlarni yaratishda ko’proq shinali topologiya, kamroq ilmoqli va radial topologiya ishlatiladi.



Yüklə 117,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin