O’qitishning ahamiyati



Yüklə 126,76 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix30.09.2023
ölçüsü126,76 Kb.
#151264


2.2. Boshlang’ich sinflarda matematika fanini
o’qitishning ahamiyati 
Arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil etadi. Boshlang‘ich 
kursning asosiy o‘zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat. 
Bundan tashqari, bu kursda geometriya va algebraning asosiy tushunchalari birlashadi. 
Boshlang‘ich sinf matematika kursi maktab matematika kursining organik qismi 
bo‘lib hisoblanadi. V–XI sinflarda o‘qitiladigan matematikaning eng asosiy va 
o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lgan elementar tushunchalari beriladi. Yuqori sinflarda 
shu tushunchalar kengaytirilgan, chuqurlashtirilgan va boyitilgan holda o‘qitiladi. 
Demak, boshlang‘ich sinf matematikasining mazmuni yuqori sinf 
matematikasining mazmunini ham belgilab beradi. Boshlang‘ich matematikaning 
tuzilishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
1.
Arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil qiladi. U natural 
sonlar arifmetikasi, asosiy miqdorlar, algebra va geometriya elementlarining 
propedivtik kurslari asosiy bo‘lim shaklida o‘qitilmasdan arifmetik material bilan 
qo‘shib o‘qitiladi.
2.
Boshlang‘ich sinf materiali konsentrik tuzilgan. Masalan, oldin I-o‘nlikni 
raqamlash o‘qitilsa, keyin 100 ichida raqamlash va arifmetik amallar bajarish 
o‘qitiladi. Undan keyin 1000 ichida arifmetik amallar bajarish, keyin ko‘p xonali 
sonlar ichida.
Arifmetik amallarning xossalari va mos hisoblash usullarini o‘rganish bilan bir 
vaqtda arifmetik amallar natijalari bilan komponentalari orasidagi bog‘lanishlar ochib 
beriladi. (Masalan, agar yig‘indidan qo‘shiluvchilardan biri ayrilsa, ikkinchi 
qo‘shiluvchi hosil bo‘ladi.) Komponentlaridan birining o‘zgarishi bilan arifmetik 
amallar natijalarining o‘zgarishi kuzatiladi.
Algebra elementlarini kiritish, chuqur, tushunilgan va umumlashgan o‘zlashtirish 
maqsadlariga javob beradi: tenglik, tengsizlik, tenglama, o‘zgaruvchi tushunchalari 
konkret asosda ochib beriladi.


Geometrik material bolalarning eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish, 
ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, shuningdek, arifmetik qonuniyatlarni
bog‘lanishlarni ko‘rsatmali maqsadlariga xizmat qiladi. (Masalan, to‘g‘ri 
to‘rtburchakning teng kvadratlarga bo‘lingan ko‘rsatmali obrazidan ko‘paytirishning 
o‘rin almashtirish xossasini bog‘lanishi ochib foydalaniladi...). 
1-sinfdan boshlab to‘g‘ri va egri chiziqlar, kesmalar, ko‘pburchaklar va ularning 
elementlari, to‘g‘ri burchak va hokozo kiritilgan. 
O‘quvchilar geometrik figuralarni tasavvur qila olishni, ularni nomlari, katakli 
qog‘ozga sodda yasashlarni o‘rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular kesma va 
siniq chiziq uzunligini, ko‘pburchak perimetrini, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat va 
umuman har qanday figuraning yuzini (paletka yordamida) topish malakasini egallab 
olishlari kerak. 
O‘qitish metodi tushunchasi.
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning maqsadlari quyidagilar: 
umumta’lim maqsadi, tarbiyaviy maqsadi, amaliy maqsadi. Bu maqsadlar bir-biri 
bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi. 
1. Ta’lim maqsadi o‘qituvchidan quyidagilarni talab qiladi. 
a)
o‘quvchilarga matematik bilimlar tizimidan, bilim, malaka ko‘nikma 
berish; 
b)
haqiqiy olamni matematik metodlar bilan o‘rganish; 
v) o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini o‘stirishni, uning sifatli 
bo‘lishini ta’minlash; 
g) o‘quvchilarga matematikadan shunday bilimlar berishni ta’minlashi kerakki, 
bu bilimlar orqali, faol bilish faoliyati orqali, bilim, malaka, ko‘nikmalari ortib borsin. 
2. Тarbiyaviy maqsad. Matematika o‘qitish o‘quvchilarni sabotlilikka, 
tirishqoqlikka, puxtalikka, o‘z fikri va xulosalarini nazoarat qila olishga, ayniqsa, 
kuzatish, asosida aytiladigan fikrlarning ravon bo‘lishiga erishish kerak. Miqdorlar 
orasidagi bog‘lanishni ifodalash uchun matematikada simvollar ishlatiladi. Mana shu 
matematik til rivojlanishi kerak. O‘qituvchining vazifasi simvolik tilda ifodalangan 
matematik fikrni ona tiliga ko‘chirishga o‘rgatishdan iborat bo‘lmog‘i kerak. 


Bilishga intilish, mustaqil ishdan qanoat hosil qilish tuyg‘ularini tarbiyalashi 
kerak. Matematika fanini o‘qitishning o‘zi o‘quvchilarda diqqat va fikrni to‘play 
bilishni tarbiyalaydi.
O‘qituvchi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
a)
o‘quvchi moddiy olamdagi bog‘lanishlarni, miqdorlarning o‘zgarishini, 
bir- 
biri bilan aloqasini anglay olishi;
b)
o‘quvchilarning 
matematikani 
o‘rganishga 
astoydil 
qiziqishini 
ta’minlash;
d) mehnatga, vatanga insonlarga bo‘lgan munosabatini tarbiyalash, estetik did
hosil qilish;
g) o‘zbek millatining tarixi, jumladan, matematika o‘qitilishi tarixiga bo‘lgan
dunyoqarashni tarbiyalash;
d) o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini va matematik madaniyatini tarbiyalash;
3. Amaliy maqsad. Matematika o‘qitishdan kuzatilgan amaliy maqsad – 
o‘quvchilar olgan bilimlarni, amalda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat. Olingan 
bilimlarni sonlar va matematik ifodalar, nuqtalar ustida bajariladigan amallarga tatbiq 
qila bilish, har xil masalalarni yechishda foydalana bilishga o‘rgatish. Bu bilimlarni 
kundalik hayotda uchraydigan masalalarni hal qilishga qo‘llay bilishga o‘rgatishdir.
O‘qitish metodi tushunchasi didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan 
biri.
Shunday qilib o‘qitish metodlari o‘zlashtirish, tarbiyalash va rivojlanish kabi 
uchta asosiy vazifani bajaradi.

Yüklə 126,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin